Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1443317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza-2023

gorizont bo’yicha tuzilma xaritasi, profil kesimi) tahlil qilish asosida bajariladi. 


Yaxshi o’rganilgan neftgaz qazib chiqarish rayonlari chegarasida aniqlangan 
tuzilmalardagi tutqichlarda D1 toifa lokallashtirilgan resurslarni baholash shu 
litologik-fatsial zona chegarasida joylashgan, o’rganilgan neft va gaz to’plamlari 
bilan o’xshashligi bo’yicha, ularni hosil bo’lish va neftgaz hosil bo’lish 
manbalariga 
nisbatan 
joylashish 
sharoitlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
amalga 
oshiriladi. Lokallashtirilgan resurslarni hisoblash uchun taxmin qilingan uyumning 
tuzilishi, ya’ni uning geologik modeli haqida hajmiy tasavvurga ega bo’lish lozim. 
Qatlamli tabiiy saqlagichlardagi uglevodorod uyumlari geologik muhitda 
yuqoridan qoplama bilan suvneft yoki gazsuv kontaktlari yuzasini ajratib turadi. 
Bu yuzalar bir ma’noda uyumning geometriyasini aniqlaydi va boshqa 
ko’rsatkichlari bilan birgalikda lokallashtirilgan neft va gaz resurslarini hisoblashni 
ta’minlaydi. Taxmin qilingan uyumning ustki yuzasi seysmik qidiruv ma’lumotlari 
bo’yicha mahsuldor bo’lishi mumkin bo’lgan gorizontning tuzilma xaritasiga ko’ra 
aniqlanadi. 
Neftgaz-izlov 
ishlari amaliyotida ko’pincha tayanch qaytaruvchi 
gorizont, istiqbolli gorizont bilan mos tushmaydi.
Koeffitsiyentlarning 
kattaligi 
neftgaz 
to’planish 
zonalari 
chegarasida 
o’rganiladigan gorizontlarning mutloq yotish chuqurliklari orasidagi bog’liqliklar 
grafigi bo’yicha aniqlanadi. 
Taxmin qilingan uyumning quyi chegarasi SNK (GSK) yuzasi bilan 
aniqlanadi. Bu chegaraning holati o’xshashlik usulidan foydalanib yondosh 
uyumlarning ma’lumotlarini o’rtachalashtirib yoki xaritalar tuzish yo’li bilan 
bashoratlanadi: SNK (GSK) izokontaktlari va mahsuldor qatlamning ustki yuzasi 
bo’yicha tuzilma xaritasi. 
Bu 
xaritalar 
ustma-ust 
qo’yilgan 
va 
izokontaktlarning 
gipsometrik 
ko’rsatkichlari tutqichning ustki yuzasi amplitudalari bilan taqqoslangandan keyin 
uchta guruh ajratiladi: 
1) istiqbolli – tutqichning ustki yuzasi taxmin qilingan SNK (GNK) dan 
yuqori; 
2) istiqbolsiz – tutqichning ustki yuzasi taxmin qilingan SNK (GNK) dan 
past; 
3) tushunarsiz mahsuldorlikka ega – ustki yuza izokontakt bilan mos keladi 
(seysmik qidiruvning ruxsat etilgan imkoniyati chegarasida). 
Resurslarni D
1
toifa bo’yicha hisoblash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar 
bitta neftgaz to’planish zonasida joylashgan yondosh uyumlarning materiallari 
bo’yicha aniqlanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling