Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili
Download 215 Kb.
|
8-sinf adabiyot 2-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) salomlashish B) davomat E) Ta`lim-tarbiya ishlari 2.O`tilgan mavzularni takrorlash
- 45 daqiqa 3 daqiqa 10 daqiqa 10 daqiqa
- MIRZO ULUG‘BEK
- Mustahkamlash
Darsning rejasi:
1.G`ofur G`ulom hayot yo`li 2. “Kuzatish” , ”Vaqt”, “Sog`inish:, she`rlari haqida 2. She`rlarning mazmuni bilan tanishtirish Darsning usuli: Induktiv (bosqichma-bosqich) Darsning turi:Yangi bilimlarni o`rganish1. Darsning tashkiliy qismi: A) salomlashish B) davomat E) Ta`lim-tarbiya ishlari 2.O`tilgan mavzularni takrorlash
Yangi mavzu: Ikki xalqning farzandi bo‘lmish Maqsud Ma’sum o‘g‘li Shayxzoda 1908-yilda Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni o‘zi tug‘ilgan shahrida olgach, Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925-yildan boshlab Darbanddagi 1-bosqich ozarbayjon maktabida, Bo‘ynoqdagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1927-yilda aksiiinqilobiy tashkilot a’zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928-yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach, turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, 1935–1938-yiJlarda O‘zbekiston Fanlar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti)ning o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qildi. Shayxzoda o‘zi e’tirof etganidek, hali savodi chiqmasidan she’r mashq qila boshlagan shoir. Biroq u o‘zining dastlabki ijod namunalarini 1929-yildan boshlab e’lon qila boshladi. O‘ttizinchi yillarda shoirning «Loyiq soqchi», «O‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat», «O‘n ikki», «Yangi devon», «Saylov qo‘shiqlari» nomli she’riy to‘plamlari nashr etiladi. Ushbu she’riy majmualar Maqsud Shayxzodani o‘zbek adabiyotida o‘z ovoziga ega bo‘lgan katta iste’dod sifatida elga tanitdi. «Kurash nechun» (1941), «Jang va qo‘shiq» (1942), «Kapitan Gastello» (1941), «Ko‘ngil deydiki» kabi to‘plamlarining bosh mavzui bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» (1944) dramasini yozdi. Unda o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirladi. Shuningdek, zabardast olimimiz o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, xalq og‘zaki ijodining ajoyib vakili Fozil shoir, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, A. N. Ostrovskiy, T. G. Shevchenko, A. P. Chexov kabi namoyandalariga bag‘ishlangan asarlar yaratgan. Shayxzoda mohir tarjimon sifatida Sh. Rustaveli, V. Shekspir, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan.
Qatnashuvchilar: Mirzo Ulug‘bek ibn Shohrux – buyuk olim, Movarounnahr hukmdori; 56 yoshda. Abdullatif Mirzo – uning o‘g‘li; 30 yoshda. Ali Qushchi – Ulug‘bekning shogirdi va mahrami. Astronom; 35 yoshda. Sakkokiy – mashhur shoir. Ulug‘bekning do‘sti; 45 yoshda. Shayxulislom Burhoniddin – zamonaning taraqqiyparvar ulamolaridan; 65 yoshda. A b b о s – Sayid Obidning o‘g‘li. Abdullatifning mahrami; 28 yoshda. Abdurazzoq Samarqandiy- mashhur tarixchi; 35 yoshda. Веk Arslon – sardor; 50 yoshda. Mavlono Shamsiddin Muhammad Miskin – Samarqand qozisi; 70 yoshda. Piri Zindoniy (Hasan ohangar) – mahbus; 80 yoshda. Berdiyor – Ulug‘bekning navkari; 35 yoshda. Ota Murod – dehqon; 67 yoshda. Chin, Hind, Farang, Misr, Rus elchilari. Amir Temurning arvohi. Mustahkamlash 1. Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? U necha marta siyosiy qatag‘ondan jabr ko‘rgan? 2. Maqsud Shayxzoda o‘z asarlarini qachondan boshlab e’lon qila boshladi? 3. 30-yillarda shoirning qaysi asarlari chop etildi? 4. Maqsud Shayxzodaning urush yillarida yaratgan tarixiy dramasi qanday nomlanadi va u nima haqda edi?
Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling