Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111
Ota-onalarning o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga olgan psixologik tuzilma
har doim ham er-xotinlik munosabatlarini aynan nazarda tutmaydi, chunki, uni cholidan judo bo‘lgan yolg‘iz momo, xola yoki to‘ng‘ich farzand ham tashkil etishi mumkin. Shuning uchun psixoterapevtik amaliyotda yoki maslahat uchun ota- onalar tuzilmasida kimning roli kuchli va sezilarli ekanligini bilish ahamiyatlidir. Ota-onalar eng avvalo oilaning xavfsizligi, unda samimiyat muhitining bo‘lishi, tarbiya jarayonlarining qanday kechishiga javobgardir. Ular shu oiladagi barcha farzandlarning kelajagini, kerak bo‘lsa, juda yaxshi kamol topishi uchun o‘z bilim va tajribasini safarbar etadigan insonlardir. Umuman, oilaviy o‘zaro munosabatlar, ularning ijtimoiy mohiyati va ularni maxsus tarzda o‘rganish g‘oyasi birdan paydo bo‘lgan emas. Agar turli hayot bosqichlarida oilaviy turmush tarzining o‘zgarishini inobatga olsak, oilaviy nizolar yoki ziddiyatlar shu muayyan muhit uchun tabiiy bo‘lib, uni har bir normal oila ham boshdan kechiradi. Shu bois ham o‘zbekchilikda oila va nikoh tushunchalari 40 bilan bir qatorda “ro‘zg‘or”, “turmush” kabi tushunchalarni ham qo‘llashadiki, momolarimiz unga mohiyatan “g‘or”, “mush deb qo‘yibdi” majoziy o‘hshatishlarni qiladilar va bu bilan oilaviy hayotning o‘ziga xos murakkabliklari borligiga ishora qiladilar. Bunday zidddiyatlar oilaviy rollar ko‘payganda, farzand tug‘ilganda, qudalar bilan munosabatlar boshlanganda, ayriliq ro‘y bergan bosqichlarda, ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Lekin ahil va mustahkam oilada bu ziddiyatlar deyarli asoratlarsiz, yengillik bilan o‘tib ketadi. Muammoli oilalarda esa oilaning kattalari ularni yengish malakasi va tajribasiga ega bo‘lmay, boshqalarga sezdirib qo‘yadi, ba’zan oilaning ichidagi gap-so‘zlar mahallaga, uzoq va yaqin qarindoshlargacha yetib boradi. Shunday qilib, oilaning mustahkam yoki mustahkam emasligi emas, balki undagi shaxslararo munosabatlarning ijobiy tusli yoki yomon, salbiyligi oilani to‘liq va noto‘liq, mustahkam va muammoli turlarga bo‘lib o‘rganishga asos bo‘lgan. Ijtimoiy stereotip shundan iboratki, agar oila to‘liq bo‘lsa, undagi o‘zaro munosabatlar yaxshi, agar u noto‘liq bo‘lsa, ya’ni, oilani tashkil etuvchi muhim figuralardan biri, masalan, er yoki xotinning bo‘lmasligi munosabatlarning salbiyligini bildiradi. Bu aslida bid’at bo‘lib, real hayotda turli sabablarga ko‘ra noto‘liq oila yoki yolg‘iz ona tarbiyasida qolgan bolalar oilasining tarbiyalovchi funksiyasi a’lo darajada ham bo‘lishi mumkin. Lekin qator tadqiqotlar borki, ularda noto‘liq oiladagi o‘zaro munosabatlarning destruktiv, ya’ni, risoladagiday emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bor. Gap noto‘liq oila hamda undagi destruktiv munosabatlar haqida ketganda, ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila turi alohida o‘rin tutadi. Ta’kidlash lozimki, ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila XX asrning oxirlarida keng tarqalgan noto‘liq oila turidir. Rus olimi Golodning [23; 136] ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi oilalar ajrimi shu qadar ko‘paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi to‘g‘ri keldi. Bunga sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan sovuqqonlik bilan 41 chetlashishidir. Chunki ko‘pgina otalar ajralishgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tgach, farzandlari bilan umuman yuz ko‘rmas bo‘lib ketishadi. O‘zbekistonda ham oila va nikoh nechog‘li qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham yili qayd etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi yillarda yiliga o‘rtacha sudlar orqali 25000 mingdan 30000 mingacha oila ajrimlari qayd etiladi.[2;21] Ajrimlarning sudlar orqali rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali amalga oshiriladigan turlaridan ko‘proqdir. Ajrim bo‘lgan oilalarning 70 foizi yosh oilalar bo‘lib, ularda o‘rtacha 2,5 ta bola chala yetim bo‘lib qoladi. Bu kabi noto‘liq oilalarda o‘ziga yarasha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar paydo bo‘ladiki, shu bois ham davlatimizda oila siyosatining mazmuni noto‘liq oilalar sonini kamaytirishga qaratilgandir. Bunda masalaning moddiy tomonidan ham uning ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko‘proq tashvishga soladi. Chunki bunday noto‘liq oilada onasi tarbiyasida qolgan farzandlar ma’naviy jihatdan o‘zlarini kamsitilgan his etib, bir umr otasi bilan bo‘lolmaganligidan armonda yashaydi. Beva bo‘lib qolish, ya’ni turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan noto‘liq bo‘lgan oila ham ko‘proq onaning farzandi bilan yolg‘iz qolishidir. Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oilanikidan farq qiladi. O‘zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o‘ziga xoslik qator tadqiqotlarda, jumladan, o‘zbekistonlik olima G.Yadgarova ishlarida alohida qayd etilgan [97]. Turmush o‘rtog‘idan birining o‘limi tufayli judolikka mahkum etilganlar oilasida ham o‘ziga xos munosabatlar shakllangan bo‘lib, ularda go‘yoki “arvoh” oilaviy jarayonlarning barchasida ishtirok etayotganga o‘xshaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlarida marhumning ruhini hurmat qilib, barcha oilaviy tadbir va marosimlarda ularning ruhlarini shod etuvchi duolar o‘qiladi, ular yaxshi gaplar bilan eslanadi. Bu farzandlar tarbiyasida muayyan ma’noda ijobiy rol o‘ynaydi. Aksariyat noto‘liq oilalarga xos bo‘lgan munosabatlar stili – bu “ona-bola” 42 munosabatlaridir. Chunki bunday oilada farzand uchun yagona yetakchi va parvarish qiluvchi inson ona hisoblanib, qolgan oila a’zolarining (masalan, onaning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlar) muayyan ta’siri bo‘lishiga qaramay, baribir yetakchi ta’sir onaniki bo‘lib qolaveradi. Psixologiyada “Ona-bola” o‘zaro munosabatlarining ko‘plab turlari qayd etilgan. Biz ularning orasida turlicha munosabatlarni o‘zida mujassam etgan S. Brodi variantini keltiramiz [85]. Ushbu variant eski bo‘lishiga qaramay, ko‘plab mualliflar uni o‘zlarining tipologiyalariga asos qilib qo‘llab keladilar. Jumladan, S. Brodi quyidagi munosabatlar tipologiyasini ajratadi: 1. Qo‘llab-quvvatlovchi, ruxsat beruvchi xulq-atvor. Bu tipli onalar farzandlarini oldindan biror harakatlarni mustaqil bajarishga majbur qilmaydilar, masalan, hojatga borishga qachon bolaning o‘zi yetilishini kutadi, so‘ngra bolaga ruhsat beriladi. Bu - olimning fikricha, bolada o‘ziga ishonch hissini tarbiyalaydi. 2. Bolaning ehtiyojlariga moslashish. Ona bola bilan muloqotda hamisha muayyan tanglikni his qiladi, uning ehtiyojiga moslashishga urinadi, lekin bu bilan baribir bolani ergashtirishga urinadi, undan ustunlik qilishga intiladi. 3. Mas’uliyatlilik va bolaga nisbatan qiziqishning yo‘qligi. Bunday sharoitda ona va bola o‘rtasida iliq munosabatlar deyarli namoyon bo‘lmaydi. Ona ko‘pincha bolasining har bir harakati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga moyil bo‘ladi, ayniqsa, ozodalik, saranjom-sarishtalik borasida bola doimiy nazoratda ushlanadi. 4. Izchillik mavjud bo‘lmagan xulq. Ona bolaning yoshi va ehtiyojlariga mos kelmaydigan ishlarni ko‘p qiladi, tez-tez adashadi, bolani tushunmaydi. Bunday xolat bolada o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni shakllantiradi. L.Kovar esa “ona-bola” munosabatlarining o‘ziga xos tomonlarini oilaviy o‘zaro munosabatlardan tashqariga olib chiquvchi holat sifatida ham qaraydi. [117] Bunday munosabatlar avvalo ota-onaning farzandiga nisbatan real munosabatidan 43 kelib chiqadi, ya’ni, qanchalik bola onaning jamiyatda tutgan o‘rniga ta’sir qiladi, uning professional o‘sishiga to‘g‘anoq bo‘lmaydimi? Agar ushbu savollarga javob onaning ijtimoiy mehnatda bandligi foydasiga hal bo‘lsa, u farzandidan tobora chetlay boshlaydi. Onaning mehri va e’tiboridan judo bo‘lgan bola esa o‘zgalar bilan muloqotdan qochadigan, turli xil jamoatchilik xulqiga zid haraktalarni qilishga moyil bo‘lib boraveradi. Boshqa onalar toifasi esa, bir qarashda o‘zini to‘la “bolaga baxshida etib”, tunu-kun u bilan shug‘ullanadi, amalda “ho‘jayin - qul” munosabatlari doirasida bolani aslida sevishi, uning mustaqilligiga rahna solishi mumkin, yoki bolaning aytganini bajo aylab, haddan tashqari erkalatishi hisobiga tobora uni har bir talab va injiqliklarini bajo keltiradigan “jazmanidek” rol o‘ynaydi. Oxirgi holatlarning hammasi ham aslida noto‘g‘ri psixologik maqom bo‘lib, onaning vaqti behuda o‘tishidan tashqari, bolani mustaqil fikrli, o‘z taqdiri uchun mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishiga halaqit beradi. Shu kabi ona – bola o‘zaro munosabatlarini maxsus tadqiqotlar doirasida o‘rgangan zamonaviy olimlar, afsuski, deyarli yo‘q ekan. Nisbatan yangi izlanishlardan biri rossiyalik olima Ye. Sokolovaning patopsixologik tadqiqotlariga aloqador bo‘lib, u o‘z izlanishlarida, amaliy psixologik maslahatxonalar faoliyati misolida “Ona - bola” munosabatlarini usluban farqlagan: “1. Hamkorlik. Ona va bolaning o‘zaro muloqotida bir-birini qo‘llab- quvvatlovchi fikrlar ustuvor bo‘ladi. Muloqot mobaynida bir-biriga yon bosish, egiluvchanlik (muloqotda yetakchi va yetaklanuvchi pozitsiyalari tez-tez o‘rin almashinadi) ko‘zga tashlanadi. Ona farzandini faollikka undaydi. 2. Yolg‘izlanish. Oilada hech qachon birgalikda qarorlar qabul qilinmaydi. Bola o‘zini oila a’zolaridan chetga tortib, yolg‘izlikka mahkum bo‘ladi, o‘z hissiy kechinmalari va fikrlari bilan ota-onasi bilan o‘rtoqlashmaydi. 3. Raqobat. Oilaviy muloqotdagi sheriklar ko‘pincha bir-birlariga qarshi turadilar, bir-birlarini tanqid qiladi, o‘zini ko‘rsatish va o‘z fikrlarini uqtirishga 44 harakat qiladi. 4.Soxta yoki yolg‘ondakam hamkorlik. Oila a’zolari baribir ko‘proq o‘z manfaatidan kelib chiqib muomala qiladi. Hamkorlikda qarorlar chiqarish jarayoni mohiyatan ishchanlik emas, balki qalbakiroq, o‘yinday sodir bo‘ladi. [49;56]. Ye. Sokolova ona bilan bolaning shu tarzdagi o‘zaro munosabtlaridan xulosalar chiqarib, onaning yoki farzandning qachon ustun bo‘lishi holatlariga e’tiborni qaratadi. Masalan, ona yetakchilik yoki ustunlik qilgan holatlarda u bolaning takliflarini, istaklarini rad qilaveradi, bola esa bu rad javoblarini qabul qiladi, shu orqali o‘zini rioya etuvchi, shu bilan birgalikda muhofazada deb his qiilishga o‘rganadi. Agar buning aksi bo‘lib, bola ustunlik qilgan oila sharoitlarida esa ona bolaning barcha injiqliklarini qabul qilaveradi, bu bilan o‘z kamchiliklarini oqlaydi, bolaning nochorligini tan olish orqali, o‘zini “qurbon” qilaveradi. Albatta noto‘liq oilada ko‘pincha otaning o‘rni bo‘lmasligini inobatga olgach, ayrim olimlar ona uchun er o‘rnini bosadigan bola bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni tahlil qiladilar. V.N. Drujininning yozishicha, er o‘rnini bosgan bola bo‘lgan oilada “ona o‘ziga nisbatan hamisha e’tibor, g‘amho‘rlikni talab qiladi, hamisha farzandi bilan birga bo‘lishni hoxlaydi, uning shaxsiy hayotiga taalluqli bo‘lgan hamma narsadan xabardor bo‘lishni istaydi, bolaning tengqurlari bilan bo‘ladigan aloqalarini imkon darajasida cheklaydi”[26]. Bundan tashqari, ajralishib ketgan er-xotinlarning farzandlari onasidan boshqacharoq munosabatlarni ham ko‘rishi mumkin, lekin psixolog olimlarning fikricha, ularning barchasida bola shaxsiyatini kamsituvchi, uning mustaqil bo‘lishiga halaqit beruvchi jihatlar mavjud. Oilalar tipologiyasi muammolari bilan, ma’lumki, sotsiologlar ham shug‘ullanadi. Masalan, rossiyalik sotsiolog olimlar, jumladan, Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling