II bosqich - Neft qazib chiqarishning erishilgan yuqori darajasini ushlab turish - favvora usulda nisbatan turg`un yuqori qazib chiqarish darajasi, davrning yakunida suvlanganlikni o`sishi va quduqlarni mexanizatsiyalashgan usulga o`tish bilan ajralib turadi. - III bosqich - neft qazib chiqarishni ahamiyatli pasayishi - maxsulotning suvlanganligi birdan o`sadi, yillik qazib chiqarish kamayadi, quduqlarning ahamiyatli qismi harakatdagi fonddan chiqadi, quduqlarning deyarli hammasi mexanizasiyalashgan usulda ishlatiladi.
- IV bosqich - ishlatishni tugallash bosqichi - qazib chiqarish darajasini kam, sekin kamayishi, maxsulotni va qazib chiqarish quduqlarini yuqori suvlanishi bilan tavsiflanadi.
- Ishlash bosqichlari va ularning tavsifi
- Tahlil qilishda umumiy holda ishlashning asosiy bosqichini inobatga olish zarur.
- Birinchi bosqich – ishlash ob’ektini sanoat miqyosida o‘zlashtirish, u kam suvlanganlik bilan neft qazib chiqarishning o‘sishini ifodalaydi. Bu bosqichda asosiy quduq fondi burg‘ilanadi va o‘zlashtirish tizimini to‘ldirish amalga oshiriladi. Bosqich neft chiqarishning maksimal loyihaviy darajasiga chiqish bilan tugaydi.
- Ikkinchi bosqich – neft qazib chiqarish u yoki bu darajada doimiy holatni ushlab turish, quduq suvlanganligining orta borishi va uning favvorali usulidan mexanizatsiyalashgan usulga o‘tishi bilan tavsiflanadi. Bosqich yakunlanishida olinadigan neft zaxirasining 40–70% i olinadi.
- Uchinchi bosqich – neft qazib chiqarish anchagina pasayishi mahsulotning tez sur’atda suvlanishi va ma’lum quduqlarning ishdan chiqishi hamda uchinchi bosqich yakunida olinadigan neft zaxirasining 80–90% i qazib olinishi bilan bog‘liq. Quduqlarning asosiy qismlari ishlatishning mexanizatsiyalashgan usuliga o‘tkaziladi.
- Тўртинчи босқич – якунловчи бўлиб, паст нефть дебити, барча қудуқ ва олинадиган маҳсулотнинг юқори даражада сувланганлиги билан тавсифланади. Бу босқичда нефть бера олувчанликнинг юқори коэффициентларига эришиш учун суюқлик олишни жадаллаштириш амалга оширилади.
- Ишлашнинг учунчи ва тўртинчи босқичлари нефть қазиб чиқаришнинг тушиб кетиши билан ифодаланади,
Do'stlaringiz bilan baham: |