mavzu: ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari


Download 35.16 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi35.16 Kb.
#1798557
1   2   3
Bog'liq
mavzu ochiq tizimlar termodinamikasi asoslari-fayllar.org

S=const, ∆S

i
>0, ∆S


e

<0)natijalarga ega bo’lamiz. Demak, statsionar holatda atrof –
muhit entropiyasi izolyatsiyalangan sistemalardagi kabi ortadi, ammo bunda 
organizmning entropiyasi esa o’zgarmas saqlanib qoladi. Entropiya sistemaning
tartibsizlik o’lchovi ekanligi sababli, organizmning tartibliligi atrof-muhit 
tartibliligining kamayishi hisobiga saqlanadi, degan xulosa chiqarish mumkin.
I.Prigojin statsionar holat uchun entropiyaning minimum hosil bo’lish 
prinspini ta’rifladi[1]. Unga ko’ra, sistemaning statsionar holatidan sistemaning
muvozanatli holatga qaytishiga to’sqinlik qiluvchi tashqi muhit sharoitlarining 
ma’lumotlariga qarab qaytmas jarayonlar oqibatida sistemaning statsionar
holatidagi entropiyaning paydo bo’lish tezligi mimimumga ega bo’ladi(
𝑑𝑆𝑖
𝑑𝑡

> 0 va 

minimal).
Prigojin prinsipiga muvofiq, sistemaning statsionar holatida ichki 
muvozanatsiz holatlar (diffuziya, issiqlik o’tkazuvchanlik, kimyoviy reaksiyalar va
boshqalar) shunday o’tadiki, entropiyaning har bir sekunddagi o’zgarishi 
minimumga ega bo’ladi. Bu esa sistema ichki qaytmas jarayonlar hisobiga statsionar
holatidan chiqish imkoniyatiga ega emasligini anglatadi. Shunday qilib, agar 
sistemaning uncha katta bo’lmagan chetlanishlari (fluktuatsiyasi) yuz bersada, ichki
jarayonlarning
𝑑𝑆𝑖
𝑑𝑡

kamaytirishga intilishi sistemani yana o’z holatiga qaytaradi.


Shuni aytish lozimki, yuqorida aytilgan fikrlar, xususan Prigojin prinspi ham


berilgan va o’zgarmaydigan tashqi muhit sharoitlari uchungina to’g’ridir. Tashqi 
ta’sirning o’zgarishida (sistemaga kiruvchi va sistemadan chiquvchi oqimlar) yangi
tashqi sharoitlar vaqt davomida saqlanib tursagina sistema bir statsionar holatdan 
ketadi va boshqasiga o’tadi. Tashqi muhit entropiyasining o’zgarishi organizmning
statsionar holati saqlanib qolgan holda ham minimumga ega.
Jonli sistemalar(hujayra, a’zolar, organizm) faoliyatda bo’lishining asosi
hisoblangan diffuzion jarayonlar, biokimyoviy reaksiyalar, osmotik hodisalar va 
h.k.larning yuz berishi sistemaning statsionar holatini ta’minlab yoki quvvatlab
turadi. Tashqi sharoitning (harorat, bosim, namlik va h.k.lar) o’zgarishi sodir 
bo’lsayu, lekin organizm bu o’zgarishga moslasha olsa bu jonli sistema o’zining
statsionar holatini saqlaydi. Agar bu o’zgarishlar organizmning statsionarligini 
yetarli darajada buzsa, uning entropiyasi osha boradi va o’zining maksimal
qiymatida organizm halok bo’ladi. Bunda organizm tashqi muhit o’zgarishiga 
moslasha olmadi, ya’ni sharoitning o’zgarishiga mos holda, nisbatan tezlik bilan
statsionar holatga kelaolmadi. Uzoq yillik qarashlarda tartiblilik tuzuvchi, xaos 
ya’ni tartibsizlik esa faqat buzuvchi tushuncha sifatida qaralgan. Lekin o’z-o’zini




5
tashkillashtirish nazariyasi hisoblangan Sinergetika ilmi xaossiz rivojlanish 


bo’lmasligini isbotlab berdi. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, dinamik sistemaning


rivojlanishini ortiqcha xaos ham, ortiqcha tartiblilik ham yuzaga keltira olmaydi. 
Faqatgina ularning o’zaro nisbati sistemani o’z-o’zini tashkil etishga qodir
bo’lsagina, bunday sistemalarda rivojlanish jarayoni sodir bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalar organizm – muvozanat holatidan uncha farq 

qilmaydigan statsionar sistemadir, deyilgan tushunchaga asoslanadi. Bu hodisalar


uchun Prigojin prinspi to’g’ri keladi. Ammo kuchli muvozanatsiz sistemalar 
xususan hujayraning o’sishi va yangi strukturaning paydo bo’lishini bu prinsp
asosida tushuntirib bo’lmaydi. Buning uchun Prigojin – Glensdorf prinsipini hisobga 
olish zarur, chunki bu prinspga asosan entropiya hosil bo’lish tezligi kamayib
boradi[2].
Statsionar holatlar termodinamikasida entropiyaning kamayishi va muvozanatli
sistemalarda esa uning ortishi qonuniyatlarini doimo bir-biriga qaram-qarshi qo’yish 
ular orasidagi umumfundamental qonuniyatga zid keladi. Buni quyidagicha
izohlash mumkin. Jonsiz sistemalar to’lig’incha tabiatning izmida bo’ladi, shuning 
uchun ularda tartibsizlik ortadi, jonli sistemalar esa tabiatga nisbatan munosabat
bildira olish xususiyatiga ega, shuning uchun ularda tartiblilik ortadi. Lekin, biror 
davrdan keyin tartibsizlikka intilish tabiatning umumiy qonuniyati bo’lganligi
uchun, jonli sistemalar ham ma’lum vaqtdan so’ng, bu qonunga bo’ysunadi va 
ularda
tartibsizlik 
osha
boshlaydi[4]. 

Agar
tartibsizlik 


o’zining
bifurkatsiya(tarmoqlanish) nuqtasiga yetsa, jonli sistema o’z umrini tugatadi. Barcha 
jonli ob’yektlar ana shu qonuniyatga bo’ysunadi. Masalan, inson tug’ilgach, uning
organizmi atrof – muhitning holatiga juda ta’sirchan bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan uning 
ongida va organizmida bu holatga nisbatan munosabatlari rivojlanadi, ba’zi
holatlarda atrof-muhitga moslashadi, ba’zida esa uni o’z izmiga bo’ysuntiradi. 
Shunday davr keladiki, u ulkan biosfera sistemasi ichida o’z-o’zini tashkillashtirgan,
mustaqil sistemaga aylanadi. Lekin, u shunda ham biosferasiz yashay olmaydi. 
Vaqtlar o’tgach, uning organizmida atrof-muhit bilan modda, energiya, axborot va
maydon almashinuvi susaya boshlaydi va unda entropiya(tartibsizlik) osha boradi. 
Entropiya o’zining maksimal qiymatiga erishganda yoki sinergetik jihatdan
bifurkatsiya nuqtasiga yetganda u halok bo’ladi[3]. Endi, u boshqa muvozanatli 
holatga o’tadi va jonsiz sistemalar singari to’lig’inchda tabiatning izmida bo’ladi.
Demak, ochiq tizimlar termodinamikasi insoniyat ilmiy tafakkurining yangi 

bosqichi sifatida - jonli sistemalarda kechadigan termodinamik jarayonlarning


koevolyutsion yo’nalishda ro’y berishini ko’rsatsa, klassik termodinamika 
qonunlari esa uning xususiy holi bo’lib, yopiq(jonsiz) sistemalardagi termodinamik
jarayonlarning yo’nalishini aniqlaydi. Lekin, sistema ochiq yoki yopiq bo’lishidan 
qati’y nazar barcha jarayonlarda energiyaning saqlanish qonuni bajariladi, bu esa
jonli va jonsiz tizimlar uchun tabiat qonunlarining ob’ektiv real ekanligini anglatadi.
Aslida ochiq tizimlardagi tashkillanish jarayonlari Sinergetika deb ataladigan
sohada o’rganiladi va bu to’g’risida kelgusi mavzuda batavsil to’xtalib o’tamiz. 


http://fayllar.org
Download 35.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling