Mavzu: neft va gaz konlarini izlash, qidirishning va baholashning bosqichlari


Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1443317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza-2023

4.5.Terrigen yotqiziqlarda noantiklinal tutqichlarni aniqlash va tayyorlash. 
Noantiklinal 
tutqichlarning 
bu 
ob’yektlariga 
litologik 
va 
stratigrafik 
tutqichlar 
kiradi. 
Geologik-qidiruv 
ishlarining amaliyoti shuni ko’rsatadiki, 
ko’pchilik noantiklinal uyumlar antiklinal ob’yektlardagi uyumlarni izlash va 
qidirish jarayonida ochiladi. 
Jahon tajribasi shuni ko’rsadiki, noantiklinal tutqichlarni maqsadli aniqlash, 
geofizik usullar kompleksi va chuqur quduqlarni burg’ilash bilan amalga 
oshiriladi. 
Nisbatan 
samarador 
usul 
regional 
profillar 
to’ri 
bo’yicha 
seysmorazvedka UChNU hisoblanadi. 
Vaqtinchalik 
seysmik 
kesimlarni 
geologik 
interpretatsiya 
qilish 
(seysmostratigrafik 
tahlil) 
cho’kindi 
qalinlikda 
bir 
qator 
sedimentatsion 
ob’yektlarni ajratish imkonini beradi. Bunda noantiklinal tutqichlarni ajratish 
quyidagi asosiy omillarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 
- seysmik yozuvlar (seysmofatsiyalar) rasmi bo’yicha, to’lqinli maydonning 
miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlangan terrigen kollektorlar 
qamlamlarining mavjudligi; 
- tutqichning ustki va ostki yuzasi bo’yicha tuzilma xaritasini tuzish va 
kollektor qatlamning qalinligini aniqlash yo’li bilan belgilanadigan noantiklinal 
tutqichlarni gipsometriyasi; 
- ma’lum bir sinfga mansub noantiklinal tutqichlarni shakllantiradigan 
cho’kindi havzaning genetik turi. 
Erozion o’yiqlar bilan bog’liq qumtosh tanalari xarakterli rasmlar – 
seysmofatsiyalar 
bo’yicha 
seysmorazvedka 
bilan 
aniqlanadi 
(4.4A-rasm).
Bu qumtosh tanalari gravirazvedka bilan ham o’yib kirgan zonasida, ayniqsa 
karbonat jinslarda salbiy anomaliyalar bo’yicha ajralib turadi. Elektrorazvedka 
ham yig’indi bo’ylama o’tkazuvchanligining yuqori ko’rsatkichi bo’yicha bunday 
tuzilmalarni qayd etishi mumkin. 
Balandligi 50 m gacha, kengligi yuzlab metrdan bir necha kilometrgacha 
bo’lgan, ularni o’rab turuvchi gillar, gipslar, dolomitlar oralig’ida asosan o’rta 
donali qumtoshlardan tashkil topgan sohiloldi dengiz tanalari – to’siqlar – 
sinfazalik o’qlarining suratlari bo’yicha seysmorazvedka bilan aniqlanadi: quyi 
qismida gorizontal akslar orasida qalinlikni kengayib ketishi va yuqori qismida 
qavariq shakli bilan (4.4B-rasm). 


Lokal ko’tarilmalarning yon bag’irlarida, monoklinallarda va boshqa 
tuzilmalarda uchraydigan qumtosh kollektor jinslarning tugallanishi bilan bog’liq 
bo’lgan tutqichlarni aniqlash har doim yotqiziqlarning tugallanish chegarasidan 
qaytgan to’lqinlarning sinfazalik o’qlarini qoidaga muvofiq mos kelishi va qo’shilishi 
bilan birga boradi. Qatlamlarning tugallanishidan, chegaralarni kuzatib borish shu 
qatlamning 
va 
uning 
ostidagi 
va 
qoplab 
yotuvchi 
yotqiziqlarning 
tezlik 
xarakteristikalariga hamda uning qalinligiga bog’liq. Agar, tugallanadigan qatlam 
ostidagi yoki ustidagi yotqiziqlarga nisbatan yuqori yoki past tezlikka ega bo’lsa, 
unda qatlamning qalinligi kamayib borishi bilan (50 dan 0 m gacha) akslarning jadalligi 
ularni to’liq g’oyib bo’lguniga qadar kamayib boradi. 
Agar, tugallanib borayotgan qatlamdagi tezlik atrofdagi tog’ jinslariga 
nisbatan oraliq ko’rsatkichga ega bo’lsa, qalinligi esa 15-25 m ni tashkil etsa, unda 
akslarning jadalligi shu qatlamdan qatlam tugallanib borgan sari qoidaga muvofiq 
ortib boradi. Tugallanib borayotgan qatlamning ishonchli belgisi shu qatlamning 
bir xil deb qaralgan chegaralarining fazalari orasidagi At vaqtning kamayishi 
hamda akslar amplitudasining o’zgaruvchanligi hisoblanadi (4.4-rasm). 
Kollektor qalinlikni gillar bilan aralashuvi bilan bog’liq bo’lgan tutqichlarni 
aniqlash ahamiyatli darajada o’rganilayotgan qatlamning qalinligi va uning fizik 
xossalarini 
almashinuvchi 
yotqiziqlarga 
nisbatan 
va 
almashinuvchi 
muhitga
nisbatan keskin farq qilishiga bog’liq. Fatsial almashinuv zonasi quyidagi belgilari 
bilan aniqlanishi mumkin: 
 


4.4-rasm. Terrigen yotqiziqlarning seysmofatsiyalari: A - o’yiqlarda; B – qum 
tanalari tugallangan holatda; V – qum vallari. 

almashinish oralig’ida akslarning sinfazalik o’qlarini kuzatuvchanlik 
xarakterini o’zgarishi bo’yicha; 
- shu oraliq ichida akslarning dinamik ifodalanganligini (yaqqolligini) 
o’zgarishi bo’yicha; 
- o’rtacha tezlikning o’zgarishi bo’yicha, qumtosh kollektorlar oralig’ida 
yuqori, gillarda – past; 

tadqiqot 
qilinayotgan 
oraliq 
chegaralari 
orasida 
At 
ko’rsatkichning 
o’zgarishi bo’yicha; 
- tadqiqot qilinayotgan oraliqning ustki va ostki yuzasidan hamda uning 
ichidagi chegaralardan akslarning amplitudalarini o’zgarishi bo’yicha; 

kesimning 
tahlil 
qilinayotgan 
oralig’ida 
ko’rinarli 
chastotalarning 
o’zgarishi bo’yicha; 
- gilli zonalarda yozuvning yuqori chastotali xarakteri, qumli zonalarda esa – 
past chastotali (4.4G-rasm). 
Murakkab seysmogeologik sharoitlarda noantiklinal tutqichlarni tayyorlash 
seysmorazvedkaning 
ob’yektiv 
mavjud 
ruxsat 
etilgan 
imkoniyatlari 
tufayli 
mushkullashadi. Bu murakkablik qaytgan to’lqinlarning dinamik, spektral va 
kinematik xarakteristikalaridan (amplituda, energiya, ularning fazaviy o’zgarishi, 
chastotalari, fazalari, tezligi va boshqalar) foydalanish hisobiga ahamiyatli oshadi. 
Bundan tashqari, bunday sharoitlarda katta hajmda seysmorazvedka 3D, quduq 
tadqiqotlari 
(QGT) 
ma’lumotlari 
bilan 
kompleksda 
parametrik 
(tuzilmali) 
burg’ilash qo’llaniladi va shu asosda – geologik kesim bashoratlanadi. 
Noantiklinal tutqichlarni izlov burg’ilashga tayyorlash bo’yicha bunday 
ishlarning natijasi kollektor qatlamning ostki va ustki yuzasi bo’yicha tuzilma 
xaritalarini tuzish, uning qalinligi, neft va gaz tutqichlari shakllanishiga imkoniyat 
yaratadigan cho’kindi to’planish sharoitlarini tiklash, hamda “uyum” turidagi 
anomaliyalar hisoblanadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling