Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja
Download 230.15 Kb.
|
D.T. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchalarning mazmuni va hajmi.
Tushuncha va so'z.
Tushuncha borliqdagi predmet yoki hodisalarning innikosidan iborat. Shuning uchun, tushunchani ko'rib, eshitib, sezib yoki hidlab bo'lmay. Tushunchadan foydalanish, odatda, so'z yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun tushuncha bilan so'z o'zaro uzviy bog'liqdir. So'z tushunchaning moddiy asosidir. Tushunchani so'zdan ajratish mumkin emas. Har bir tushuncha so'z orqali ifodalanadi. Agar tushuncha tafakkur kategoriyasi hisoblansa, so'z tushuncha kategoriyasidir. Tushuncha predmet yoki hodisani aks ettirsa, so'z esa ularni nomini ifodalaydi. Tushunchaning nomlarda ifodalanish shakli esa turlicha bo'lishi mumkin. Masalan «kitob» tushunchasi rus tilida «kniga», ingliz tilida “book”, nemis tilida «das Buch» kabi ifodaga ega. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Ular turli shakllarda ifodalansada, bitta predmetni aks ettiradi Nomlar bitta predmetni (masalan «qush», «Ahmad»), predmetlar turkumini (masalan «xalq», «daraxt»). hodisa yoki jarayonlarni (masalan “tinchib”| «yomg'ir») aks ettirishi mumkin. Shunday qilib, tushuncha bilan so'z uzviy bog'liqdir. Tushuncha so'zda ifodalanadi, so'z esa til birligidir. Shuning uchun tilda ishlatiladigan barcha so'zla til tarkibini, uning lug'at boyligini tashkil qiladi. Tushunchalarning mazmuni va hajmi. Har bir tushuncha mazmun va hajmga ega bo'ladi. Shuning uchun tushunchaning mazmuni va hajmi uning mantiqiy tarkibini tashkil qiladi. Tushunchaning mazmuni deganda unda aks etgan predmet yoki hodisaga ham bo'lgan belgilarning yig'indisi tushuniladi. Tushunchaning hajmi deganda esa unda aks etgan predmet yoki hodisaning yig'indisi tushuniladi. Masalan, “metall” tushunchasining mazmuniga metallarga xos belgilar: qattiqlik, elektr o'tkazuvchanlik, issiqlik o’tkazuvchanlik, kabi bir qator xossalari yig'indisi kiradi. “Metall” tushunchasining hajmiga esa barcha metallar kiradi. Tushunchaning mazmuni va hajmi o'zaro uzviy bog'langan bo'lib, bog’liqlik teskari nisbatda bo'ladi. Ya'ni tushunchaning hajmi kengaysa mazmuni torayadi va sekinlashadi, yoki aksincha, tushunchaning hajmi toraygan mazmuni esa chuqurlashadi va boyiydi. Masalan, “shahar” va “Farg'ona shahri” tushunchalarini taqqoslasak, birinchisida, hajmi keng, chunki «shahar» tushunchasi hajmiga yer yuzidagi barcha shaharlar kirmoqda, biroq mazmun ancha tor, chunki «shahar» tushunchasining mazmuniga umumiy bo'lgan uni boshqa xildagi aholi yashaydigan joylardan farqlantiruvchi belgilar kirayapti, xolos. «Farg'ona shahri» tushunchasida esa hajm ancha tor, chunki uning hajmiga endi barcha shaharlar emas, balki Farg'ona shahrining o'zi kirayapti. Ammo ushbu tushunchaning mazmuni «shahar» tushunchasi mazmuniga ko'ra ancha chuqur va keng, chunki unga Farg'ona shahriga xos bo'lgan, uni boshqa shaharlardan ajratib turuvchi geografik, demografik, madaniy, iqtisodiy kabi belgilar kiradi. Shunday qilib, tushuncha mazmun va hajm birligidan iborat. Mazmunsiz hajmli va hajmsiz mazmunli tushuncha bo'lmaydi. Tushunchaning hajmi tor yoki kengligiga ko'ra jins tushuncha yoki tur tushunchaga ajratiladi. Jins tushuncha deb hajmi kengroq bo'lgan, tur tushuncha deb esa hajmi torroq tushunchalar tushuniladi. Masalan “daraxt”, “olma daraxti” tushunchalarida birinchisi jins tushuncha, ikkinchisi tur tushuncha bo’ladi. Chunki “daraxt” tushunchasiga barcha daraxtlar qatori olma daraxti ham kiradi, lekin «olma daraxti» tushunchasida bu ham umuman olganda daraxt hisoblansada, biroq bu tushunchaga faqat olma mevasi qiladigan daraxtlar kiradi, xolos. Hamma vaqt jins tushunchalari tur tushunchaga nisbatan oliy bo’ladi. Chunki jinsga hamma vaqt tur o'xshash belgilari bilan bo'ysunadi. Mantiqda jins tushunchasi nisbiy bo’ladi. Chunki agar fikrlashda bir jinsdan yuqori jinsga qarab boriladigan bo'lsa, birinchi jins tushuncha, albatta, tur tushunchaga aylanadi. Bu hol cheksiz davom etmaydi, balki eng umumiy jins tushuncha - ilmiy kategoriyalargacha davom etadi. Bu xil kategoriyalar har bir fanda bo'lib, ular ushbu fan uchun o'z bilish ob'ektini o'rganishda asosiy vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi. Download 230.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling