Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet3/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Amaliy mashgulotlar uchun vazifalar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi
Qonunining quyidagi moddalarini qanday tushunishingizni
yozma ravishda bayon qiling:
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda
o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga
rioya etiladi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat
tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi.
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida
ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga
tarjima qilinishi ta'minlanadi.

MAVZU: FIKR - MULOHAZA, TUSHUNTIRISH, IZOHLASH, ASOSLASH, ISBOTLASH BAYONI, NOTIQLIK MADANIYATI ME’YORLARI.
REJA:
1.Radioeshittiruv va teleko’rsatuv uchun so’zlash.
3.Xabar yoki mulohaza aytish mazmunida matn tayyorlash.
2.Bunday matnlar tarkibi, sistematik-uslubiy xususiyatlarini qiyosiy tahlil etish.
Tayanch soz va iboralar :Til,nutq,fonetik, leksik va grammatik birliklar va nutq. Nutq- insonning ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini aks ettiruvchi omil,nutq ko’rinishlari,fikr,mulohaza,tushuncha,izoh,asos,iqtibos,
maqol,hikmatli so’z.

Tabiiyki,inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning


qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jihatdan tilning ahamiyatini hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi.
“Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi” [4, 20-b.]*.
Tafakkurning muhim shakllaridan biri tushunchadir. Chunki, inson tushunchalar yordamida fikrlaydi va bir-birlari bilan o'zaro muloqotda bo’lib fikr almashadi. O'zini o'rab olgan ob'ektiv olam qonuniyatlar va mohiyatini bilish ham tushunchalar, kategoriyalar yordamida amalga oshiriladi.
Tushuncha voqelikning inson ongida aks etish natijasida paydo bo’ladi. Binobarin, tushunchalar moddiy dunyodagi predmet va hodisalarning umumiy belgi, xossa va xususiyatlari inson miyasida aks etishidan iborat. Har bir kishi kundalik hayoti davomida ko'plab tushunchalardan foydalanadi. Masalan; «odam», «olam» «uy» «ko'cha», «maktab», «mashina», «aka», «uka», «opa», «bozor» va x.k. Bu tushunchalarda voqelikdagi biron bir predmet, narsa yoki hodisa aks etgan. Tushunchalar ularning inson miyasida aks etishining natijasidir. Inson voqelikka nisbatan munosabati davomida turli predmet va hodisalarga xos bo'lgan muxim umumiy tomonlari ajratib, tushunchalarda umumlashtiradi. Natijada turli tushunchalar paydo bo'ladi. Kundalik hayotda ko'zga tashlangan belgilar asosida hosil bo’ladigan tushunchalardan ilmiy tushunchalar biroz farq qiladi. Ilmiy tushunchalar voqelikning ob'ektiv qonunlarini, zaruriy tomonini ochib beradi. Masalan, “atom”, “molekula”, “massa”, “kuch”, “quvvat”, “tok” kabi tushunchalar ilmiy tushunchalardir. Tushuncha tafakkurning muhim foni, sifatida bir qator xususiyatlarga ega. Bularning orasida xarakterlisi uni umumiyligidir. Ya'ni tushuncha predmet va hodisalarning umumiy tomonlarini aks ettiradi. Masalan, “daraxt” tushunchasini olsak, unda barcha daraxtlarga bo'lgan umumiy xususiyatlar umumlashgan holda aks etgan. Bu belgilar xususiyatlar muhim bolib, predmetning moxiyatini ifodalaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, tushuncha deb predmet va hodisalarni umumiy, muxim, o'ziga xos belgi va xususiyatlarini aks ettiradigan tafakur shakliga aytiladi.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling