Mavzu: obyektlarni tahlil qilish usullari reja: Obyekt xaqida umumiy ma’lumot Obyektni kirish va chiqish parametrlari


Download 17.5 Kb.
bet1/2
Sana27.12.2022
Hajmi17.5 Kb.
#1069119
  1   2
Bog'liq
obyektlarni taxlil qilish referat


Mavzu: OBYEKTLARNI TAHLIL QILISH USULLARI


Reja:
1.Obyekt xaqida umumiy ma’lumot
2.Obyektni kirish va chiqish parametrlari
3.Avtomatlashtirish obyektlarini xosslari va ularni tahlil qilish



1.Obyekt xaqida umumiy ma’lumot
Avtomatik boshqaruv nazariyasida avtomatlashtirilishi zarur bo’lgan ixtiyoriy obyekt avtomatlashtirish obyekti sifatida qaraladi. Obyektning xadmi va tuzilishi avtomatlashtirish darajasini bildiradi. SHunday qilib, kimyo ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda alohida apparat, mexanizm, texnologik xudud, texnologik chiziq, tsex yoki korxona avtomatlashtirishning obyekti hisoblanadi.
Ixtiyoriy obyektni avtoatlashtirishda albatta uning kirishva chiqish parametrlari bo’lgan texnik ma’lumotlari aniqlanadi.
2.Obyektni kirish va chiqish parametrlari
Kirish parametrlariga fizik kattaliklar ya’ni obyektga kriuvchi xom-ashyoni tavsiflovchi harorat, sarf, bosim, kontsentratsiya, elektr toki hamda tashqi muxitning ta’siri kiradi. Obyekt kirish parametrlarini dastlabki holatdan og’ishi (issiqlik almashinuvchi bzalarda haroratni o’zagirishi, tutashib ishlovchi yuzalar sirtida ishqalanishni ortishi) parametrni o’zagarishi deb ataladi.
CHiqish parametrlari deganda obyektni ishlashi davomida chiqadigan yarim tayyor va tayyor maxsulotlarga aytiladi. Bu esa maxsulotning ixtiyoriy fizik yoki boshqa kattaligi bo’lishi mumkin. Sifat parametrlarini o’zgarishi esa chetga chiqish deyiladi.
3.Avtomatlashtirish obyektlarini xosslari va ularni tahlil qilish
Kirish parametrining chiqish parametriga bog’liqligi obyektning dinamik xarakteristikasi deyiladi. Bu holat chiqish parametrigda vaqti –vaqti bilan o’zgarish sodir bo’lishi bilan boradi. Dinamik xarakteristika obyektni sig’imi, o’z-o’zini rostlashi va kechikishi kabi xosslarini aniqlaydi.
Kirish parametrini chiqish parametriga o’zgarishsiz bog’liqligining grafik yoki analitik shakldagi ko’rinishi obyektning statik xarakterstikasi deyiladi.
Statik xarakteristika ko’rinishiga ko’ra obyektlar chiziqli va chiziqli bo’lmagan turlarga bo’linadi.
Obyekt sig’imi deb uning energiya yoki maxsulot ni yig’ish xossasiga aytiladi. Sig’imlar soniga ko’ra obyektlar bir va ko’p sig’isli bo’ladi. Bir sig’imli obyektlarda energiya yoki modda uzatilganda qarshilik kuzatilmaydi.bunday turdagi obyektlarga issiqlik almashinish apparatlari ni misol qilib keltirish mumkin.Apparatda issiqlik energiya tashuvchidan maxsulotga beriladi, bunda maxsulot tomonidan yig’ilgan issiqlik miqdori obyekt sig’imni aniqlab beradi.
Ko’p sig’imli obyektlarda moddani va energiya o’tishiga qarshi ta’sir etuvchi qarshiliklar mavjud bo’ladi. rekuperativ issiqlik almashinish apparatini shunday obyektga miosol qilib keltirish mumkin. Bu apparatda (obyektda) issiqlik uzatish maxsus devor orqali amalga oshadi. Bu holatda issiqlik o’tkazuvchi devor qarshiligiga ega bo’lib, aniqlanadigan kattalik hisoblanadi, energiya esa energiya tashuvchi bilan to’lgan idishda ham maxsuot to’ldirilgan idishda ham yig’iladi.
Bunda obyektning sig’imi nafaqat texnologik jarayonni fizik mohiyatiga ko’ra aniqlanadi, balki apparat yoki mashinaning konstruktiv xususiyatiga ko’ra ham aniqlanadi.

Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling