Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet5/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Tushunchalarning turlari
Tushunchalar o'z mazmuni va hajmiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun bir nechta turlarga bo'linadi. Tushunchalar hajmi jihatidan, avvalo, yakka va umumiy tushunchalarga bo'linadi. Yakka tushunchalar deb odatda yakka, alohida predmet yoki hodisalarni aks ettirgan tushunchalarga aytiladi. Masalan, «Muhammad», «Prezident», «O'zbekiston Respublikasi» va boshqalar. Yakka tushunchalarda voqelikdagi ayrim predmetlar aks etib, ob'ektiv borliqning ongimizdagi ifodalanish shakllaridan biridir. Ammo yakka predmet yoki hodisalar ayrim holda, bir-biri bilan boglanmagan holda mavjud bo'lmaydi. Masalan «olma daraxti» tushunchasi «daraxt» tushunchasi bilan, «Farg'ona shahri» tushunchasi «shahar» tushunchasi bilan uzviy bog’liklikda mavjud bo’ladi. Yakkalik bor joyda, albatta, umumiylik ham mavjud bo’ladi. Ob'ektiv dunyo faqatgina ayrimlikdan, yakka holdagi predmet va hodisalardan iborat emas. Ayrimlik uning bir tomoni, xolos. Uning boshqa bir tomoni ham borki, bu uning bir butunligi, bir-biri bilan bogliqligidir. Bu bog’liqlik mantiqiy tafakkurda umumiy tushunchalarda ifodalanadi. Binobarin, bir yoki bir nechta turkum predmetlarning umumiy omonlarini aks ettiruvchi tushunchalar umumiy tushuncha deb ataladi. Masalan, «daraxt», «daryo», «inson», «jamiyat kabi tushunchalar umumiy tushunchalardir. Umumiy tushunchada bir nechta predmet yoki hodisa aks etganligi uchun hajmi kengdir. Umumiy tushunchalar chegaralangan miqdordagi predmetlarni ham aks ettirishi mumkin.Masalan, «Osiyo mamlakatlari», «tabiiy fanlar», «Farg'ona politexnika instituti talabalari» kabilar. Shuningdek, umumiy tushunchalar chegaralanmagan miqdordagi predmetlari ham aks ettirishi mumkin «Daryo», «yulduz», «kitob» kabilar. Bunday tushunchalar chegaralanmagan tushunchalar deyiladi. Bundan tashqari hajmsiz tushunchalar ham bor. Masalan “pul”, «farishta» kabi tushunchalarning hajmini aniqlashning iloji yo'q. Hajmig, ko'ra farq qiluvchi tushunchalar orasida to'plam tushunchalar ham mavjud. Bunday tushunchalar bir turkum predmetlari bir butun yaxlit holda aks ettiradi. Masalan, «armiya»- askarlar to'plarni, «xalq»-kishilar to'plarni, «o'rmon»-daraxtlar to'plarnidir.
Bu tushunchalarning to'plam xarakteri shundaki, hech qachon bir askar armiya bo'la olmaydi, bitta daraxt o'rmon bo'lishi mumkin emas yoki bir kishini xalq deb bo'lmaydi. To'plam tushunchalar yakka tushunchalar va umumiy tushunchalardan iborat bo’ladi deyish mumkin. Tushunchalarning mazmuniga ko'ra turlari orasida aniq va mavhum (abstrakt) tushunchalar mayjudligini farqlash lozim. Aniq tushunchalar deb real predmet va hodisalarni aks ettirgan tushunchalarga aytiladi. Masalan, «mashina», «institut», «talaba», «tog'«, «sayyora» kabilar. Bunday tushunchalar real voqelikda real predmet hodisalarni muayyan yaxlitlikda ifodalaydi. Tafakkurda fikrdan ajratib olinib mavhumlashtirilgan holda aks ettirilgan predmetlarning xususiyat va belgilari i mavhum tushunchani bildiradi. Mavhum tushunchalarda predmet yoki hodisa, yaxlit holda emas, balki ularga xos bo'lgan xususiyatlar ajratilgan holda mavhumlashtirilib aks ettiriladi. Masalan, «tinchlik», «tenglik», «adolat», «muhabbat», «mangulik», «samaradorlik» kabilar. Tushunchalarni mazmuniga ko'ra abstrakt va aniq tushunchalarga bo'lish mantiqiy fikrlash jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Tushunchalar mazmuniga qarab musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) tushunchalarga ham bo'linadi. Musbat va manfiy tushunchalar fikrlash jarayonida predmetlarga tegishli belgi va xossalarni tasdiqlash yoki inkor qilish oqibatidir. Agar tushunchada belgi borlig'i tasdiqlanayotgan bo'lsa, u musbat tushuncha, aksincha inkor etilayotgan bo'lsa, manfiy tushuncha bo'ladi. Masalan, «botir», «jasur», «savodli», «madaniyatli» kabilar musbat tushunchalardir, «qo'rqoq», «nomard», «savodsiz», «madaniyatsiz» kabi tushunchalar esa manfiy, tushunchalarga kiradi. Mazmuniga ko'ra tushunchalar nisbatli va nisbatsiz, tushunchalarga ham bo'linadi. Nisbatli tushuncha deb, biron bir tushuncha boshqa bir tushuncha orqali bo'linadigan tushunchaga aytiladi. Masalan, «o'qituvchi», «ustoz», «oila», «ustqurma» kabi tushunchalar nisbatli tushunchalardir. Chunki, masalan, «o'qituvchi» tushunchasi «o'quvchi «tushunchasi orqali, «ustoz» tushunchasi «shogird» tushunchasi orqali va h.k. bo'linadi. Keyingisi bo'lmasa ushbu tushunchani ifodalash mumkin bo'lmagan bo'lardi. Agar tushuncha boshqa tushunchalarsiz ham ifodalanadigan va bo'linadigan bo'lsa, u nisbatsiz tushuncha bo'ladi Bunga misol, «davlat», «kitob «, «bino» kabilar bo'lishi mumkin.


Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling