Mavzu: Nerv sistemasining klinik anatomiyasi va fiziologiyasi
Miya ustunining fiziologiyasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Nerv sistemasining klinik anatomiyasi. Sezgi sferasi, tekshirish usullari va patologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miyacha - cerebellum
- Oraliq miya.
- Oxirgi miya.
Miya ustunining fiziologiyasi.
1.
Reflektor: chaynash, yutish, aksirish, korneal, konyuktival, qorachiq kabi tug’ma reflekslarni, murakkab shartsiz reflekslarni boshqaradi, yurak qon tomir nafas markazlari, mushaklar tonusini boshqaradi.
6
Uzunchoq miya va ko`prik ostida orqa kalla churrasida joylashgan. Tepada miyani ensa bo`limidan miyacha chodiri bilan ajratiladi. Fiziologik miyacha qutidagi qismlarga ajratiladi: qadimiy qism (klochok i uzelok), eski qism (chuvalchang) va yangi qism (yarim sharlar). Chuvalchang va yarim sharlarning oq moddasida 3 yadro joylashgan: shatra yadrosi, sharsimon va tiqinsimon yadrolar. Yarim sharlarda tishsimon yadro joylashgan. Miyachada 3 juft oyoqchalari bor.
Oraliq miya ko`ruv do`ngligi, epitalamus, metatalamus, gipotalamusdan iborat. Bo`shlig’i 3 qorincha.
Talamus afferent sistemaning po`stloq osti bo`limi hisoblanadi – bu erdan barcha sezgini o`tkazuvchi yo`llari o`tadi. Barcha analizatorlarning po`stloq bo`limi talamus bilan qaytar aloqada. Talamus barcha retseptorlarning po`stloq osti sezgi kollektori hisoblanadi va u axborotlarni mexanik qabul qilibgina qolmay, bosh miya po`stlog’iga xabar beradi va ularga emotsional tus beradi.
Epitalamus – 3 qorincha va o`rta miyani orasida joylashgan, jiyak, tishsimon tanadan iborat. Jiyak uchburchagi po`stloq osti sezgi markazi hisoblanadi. Shishsimon tana o`rta miyani yuqori do`ngliklari orasida joylashgan va jinsiy bezlar funktsiyasini boshqarishda va ularni rivojlanishida ishtirok etadi.
Metatalamus – medial va lateral tizzasimon tanalardan iborat. Medial tizzasimon tana o`rta miyani pastki do`ngligi bilan bog’langan. Ular tor ikkalasi birgalikda po`stloq osti eshituv markazi hisoblanadi. Lateral tizzasimon tana yuqori do`ngliklar bilan bog’langan Talamus yostig’i yuqorigi do`nglik ikkalasi birgalikda po`stloq osti ko`ruv markazi hisoblanadi.
Gipotalamus – miya asosida joylashgan, oldinda ko`ruv kesishmasi. lateral- ko`ruv trakti, orqada – so`rg’ichsimon tana joylashgan. Yuqorigi chegara – gipotalamik egat, pastki chegara 3- qorincha tubi kulrang do`nglik bilan birgalikda voronsimon cho`zilib turadi bu erda gipofiz osilib turadi. Gipotalamus 4 g 2 va yuqori differen qilingan yadrolar to`plamidan iborat (32 juft). Yadrolarga bo`linadi: oldingi, o`rta va orqa.
7
Oxirgi miya 2 ta yarim shardan iborat. Har ikkala yarim shar qadoqsimon tana, svod va oldingi bitishma yordamida bir-biri bilan birlashgan. Yarim sharlarda yuzaki kulrang qavat – katta miya po`stlog’i, nerv tolalaridan iborat oq modda. Striopallidar sistema (bazal yadrolar) ichki kapsula bor. Yarim sharlarning medial yuzasida medial sistemani hosil qiluvchi qator anatomik hosilalar mavjud. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling