Мавзу: нуткнинг грамматик курилишини шакллантириш


Hikoya rejasini berish usuli


Download 1.13 Mb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1415699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу.

2. Hikoya rejasini berish usuli.
Bolalar hikoyasi xilma-xil bo‘lishi uchun tarbiyachi oldindan asosiy va qo‘shimcha reja tayyorlab qo‘yishi kerak.
Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat bo‘lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi.
3. Rejani jamoa bo‘lib muhokama qilish usuli
 
Reja asosida hikoya tuzish va uning mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo‘lib muhokama qilish tavsiya etiladi.
Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida reja asosida hikoya qilishga o‘rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi.
Masalan, tarbiyachi bolalarga shunday yo‘llanma beradi: ,,Biz qanday qilib jo‘ja boqqanimizni gapirib bering. Jo‘jalar qayerdan paydo bo‘ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo‘jalar katta bo‘lganda, ular qanday bo‘lishadi?"
4. Jamoa bo‘lib hikoya tuzish usuli.
 
Bu usul o‘ziga xos bo‘lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatishda foydalaniladi. Tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar.
5. Hikoyani qismlar bo‘yicha tuzdirish usuli.
Ko‘p bolalardan so‘rash imkoniyati vujudga keladi.
Bu reja asosida 2 — 3 bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o‘tiladi.
Ayrim mashg‘ulotlarda hikoyani qismlar bo‘yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi.
Shuningdek, mashg‘ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo‘lib, hikoyalar to‘liq va chuqur mazmunga ega bo‘ladi,
6. Savollar berish usuli.
Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to‘ldirish maqsadida beriladi.
Bu usul hikoya qilishga o‘rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
7. Aytib turish usuli.
Hikoya qilish jarayonida bola qandaydir xatoga yo‘l qo‘yishi yoki ayrim joyini esdan chiqarganda so‘z yoki gapni aytib turishdan foydalanish o‘rinli.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling