Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili


Download 215 Kb.
bet31/31
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#218912
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
8-sinf adabiyot 2-chorak

Darsning jihozi: Tezkor savollar,turli texnik vositalar,turli badiiy asarlar

Darsning rejasi:

1.G`ofur G`ulom hayot yo`li

2. “Kuzatish” , ”Vaqt”, “Sog`inish:, she`rlari haqida

2. She`rlarning mazmuni bilan tanishtirish

Darsning usuli: Induktiv (bosqichma-bosqich)

Darsning turi:Yangi bilimlarni o`rganish1.

Darsning tashkiliy qismi:

A) salomlashish

B) davomat

E) Ta`lim-tarbiya ishlari

2.O`tilgan mavzularni takrorlash

Sana

Darsning umumiy vaqti



Darsning



tarkibiga



ajratilgan



vaqt





Dasning tashkiliy qismi


O`tgan mavzuni takrorlash


Yangi dars bayoni


Yangi darsni mustahkamlash


Uy vazifasini baholash






45 daqiqa

3 daqiqa

10 daqiqa

10 daqiqa

17 daqiqa

5 daqiqa


Yangi mavzu:

«MIRZO ULUG‘BEK» FOJIASI HAQIDA

Qadrli o‘quvchilar! Siz dramadan olingan olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bek hayotining eng xushnud va hasratli manzaralari aks etgan adabiy parchalar bilan yaqindan tanishdingiz. Tarixdan ma’lumki, temuriylar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek (asl ismi Muhammad Tarag‘ay)ning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni hayratga solib kelyapti. Darhaqiqat, tadbirkor davlat rahbari, adolatli shoh, ilm-fanda yuksak cho‘qqilarni egallagan inson, mislsiz ilmiy qobiliyat Mirzo Ulug‘bek shaxsida mujassamlanishi hayratlanarli hol. Shundan bo‘lsa kerak, hazrat Navoiy sultonlar orasida uni ulkan daho sifatida baholaydi. Umuman, temuriyzodalar orasida bunday aql sohiblari ko‘p uchraydi (Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Boyqaro kabi). Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois» asarining yettinchi majlisini temuriylarga mansub shoirlar, sakkizinchi majlisini yana bir temuriyzoda – Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlagani bejiz emas.

Mirzo Ulug‘bek hukmdor, katta saltanat egasi bo‘lganiga qaramay, avvalo, insoniy fazilatlardan begona bo‘lmagan, o‘z farzandiga mehribon ota. Shundan bo‘lsa kerak, saltanat, ilm-fan ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z o‘g‘lini unga dushman sifatida qayrab, uni avval taxtidan, so‘ng hayotdan mahrum qilish uchun amalga oshirilgan fitnalardan bexabar bo‘lib g‘aflatda qoladi. O‘g‘li Abdullatif otasiga qarshi isyon ko‘taradi va uning buyrug‘i bilan Ulug‘bek qatl ettiriladi. Shu o‘rinda marhum shoirimiz Muhammad Yusufning Ulug‘bek tilidan aytgan quyidagi so‘zlari asl haqiqat sifatida jaranglaydi:

Yulduzlarda ekan nigohim, bilmadim ne edi gunohim...

Men dardimni kimga aytaman.

Qancha g‘amga botmagan edim, qancha og‘u yutmagan edim...

O‘z bolamdan kutmagan edim... men dardimni kimga aytaman.



Nazariy ma’lumot
TRAGEDIYA (FOJIA)
Tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi yunoncha tragos – echki, ode – qo‘shiq; tragediya – echki qo‘shig‘i ma’nosini anglatadi. Echki qayoqda-yu, fojiali sahna asari qayoqda, deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida, yuqoridagi so‘zlarning zamirida haqiqatga yaqin ma’no bor: qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari o‘tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‘yilib dasturxonga qo‘yilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurishib, turli sahna tomoshalarini ko‘rsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so‘z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo‘llanila boshlagan.

Siz o‘qib-o‘rgangan «Mirzo Ulug‘bek» fojiasidagi voqealarni esga olsak, bunga ishonch hosil qilamiz. Asar buyuk olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning o‘limi bilan tugasa-da, undagi optimistik ruh kishiga dalda beradi. Ali Qushchining tragediya nihoyasidagi kelajakka ishonch, yaxshi kunlar umidi bilan yo‘g‘rilgan quyidagi so‘zlari fikrimizning dalilidir:

Koinotning chamaniga ochgan yo‘limiz

Yo‘lchilarsiz qolmas, biling, aziz muallim!

Orta borar yulduz soni jadvalingizda,

Qoningizdan o‘sib chiqar shodlik gullari.

Yevropada tragediya uyg‘onish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. lspan dramaturglari Lope de Vega, Kalderon, ingliz yozuvchisi V. Shekspir, nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A.S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratdilar. Ular yaratgan «Otello», «Gamlet», «Romeo va Julyetta», «Boris Godunov» kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o‘ynalmoqda.

O‘zbek adabiyotida tragediyaning go‘zal namunalari Mahmudxo‘ja Behbudiy – «Padarkush» (1911), Abdurauf Fitrat – «Abulfayzxon» (1926), Maqsud Shayxzoda – «Jaloliddin Manguberdi» (1944), «Mirzo Ulug‘bek» (1961) tomonidan yaratildi. Ushbu asarlar o‘zbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi.



Savol va topshiriqlar
9. «Mirzo Ulug‘bek» dramasida Mirzo Ulug‘bekning ma’rifatparvarlik xislati nimalarda ko‘rinadi?

10. Dramadagi tarixiy shaxslar (Ulug‘bek. Ali Qushchi va h.k.) va badiiy to‘qima obrazlarni (Piri Zindoniy, Ota Murod kabi) ajrating.

11. Ulug‘bek huzuridagi ajnabiy elchilar bilan uchrashuv nima munosabat bilan tashkil etilgan edi?

Ko`rib chiqildi:_______________________________________________________________________________

28- dekabr 2013 -yil

8-“A” sinf Adabiyot

Mavzu:3-nazorat ishi

Test sinovi
Darsning maqsadi:

a)ilmiy maqsad O`quvchilarning yozma va og`zaki nutqlarini o`stirish

tarbiyaviy maqsad –o`quvchilarning savodxonlik madaniyatini o`stirish,

ona tiliga bo`lgan muhabbatini ortirish , o`z ona tilisi bilan faxrlaninsh hissiyotini oshirish , ma’lum bir kasbga yo’naltirish, mehr-shafqat ruhida tarbiyalash



d) rivojlantiruvchi maqsad –o`quvchilar so`z boyligini oshirish, nutqini o`stirish, fikrlashga o`rgatish,xotirasini mustahkamlash.Og`zaki va yozma nutqda foydalana olish.

Darsning jihozi: Nazorat isi daftarlari

Yangi mavzu:



Mavzu:6-nazaorat ishi

Test sinovi
Ko`rib chiqildi: _____________________


1 Sening dag‘i – sening ham.

2 O‘ksuz – baxtsiz.

3 Chog‘ir – sharob, may.

4 Tuzuk – nizom, tartib, yashash tarzi.

5 Yo‘rilma – charchama, o‘tirma.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling