Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja


Download 230.15 Kb.
bet7/45
Sana24.12.2022
Hajmi230.15 Kb.
#1052291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
D.T. (1)

Frontal savollar.
1.Tidagi aniqlik va ixchamlik haqida nimalar bilasiz?
2.Hulqiy shtamplar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalarning ishlatilishi haqida gapirib bering?
3.Uslubning hujjatchilik xarakteri to’g’resida nimalar bilasiz?


Mavzu:Matnning mazmuniy-vazifaviy belgilari.Ixtisoslikka oid matn tuzish.
Reja:
1.Matn tushunchasining ta’rifi.
2. Matnning mazmuniy-vazifaviy belgilari.
3. Ixtisoslikka oid matnlar,ularga xos-xususiyatlar.
Tayanch soz va iboralar:

Matn, matnshunoslik, muallif so‘zi, asar, hujjat xarakteri, nutq parchasi, mantiq qoidalari, metod va usullar, qiyosiy-tarixiy, davriylik, nashr va tuzatish texnikasi, matn manbasi, asosiy variant, oxirgi variant, nashr, qo‘lyozma, yozuv mashinkasi, komputer, tahririyat, muharrir huquqi va vazifasi, o‘zbek matnshunosligi, mantiqiylik, tahrir jarayonida qo‘shish, olib tashlash va qisqartirish, sinonimlar, leksik dubletlar, mustaqillik davri atamalari, tinish belgilari.


Matn deganda biror-bir muallifga tegishli bo'lgan, ma'lum fikrlar majmuasi hisoblangan nutq, qo'lyozma yoki nashrdan chiqqan asar tushuniladi. Ammo har qanday qo'lyozmani ham matn deyaverish to'g'ri emas. Matn bo'lishi uchun u, hajmidan qat'i nazar, asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo'lishi zarur.


Matnlarning tahlili bilan shug'ullanuvchi soha matnshunoslik deyiladi va u ham boshqa fan sohalari singari o'z tekshirish metod va usullariga ega. Bunda dastlab qiyosiy-tarixiy metodga amal qilinadi. Alohida bir matnni ajratib olib o'rganish natija berishi qiyin. Chunki ko'zda tutilgan maqsadga matnlarni o'zaro va davriy jihatdan tahlil qilish bilangina erishiladi. Mana shunday yo'l bilan matnning shakllanishini, bir matndan ikkinchisigacha bo'lgan o'sish va takomillashishni, binobarin, muallifning fikriy rivojini ham anglash mumkin bo'ladi.
Matn ustida ishlash murakkab va ijodiy jarayon bo‘lib, uni qo‘lga olishdan nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan davr bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilar:
1. Matn manbasini aniqlash.
2. Asosiy matnni aniqlash.
3. Muallifning matn bo‘yicha oxirgi, haqiqiy variantini aniqlash.
4. Matnni nashrga tayyorlash.

5. Nashr turlari: hujjatli nashrlar (faksimil nashrlar), ilmiytadqiqot nashrlari — akademik, ilmiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy va hokazo.


Matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi kishi dastlab ana shu matnga aloqador bo‘lgan barcha qo‘lyozma va bosma materiallarni, muallifning turli xil qaydlarini to‘playdi. Bunda matnning
qoralama nusxasi bilan oxirgi oqqa ko‘chirilgan varianti muhim hisoblanadi. Matnni shakllantirishda yozuv mashinkalari yoki hozirgi zamonaviy komputerlarning aralashuvi matn ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Chunki ayrim mualliflar birdaniga ana shu texnika vositalari yordamida matnni shakllantiradilar va bu narsa ularning matn tili ustida qanday ishlaganligini va o‘ziga xos uslubini bilishni murakkablashtiradi.
Harqalay, matnshunos qanday metod va usullardan foydalanmasin, asosiy va yordamchi matnlarni aniqlab olishi va diqqatni asosiy matnga qaratishi lozim bo‘ladi. Asosiy matn esa muallif istagidan kelib chiqib, har bir nashrda o‘zgarib borishi mumkin. Nashrga tayyorlovchilar muallif o‘zgartirishlarini albatta hisobga olishlari zarur. Demak, matnshunosning asosiy vazifasi o‘quvchiga muallifning xohish-irodasini to‘la aks ettirgan, tashqaridan o‘zgartirishlar kiritilmagan haqiqiy matnni yetkazishdan iborat bo‘ladi. Matnshunos asosiy matnni o‘zgartirishga aralashmasligi kerak. U faqat o‘zi uchun noaniq, munozarali hisoblagan o‘rinlarda bir mazmundagi matnlarni bir-biriga solishtirishi, muallifning haqiqiy matnini aniqlashi zarur. Bu esa, yuqorida ta'kidlaganimizdek, oson ish emas. Chunki asar matni muallif oxiriga yetkazdim deb hisoblagandan keyin ham nashriyotda qancha kishilarning qo‘lidan o‘tadi. Ular ham matn yuzasidan o‘z nuqtai nazarlarini ma'lum qilishadi, hatto ba'zan muallifdan o‘zlari aytgandek qilib o‘zgartirishni talab etishadi. Chunki ular ham o‘z nashrlari manfaati, ularning obro‘yi, qisqasi o‘z talab va o‘lchovlari bo‘lib, ba'zan o‘z dunyoqarashi nuqtai nazaridan matnga munosabat bildirishga harakat qiladi. Bu esa matn muallifi nuqtai nazari bilan hamma vaqt ham muvofiq kelavermaydi. Mana shunday holatlarda matnshunosga haqiqiy manzarani aniqlash oson bo‘lmaydi. “Haqiqiy muallif matnini tayyorlashda matnshunos muallif tomonidan qo‘llanilgan va ko‘ziga xato bo‘lib ko‘ringan birorta so‘z yoki birorta sintaktik qurilishni olib tashlashga yoki to‘g‘rilashga haqqi yo‘q. Bu narsa muallif shaxsiy, individual mahorati, oxir-oqibatda uning tafakkuri aks etadigan tili va uslubining o‘ziga xosligiga tajovuz bo‘lib hisoblanadi” deb yozadi E.I. Proxorov.
O‘zbek matnshunosligi ham xalq og‘zaki ijodi, tarixiy hujjatlar, mumtoz badiiy adabiyot namunalarini to‘plash va nashrga tayyorlashda katta tajriba to‘plagan. Bu ayniqsa o‘zbek xalqm dostonlarini xalq baxshilaridan yozib olish, Alisher Navoiy va boshqa mumtoz shoirlarimizning badiiy merosi mujassam bo‘lgan hamda turli yillarda ko‘chirilgan qo‘lyozmalar matnini tahrir qilish va nashrga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘ldi. Bunda Hodi Zarifov, Parso Shamsiyev, Izzat Sulton, Hamid Sulaymonov, Solih Mutallibov, Vohid Zohidov, Aziz Qayumov, Suyima G‘aniyeva, Ozod Sharafiddinov, Abduqodir Hayitmetov va boshqa olimlarning xizmatlari nihoyatda ulkan.

Ixtisoslikka oid matn tuzish.


Ishning borishi:
1.Ixtisoslikka oid matn tuzish, bunda til vositalaridan o’rinli foydalanish masalasi. 2.Bularda so’z yasash va imlo me'yorlariga amal qilish.
3.Kasb-hunar so’zlarini o’rinli qo’llagan holda matn tayyorlash.
4.Uni boshqa uslubdagi matnga aylantirish.
5.Matnda nutq ta'sirchanligini oshiruvchi vositalarni qo’llash.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling