Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili
Download 215 Kb.
|
8-sinf adabiyot 2-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45 daqiqa 3 daqiqa 10 daqiqa 10 daqiqa
- B) davomat bE) Ta`lim-tarbiya ishlari 2.O`tilgan mavzularni takrorlash Yangi mavzu: NODIRA
1.Darsning tashkiliy qismi: A) salomlashish B) davomat bE) Ta`lim-tarbiya ishlari 2.O`tilgan mavzularni takrorlash Yangi mavzu: NODIRA (1792 – 1842) Nodira – XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo‘lib, Nodira – adabiy taxallusi. Bundan tashqari, Komila taxallusi bilan ham o‘zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan. U ijod qilgan davrda Qo‘qon adabiy muhitida o‘zbek va tojik tillarida badiiy asarlar yaratish qariyb teng darajada edi. Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. FIROQNOMA Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak, Yordin ayru menga ko‘p mojaro aylar falak, G‘am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak, Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak, Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak, Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak, Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak, Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun. Nodira firoqnomalarini, shartli ravishda, ikki qismga bo‘lish mumkin: 1. Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar. 2. Maxsus «Firoqnoma» muashshari. Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida, xususan, g‘azallarida kuchli sezilib turadi. Albatta, ayriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi. Chunki, tasavvufiy talqinga ko‘ra, inson bu hayotda Allohga intilib, umr bo‘yi uni bunyod etgan oliy zotga talpinib yashaydi. Lekin Nodira firoqnomalarida bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan tasavvufiy hijron uyg‘unlashib ketgan.
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi, O‘tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi, Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi, Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi. Oltinchi bandning ilk misrasidanoq yorga bevosita murojaat davom etadi:
Birinchisi: Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam. Ikkinchisi: Dard – yor-u g‘ussa – hamdam, g‘am – farovon, aysh – kam. Bunday quyma satrlar yurakning tub-tubidan chiqadi, iztirobning kuchi bilan qog‘ozga tushadi. Yettinchi bandning hasbi hol, ya’ni bevosita muallif tarjimayi holi bilan bog‘liq jihati yanada kuchliroq. Shoira «rahbar», «baxt», «davlat», «iqbol» so‘zlarini shunday ustalik bilan ishlatadiki, bir qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi, deyilgan, zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdi-yu, bu visol o‘rnini bosmaydi-ku, degan o‘kinch ifodalangan: Toleim rahbarlig‘ aylab, baxt yovar bo‘lmadi, Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo‘lmadi. Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling