Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari


 Noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1443317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza-2023

4.3. Noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash 
O’rganilgan cho’kindi havzalarda antiklinal tutqichlar fondining ahamiyatli darajada 
kamayganligi tufayli izlash-qidirish jarayonida noantiklinal tutqichlarda ochiladigan 
uyumlar asosiy rol o’ynay boshladi. Ularga quyidagilar kiradi: dialogik, stratigrafik,
ifogen, tektonik va boshqa tutqichlar. Ular bilan bog’liq bo’lgan uyumlar ko’pchilik 
cho’kindi havzalarda keng tarqalgan, ulardan ba’zilari asosiy neft va gaz qazib chiqarish 
ob’yektlari hisoblanadi. 
Ko’pchilik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra noantiklinal va aralash turdagi 
tutqichlarda jahonning qidirilgan zahiralarining 30% dan ortiqrog’I joylashgan. 
Litologik va stratigrafik turdagi tutqichlar odatda, qadimgi havzalarning 
sohillariga bevosita tutashib ketgan territoriyalar chegarasida rivojlangan. Aynan 
shu yerda transgressiya va regressiyani davriy ravishda almashinishi natijasida 
tugallanish zonalari, fatsial aralashuvlar va stratigrafik nomuvofiqliklarni hosil 
bo’lishi uchun qulay sharoit yuzaga kelgan. Chuqur suvli botiqliklar, egikliklar yon 
bag’irlarida rifogen tanalarning rivojlanishi uchun sharoit yuzaga kelgan. 


Noantiklinal turdagi tutqichlarni bashoratlash to’plangan barcha geologikgeofizik 
materiallarni mukammal tahlil qilishga asoslangan, litologik-fatsial xaritalar va alohida 
stratigrafik bo’linmalarning qalinliklar xaritasini tuzish bilan birga amalga oshiriladi. 
Shunga bog’liq holda bu kabi ob’yektlarni faqatgina regionning o’rganilganligi 
yetarli darajada yuqori bo’lgandagina aniqlash mumkin, noantiklinal tutqichlarni izlash 
jarayonining o’zi esa past samaradorligi bilan xarakterlanadi. Bir vaqtning o’zida 
noan’anaviy tabiiy saqlagichlardagi ob’yektlarni o’rganish yangi yetarli darajada yirik 
uglevodorod uyumlarini ochilishiga tez va samarali olib kelishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda noantiklinal tutqichlarni aniqlash geofizik usullar kompleksi 
bilan amalga oshiriladi, ularning asosiysi chuqur burg’ilash materiallariga tayangan 
UChNU seysmorazvedka hisoblanadi. 
Seysmik materiallar vaqtinchalik kesimlar ko’rinishida seysmostratigrafik tahlil 
qilinib xarakterli oraliqlar ajratiladi, bu lokal ob’yektlarni aniqlash va ularni izlash 
burg’ilashga tayyorlash imkonini beradi. 
Neft va gazga izlash-qidirish ishlarining amaliyoti shuni ko’rsatadiki, noantiklinal 
turdagi tutqichlarning nisbatan keng tarqalganlari quyidagilar hisoblanadi: 
- organik qurilmalar; 
- daryo va qadimgi daryolarning uzanlari, sohiloldi vallari, suv osti oqimlari, 
hamma tomonidan o’tkazmas jinslar bilan o’ralgan qumli hosilalar; 
- botiqliklar yoki egikliklar yon bag’irlarida kollektor qatlamlarning fatsial 
aralashuvi va tugallanishi; 
- nomuvofiq stratigrafik qoplamalar uchastkalari va zonalari; 
- qadimgi relyefning ko’milib ketgan qoldiqlari; 
- gillar va karbonat jinslarda zichlikni pasayish zonalari; 
- yer yoriqlari bilan regional ekranlashish zonalari. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling