Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari


 Konlarni izlash va baholash bosqichi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1443317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza-2023

4.6. Konlarni izlash va baholash bosqichi 
Izlov, so’ngra baholash burg’ilashni loyihalash uchun asos bo’lib geologik
geofizik, 
geokimyoviy 
va 
gidrogeologik 
tadqiqotlar 
majmuasi 
bo’yicha
tayyorlangan 
lokal 
ob’yektlarning 
neftgazlilik 
istiqbollarini 
ijobiy 
bahosi 
hisoblanadi. 
Bu bosqich ikkita bosqichostiga bo’linadi: konlarni (uyumlarni) izlash va 
konlarni (uyumlarni) baholash. 
Izlov ishlarining maqsadi yangi istiqbolli neftgaz to’planish zonalari 
chegarasida sanoat ahamiyatidagi neft va gaz konlarini (uyumlarini) ochish yoki 
ochilgan konlar chegarasida yangi uyumlarini aniqlash va С

va qisman С

toifalar 
bo’yicha birlamchi zaxiralarni baholashdan iborat. Izlash ishlari o’rganilganlik 
darajasi ularni tayyorlanganligi quduqlarni qurish talablarga javob beradigan 
ob’yektlarda (antiklinal va noantiklinal) izlov quduqlarini burg’ilash bilan amalga 
oshiriladi. Izlov quduqlariga (tayanch, parametrik, tuzilma quduqlaridan tashqari) 
asosiy maqsadi yangi neft va gaz to’plamlarini ochish hisoblangan quduqlar kiradi. 
Izlov burg’ilashning vazifalariga quyidagilardan iborat: 



tayyorlangan 
tutqichlar 
chegarasida 
yoki 
cho’kindi 
qoplamaning 
(poydevorgacha) butun kesimi bo’ylab taxmin qilingan uyumlarni yoki texnik 
jihatdan imkoniy chuqurlikda istiqbolli jinslar kompleksini ochish; 
- ochilgan kesimda kollektor qatlamlarni, qoplamalarni ajratish va shlamni, 
kernni laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari hamda QGT materiallari bo’yicha 
ularning geologik-geofizik ko’rsatkichlarini aniqlash; 
- ajratilgan qatlamlarda neft va gaz oqimlarini olish; 
-qatlam 
va 
dala 
sharoitlarida 
flyuidlarning 
fizik-kimyoviy 
xossalarini 
aniqlash; 

asosiy, 
mahsuldor 
gorizontlarning 
geometriyasini 
aniqlash 
va 
uglevodorodlarning birlamchi zaxiralarini hisoblash uchun zarur bo’lgan boshqa 
hisoblash ko’rsatkichlarini aniqlashtirish; 

baholash 
(qidirish) 
qavatlarini 
birlamchi 
ajratish. 
Bu 
vazifalar 
quyidagilarni 
o’z 
ichiga 
oladigan 
tadqiqotlar 
kompleksi 
bilan 
yechiladi: 
- burg’ilash jarayonida shlam, kern va flyuid namunalari olish; 
- quduqlarda geofizik tadqiqotlar (QGT); 
- istiqbolli gorizontlarni ishlatib ko’rish va sinash; 
-geokimyoviy, 
gidrogeologik, 
gidrodinamik 
va 
boshqa 
tadqiqotlar 
o’tkazish; 
- kern, shlam va flyuidlarni laboratoriyada o’rganish; 
-seysmorazvedka 
va 
VSP 
materiallarini 
batafsil 
o’rganish. 
Izlov 
burg’ilash 
jarayonining 
boshlanishi 
tutqichning 
geologik 
modelida 
yoki taxmin qilingan uyumda eng muhim nuqtalarni tanlash va quduqlarning soni 
hisoblanadi. 
Uyumlarni izlash bosqichostida quduq(lar) bir vaqtning o’zida UV 
to’plamlari 
mavjudligini 
isbotlash 
va 
ochilish 
miqyosini 
baholash 
yoki 
maydonning 
istiqbolli 
emasligini 
aniqlash 
imkonini 
beradigan 
nuqta(lar)da 
o’rnatilishi lozim. Har xil turdagi tutqichlarda muhim nuqtalar ketma-ketligi 
quyidagicha: gumbaz qismlar, tutqichning uyumni saqlanishi va uning taxminiy 
balandligini 
aniqlash 
imkonini 
beradigan 
uchastkalari, 
ekranlash 
zonalariga 
tutashgan uchastkalar, fazalar oralig’i kontaklari rivojlangan zona va shu kabilar. 
Bu masalalarni yechish uchun izlov burg’ilash loyihasida belgilab qo’yilgan 
zaruriy kompleks qo’llaniladi, u quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: 
- quduqlarni poydevorgacha yoki texnik imkoni bor chuqurlikda burg’ilash; 
-tog’ 
jinslarining asosiy litologik-stratigrafik komplekslari chegaralarida 
oraliqlar bo’ylab kern va shlam olish, neft va gazga istiqbolli yotqiziqlar 
oraliqlarida to’liq kern olish, yaxshi o’rganilgan regionlarda esa – kern olmasdan 
yoki uning minimal zaruriy hajmida burg’ilash; 
- kon-geofizikasi tadqiqotlari va zarur bo’lgan hollarda VSP o’tkazish; 
-burg’ilash 
jarayonida istiqbolli ob’yektlarni kabelda yoki quvirlarda 
oqimga sinab ko’rish; 
-quduqlarni ishlatish tizmasida turli rejimlarda ishlatib ko’rish; 
-quduqlarning debitlari va ularning vaqt bo’yicha o’zgarishini baholash. 
Sanoat 
ahamiyatidagi 
neft 
va 
gaz 
oqimlari 
olinganda 
mahsuldor 
gorizontlarning 
sizdirish-hajmiy 
xossalari 
(SHX) 
tadqiqot 
qilinadi, 
alohida
quduqlarda neft va gaz oqimlarini jadallashtirish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi, 
neft, gaz, kondensat va suvning xossalari o’rganiladi. 


Zarur bo’lgan hollarda izlov quduqlarini burg’ilash bilan bir vaqtda qo’shimcha 
batafsil dala geofizikasi tadqiqotlari o’tkaziladi. Bu tadqiqotlar natijalari bo’yicha izlov 
burg’ilashni hisobga olgan holda tutqichning geologik modeli tekshiriladi va 
aniqlashtiriladi hamda qo’yilgan vazifalarni bajarilganlik darajasi baholanadi, u to’liq yoki 
qisman yechilgan, yoki yechilmagan bo’lishi mumkin. 
Uyumlarni izlash vazifasi agar uglevodorodlar uyumlari mavjud yoki yo’qligi 
isbotlansa to’liq yechilgan hisoblanadi. Uyumlarning mavjudligi izlov quduqlarining 
birida sanoat ahamiyatidagi neft yoki gaz oqimi olinishi bilan isbotlanadi. Sanoat 
ahamiyatidagi oqimning kattaligi iqtisodiy tushuncha hisoblanadi va ko’p omillar bilan 
aniqlanadi (geologik, iqtisodiy, iqlimiy va boshqalar).
Bu bosqichda olingan ma’lumotlar C

(qisman C
1
) toifa bo’yicha dastlabki 
zaxiralarni hisoblash imkonini beradi. Agar burg’ilash bilan sanoat ahamiyatiga ega 
bo’lmagan uyum aniqlansa, boshqa izlov quduqlarini burg’ilash iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiq bo’lmaydi. 
Ob’yektlar izlov burg’ilashga sifatli tayyorlangan sharoitlarda uyumni 
mavjud bo’lmasligini kollektorlarning yo’qligi, ularning suvlanganligi, tutqichning 
germetik emasligi va boshqalar bilan tushuntirish mumkin. Bu sabablar tahlil 
qilingandan keyin ushbu tutqich salbiy natijalar bilan burg’ilashdan to’xtatiladi. 
Vazifalarni 
qisman 
yechilganligi 
sabablari 
quyidagilar 
hisoblanadi: 
sinashlarning sifatini yomonligi, uglevodorodlarning kuchsiz oqimi, QGTning 
ma’lumotlarning to’liq emasligi, istiqbolli gorizontlar bo’yicha kern olishni 
yetishmasligi. 
Bundan tashqari, agar o’rganilayotgan maydonda seysmorazvedka va izlov 
burg’ilash ma’lumotlariga ko’ra tuzilma rejalarning mos kelmasligi aniqlansa, 
sifatsiz QGT, quduqlarni burg’ilash jarayonida sinab ko’rishlar va boshqalar
bo’lmasa izlash vazifalari yechilmasdan qoladi. Muvaffaqiyatsiz burg’ilash 
sabablari aniqlangandan keyin lokal ob’yektda ishlarni davom ettirish yoki 
to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilinadi. 
Neft va gazni izlash bosqichlarining davomiyligi birinchi izlov qudug’ini 
joylashtirishdan birinchi sanoat ahamiyatidagi oqimni olishgacha bo’lgan vaqt 
bilan aniqlanadi. 
Baholashning maqsadi – istiqbolli maydonlarda aniqlangan neft va gaz konlarining 
va 
ochilgan 
konlardagi 
yangi 
uyumlarning 
zaxiralarini, 
sanoat 
ahamiyatida 
qidirish 
va 
ishlatishga 
tayyorlashning 
maqsadga 
muvofiqligini 
aniqlashdan iborat. Bu bosqichostining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi: 
- izlov jarayonida burg’ilash bilan kam o’rganilgan uyumlar chegarasida 
(SNK, GSK) neft va gazga mahsuldor qatlamlarni tog’ jinslarini ochish; 
- har bir quduqda burg’ilash natijasida ochilgan kollektor qatlamlar va 
qoplamalarni ajratish, kernning laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlari va QGT 
materiallari bo’yicha ularning sizdirish-hajmiy xossalarini (SHX) aniqlash; 

neft 
va 
gazning 
sanoat 
ahamiyatidagi 
oqimini 
olish; 

har 
bir 
aniqlangan 
uyum bo’yicha flyuidlarning qatlam va mo’tadil 
sharoitidagi 
fizik-kimyoviy 
xossalarini 
va 
gidrogeologik 
xarakteristikalarini 
aniqlash; 
- konning asosiy mahsuldor gorizontlarini geometriyasi hamda С

va qisman 
С

toifalar bo’yicha zaxiralarini hisoblash uchun ularning zaruriy ko’rsatkichlarini 
aniqlash; 


- qidirish qavatlarini ajratish. 
Konlarni 
baholashda 
tadqiqotlarning 
namunaviy 
kompleksi 
quyidagilarni 
o’z ichiga oladi: 
- chuqur quduqlarni burg’ilash, mahsuldor gorizontlar oralig’ida kern va 
namuna olish, to’liq hajmda QGT, quduqlarni sinab ko’rish va sinash, neft va gaz 
oqimlarini jadallashtirishning turli usullari;
- kern va flyuidlarni laboratoriya tadqiqotlari; uyumlarni sinov ishlatish; 
mujassamlashtirilgan 
seysmorazvedka 
ishlari; 
mahsuldor 
yotqiziqlar 
bo’yicha 
tuzilma xaritalarini aniqlashtirish. 
Konni baholash natijalariga bog’liq holda oqilona qidirish loyihasi 
tayyorlanadi. O’zlashtirilgan rayonlarda joylashgan katta bo’lmagan konlar, odatda 
bevosita ishga tushiriladi va ishlatish quduqlari bilan toqidiriladi. Baholangan 
konlar 
yoki 
uyumlar 
balans 
toifaga 
kiritilishi 
mumkin 
yoki 
vaqtincha 
konservatsiyalanadi. 
Ochilgan konni baholash, agar unda С

toifa zaxiralarning nisbatiga erishilgan 
bo’lsa, tugallangan hisoblanadi (4.1-jadval). 
4.1-jadval 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling