Gaz chiqarish Gaz konlarini qazib chiqarishni ba’zi mutaxassislar uch davrga, ba’zilari esa to’rt davrga bo’ladilar. Birinchi holatda oxirgi uchinchi va to’rtinchi bosqichlar qo’shib yuboriladi. Fikrimizcha bunda ham neft konlarida qilingandek to’rt bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqich - birinchi galdagi quduqlarni qazish va gaz olishni oshirish zarur. Ikkinchi bosqich - anchagina barqaror gaz olishni zarur bo’lib, bunday holatga ba’zan qo’shimcha quduqlar qazish evaziga erishiladi, Bu davrning uchinchi davr bilan chegarasini aniqlash mushkul, shuning uchun gaz olish 10% kamaygan vaqtni uchinchi davrga o’tish vaqti deb qabul qilishadi. - Uchinchi bosqich - bu vaqtda gaz olishninig jadal kamayishi kuzatiladi.
- To’rtinchi bosqich - juda kam miqdorda gaz olinadi va uni qazib chiqarish to’xtatiladi. Gaz konlarini qazib chiqarish tajribasini umumlashtirgan A.L.Kozlov va boshqa ko’plab tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda zahira 3 mlrd.m3 gacha bo’lgan konlarni qazib chiqarishni va ularning bosqichlarini belgilash juda katta o’zgaruvchanlikka ega ekan, Konlarning kattaligi ortishi bilan bu o’zgaruvchanlikning chegarasi kamayadi.
- Gaz bilan ta’minlashning asosiy vazifasi ikkinchi bosqichning muddatini uzaytirishga qaratilgan bo’lishi kerak. 3 mlrd.m3 gacha zahiraga ega bo’lgan konlarda birinchi bosqichning davomiyligi ba’zan bir yilga ham etmaydi, ba’zan esa u 10 yildan ham ortib ketadi. 20-50 mlrd.m3 zahiraga ega bo’lgan ob’ektlarda uning uzunligi 2-10 yilni tashkil etadi, undan kattaroq konlarda esa muddat 4-8 yilni tashkil etadi.
- Ikkinchi bosqichning muddati 50 mlrd.m5 gacha bo’lgan konlarda 10 yilgacha, undan kattaroq konlarda esa 4-10 yilni tashakil etadi. 3 mlrd.m3 zahiraga ega bo’lgan konlardagi yillik gaz olish zahiraning 5-40% ni tashkil etsa, 3-50 mlrd.m3 zahiraga ega konlarda 5-13% ni,
Do'stlaringiz bilan baham: |