Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda


Download 399.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana04.11.2023
Hajmi399.83 Kb.
#1747638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
10 Mavzu

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda 
rivojlanishi. 
Mamlakatimizda о‘tkazilgan islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyilidan 
kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha 
bosqichda olib borildi. 
Birinchi bosqich (1991-1996-yillar)da mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bо‘lgan kichik 
mulkdorlar sinfini shakllantirish boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya 
qilishning konstitutsiyaviy huquq va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi. 
Natijada, 1995-yil oxiriga kelib, kichik korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga 
yetib, 1991-yilga nisbatan 4,5 barobar о‘sdi. 
Ikkinchi bosqich (1996-2000-yillar)da keng qamrovli xususiylashtirish amalga 
oshirilib, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari 
kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari 
(kredit uyushmalari) о‘z faoliyatini boshladi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar nati- 
jasida kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000- 
yilda 31 foizga yetdi. 
Uchinchi bosqich (2000-2010-yillar)da makroiqtisodiy jabha, shu jumladan
tadbirkorlik sohasida ham iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga 
oshirildi. 2000-yilda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tо‘g‘risida”gi 
Qonun qabul qilindi. 
Tо‘rtinchi bosqich (2010-2016-yillar) 2011-yilning “Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi hamda Davlat dasturida iqtisodiyotning muhim 


sohasi va harakatlantiruvchi kuchi bо‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojiga ustuvor ahamiyat berish bо‘yicha avvalgi yillarda boshlangan ishlarning uzviy 
davomi edi. 

Download 399.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling