Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana24.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1395506
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli

Xromoproteinlar oddiy oqsil va rangli komponentlardan tashkil topgan 
murakkab oqsillardir (chromos-yunoncha “bo’yoq” degan ma’noni bildiradi). 


Bunday oqsillar tarkibiga har xil prostetik guruhlar, jumladan, porfirin, karotin, 
izoalloksazin hosilalari va boshqalar kiradi.
Prostetik guruhining xarakteriga qarab, xromoproteinlar gemoprotein, 
flavoprotein, magniy-porfirinli oqsillarga bo’linadi. Xromoproteinlar fotosintez 
jarayonida, to’qimalarning nafas olishida, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida, 
yorug’lik va rangni sezishda faol ishtirok etadi.
Gemoproteinlar ichida yaxshi o’rganilgani va muhim ahamiyatga ega bo’lgani 
qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) tarkibida uchraydigan oqsil-gemoglobindir. 
Gemoglobin prostetik guruh sifatida protoporfirinning hosilasi –gemni tutadi.
Gemoglobin 4 ta gem yadrosi va 2 juft polipeptid zanjiridan iborat globin 
oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil
topgan tetropirol halqasidan iborat. 
10--rasm. Gemning tuzilishi. 
Tetrometil, divinil, dipropion, profin 
Gem gemoproteinlarning prostetik guruhi bo’lib, o’pka alviolalaridan 
to’qimalarga kislorod tashishda ishtirok etadi. 1 g gemoglobin eritmada normal 
sharoitda 1,36 ml kislorod bilan birikadi. Uning prostetik guruhi yoki oqsil qismi 
biror kimyoviy o’zgarishga uchrasa, bu xususiyat yo’qoladi. Gemoglobin SO va 
boshqa gazlar bilan oson birikadi. Agar xonada o’tin-ko’mirlarning chala yonishidan 
SO ko’payib ketsa, gemoglobindagi temir atomi bilan kislorod emas, SO gazi 
birikishi natijasida uning kislorod tashish vazifasi buzilib, shu xonadagi odam is gazi 
bilan zaharlanishi mumkin.
Gemoglobin to’rtta oqsilli subbirlikdan tashkil topib, har biri bittadan gem 
tutadi. Oqsil tarkibidagi “birinchi” subbirlikka kislorod bog’lanishi bilan 
molekuladagi ionning tutgan o’rni biroz o’zgaradi. Temir ionining harakati subbirlik 
tarkibidagi aminokislotalardan tashkil topgan zanjir holatini o’zgartirib, uchlamchi 


strukturali oqsil oz bo’lsa ham transformatsiyaga uchraydi. Kislorod bilan 
bog’lanmagan navbatdagi subbirliklar, kislorod bilan bog’langan “qo’shni” 
subbirlik ta’sirida o’z holatini o’zgartirib kislorod bilan bog’lanadi. 
SHunday qilib, birinchi subbirlik kislorod bilan bog’langandan so’ng, 
keyingi subbirliklar tez va osonlikcha kislorod bilan bog’lanadilar.Demak, 
subbirliklar bir-birlariga “yordam” beradi. Gemoglobin uchun uchlamchi va 
to’rtlamchi strukturalarning ahamiyati kislorod atomini bog’lashda zarur omildir. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling