Ichki kapsula.
Bukilgan shaqlga ega bo`lib burchak hosil qiladi. Ichki kapsula afferent va efferent
yo`llardan hosil bo`lib, miya po`stlog’ini nerv sistemasini pastki bo`limlari bilan
bog’laydi. Kapsulada quyidagilar farqlanadi: oldingi son undan pyoshona-ko`prik-
miyacha yo`li o`tadi. Orqa sonni oldingi 2G’3 qismidan piramida yo`li o`tadi,
tizzasidan po`stloq yadro yo`li o`tadi. Orqa sonini orqa 1G’3 qismidan sezgi yo`llari
– eshituv va ko`ruv yo`llari o`tadi.
Bosh miya yarim sharlar po`stlog’i.
Bosh miya yarim sharlar po`stlog’i 1,5-3-5 mm qalinlikda kulrang modda bilan
qoplangan. Bu bosh miya po`stlog’i 6 qavatdan iborat: molekular, tashqi donador,
kichik piramida qavati, ichki donador, yirik piramida qavati, polimorf hujayralar
qavati.
Bosh miya yarim sharlar po`stlog’i egatlar yordamida bo`lak va pushtalarga
bo`linadi. 1)pyoshona,
2) tepa, 3) chakka, 4) ensa bo`laklarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |