Mavzu: Nerv sistemasining klinik anatomiyasi va fiziologiyasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Nerv sistemasining klinik anatomiyasi. Sezgi sferasi, tekshirish usullari va patologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patologiya
- Yuza sezgi yo`li tuzilishi
Sezgi yo`lini xususiyati: 1. Yo`l 3 neyrondan iborat. 2. Yo`l kesishadi. 2 neyron aksoni kesishmani hosil qiladi. 3. 1-neyron hujayrasi MNS dan tashqarida umurtqalararo gangliyalarda joylashgan. Tekshirish usullari: Shikoyatlari: Ob’ektiv: Og’riqli nuqtalarni paypaslash: Valleni I, II, III nuqtasi, Erba nuqtasi, paravertebral nuqtalar. Orqa miya ildizlarini tortish simptomlari: Neri, Dejerina, «Posadki», Lassega, Sikara, Matskevicha, Vassermana Yuzaki sezuvchanlikni aniqlash. Chuqur sezuvchanlikni aniqlash.
* Sezgi analizatori tushunchasi va uning tuzilishi. Organizmga tashqi va ichki muhit omillarining ta’siri analizatorlar orqali afferent impulslarga aylantiriladi. Analizator murakkab nerv mexanizmi bo`lib, tashqi ta’sirlarini qabul qiladi va miyada tugallanadi. Analizator quyidagi qismlardan iborat: retseptor, o`tkazuvchi qismi va qabul qiluvchi miya hujayralari. Bu qismlar bitta funktsional sistemani hosil qiladi va analizator deb yuritiladi. Analizatorning po`stloq qismida analiz va sintez jarayoni bo`lib, bu sohaga po`stloq sezgi va gnostik markaz deyiladi. Shunday qilib har bir analizator uch qismdan iborat: 1-periferik, 2-o`tkazuvchi, 3-markaziy. Retseptorlar tasnifi :
10
Retseptorlarga og’riq sezgisini qabul qiluvchi oraliq nerv oxirlari - Rufrimi tanachalari; haroratni sezuvchi - Krauze kolbachalari, taktil va bosim sezgisini Fayer -Pochchini tanachalari mushak bo`g’im sezgisi Goldena tanachalari kiradi. Xemoretseptorlar - patologik jarayon natijasida yuzaga keladigan qondagi bioximiyaviy o`zgarishlarini qabul qiladi. Retseptorlar joylashishiga qarab: 1. terida - ekstraretseptorlar, 2. Ichki a’zolarda - intraretseptorlar. 3. Mushak, bo`g’im va suyaklarda - proprioretseptorlar. Yuza sezgi yo`li tuzilishi: Bu yo`l uchta neyrondan iborat. Kesishma ikkinchi neyronda, birinchi neyron markaziy nerv sistemasidan tashqarida umurtqalararo gangliyada joylashgan. Yuza sezgi
o`tkazish yo`llari: tr.gangliospinalis, tr.spinothalamicus, tr.thalamo-corticalis. Bel - dumg’aza segmentlari sezuvchi yadrolarida boshlanadigan spinatalamik yo`l lateral, ko`krak - bo`yin segmentlari sezuvchi yadrolaridan boshlanuvchi spinatalamik yo`l medial joylashgan. Bu Auerbax -Flatau uzun yo`llarining ekstsentrak joylashishi qonuni deyiladi.
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling