Mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
Download 399.83 Kb. Pdf ko'rish
|
10 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY SOHA
IJTIMOIY HUQUQLAR – insonga davlat va jamiyatdan muayyan moddiy
yordam olishga imkon beruvchi va shaxsning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yordam deruvchi huquqlar (ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy yordam olish, uy-joy olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy-texnikaviy faoliyat erkinligi). Inson va fuqarolarning ijtimoiy huquqlari О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bob, 39-42 moddalarida belgilab berilgan. IJTIMOIY SOHA – kishilarning turmush tarzi va darajasi, ularning farovonligi, ehtiyojlarini belgilovchi tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlar majmui, maxsulot ishlab chiqarmaydigan sohalar. Ijtimoiy sohaga avvalo xizmat kо‘rsatish, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya, umumovqatlanish, kommunal xizmat, yо‘lovchi transporti, aloqa sohalari kiradi. FUQAROLIK – shaxsning biron bir davlatga huquqiy va qonuniy jihatdan tegishliligini bildiruvchi atama. Muayyan davlatning fuqarosi ushbu davlat hududidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan o‘z huquqiy mavqeiga ko‘ra farq qiladi. Chunonchi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan siyosiy huquq va erkinliklar faqat fuqarolarga tegishlidir. Demak, shaxs fuqarolikni olishi bilan ushbu davlatdagi siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatini ham oladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining VI bobi “Fuqarolik” deb nomlanib, uning 21- moddasida “О‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik о‘rnatiladi. О‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bо‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda О‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi” - deb belgilab qo‘yilgan. Asosiy qonunimizning 8-moddasida esa “О‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, О‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi” - deb belgilangan. O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vakolatiga kiradi. 1992-2016-yillarda jami 482 kishi О‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bо‘lsa, 2017-2021-yillar mobaynida 66 ming 147 kishiga О‘zbekiston fuqaroligi berildi. BMTning qochoqlar masalalari bо‘yicha agentligining 2014-yildan keyingi davrga tegishli ma’lumotlariga kо‘ra, О‘zbekistonda 2014-yildan sо‘ng 108 mimg 535 kishi fuqaroligi yо‘q shaxs sifatida istiqomat qilib kelgan. 2020-yil 1-yanvar holatida bu raqam 93 ming 950 kishini tashkil etgan. Download 399.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling