Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


  A.I. Antonov oilaning quyidagi turlarini farqlaydilar. [98;13-24]


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

 


45 
A.I. Antonov oilaning quyidagi turlarini farqlaydilar. [98;13-24]
1. Nuklear oila – ota-ona va ularning farzandlaridan iborat faqat ikki avlodni 
birlashtirgan oila turi. Bu oila turi G‘arbda va boshqa rivojlangan davlatlarda eng 
ko‘p tarqalgan oila turidir. 
2. Kengaytirilgan nuklear oila o‘z tarkibiga nuklear oilani va uning yaqin 
qarindoshlarini (buvilar, buvalar, nabira, opa, singil, aka-ukalar va b.q.) hamda 
ularga yaqin bo‘lgan yana boshqa urug‘-aymoqlarni ham oladi. 
3. To‘liq oila deganda, ota va ona hamda ularning farzandlaridan iborat 
nuklear oilani nazarda tutiladi. 
4. Noto‘liq oila – ota-onalardan biri yo‘q bo‘lgan oila. Yana bir qo‘shimcha 
oila turi bo‘lib, u funksional jihatdan noto‘liq oila deb ataladi, bunda ota-onalar 
o‘zlarining professional bandliklari yoki uzoq muddatda oilada bo‘la olmasliklari 
sababli oila a’zolariga nihoyatda kam vaqt ajaratadi. 
5. Katta oila – bir makonda birgalikda yashaydigan qarindosh-urug‘larni 
ham tarkibiga olgan oila turi bo‘lib, unda yo patriarxal yoki matriarxal boshqaruv 
hukmron bo‘ladi. Ko‘proq agrar hududlarga xos bo‘lib, yagona yer-mulk, 
jonivorlar parvarishi sharoitida birgalikda ularni yuritish uchun qulay. 
6. Oila-hovli ham an’anaviy agrar ho‘jaliklarga xos oila turi bo‘lib, unda 
ham bir vaqtning o‘zida bir necha avlod vakillari birga yashayveradi. Bundan 
tashqari, bunday oilada qarindosh bo‘lmagan kimsalar (xizmatkorlar, yollanma 
ishchilar va b.q.) ham yashashi mumkin, shu orqali yagona ijtimoiy va iqtisodiy 
jamoaga asos solinadi. 
Oiladagi a’zolardan psixologik jinsiga ko‘ra kimning hukmronlik qilishiga 
ko‘ra ham oilalar farqlanadi: 

patriarxal oilada hukmronlik va yetakchilik erga xos bo‘ladi; 


46 

matriarxal oilada oila-ro‘zg‘or ishlarini to‘la ayol boshqaradi; 

egalitar oilada hokimiyat er va xotin o‘rtasida teng taqsimlangan 
bo‘ladi. 
Oxirgi oila turi AQSh va boshqa yetakchi G‘arb davlatlarida juda keng 
tarqalgan bo‘lib, olimlar, amerikaliklarning o‘zlari oila institutining barcha 
inqirozlarini ayni shu holat bilan bog‘lamoqdalar. Masalan, Amerika Qo‘shma 
Shtatlarining o‘zida oxirgi 30 yil mobaynida oila ajrimlari 15 barobarga oshib, bu 
dunyo miqyosida eng katta ko‘rsatkichdir . Shu ma’noda ayrim mutaxassislar 
an’anaviy oila turining afzalliklari ko‘p ekanligi borasida o‘z nuqtai nazarlarini 
bayon etmoqdalar. 
Lekin muammo yana noto‘liq oilaga kelib taqaladi. Yuqorida aytilganidek, 
oila turlari bo‘yicha necha yillar va asrlar mobaynida ilmiy izlanishlar olib 
borilmoqda, lekin to‘liq va noto‘liq oilada hozirgi zamonda ona ta’sirida bola 
taraqqiyotining qanday kechishi masalasi ming afsuski, aniq o‘rganilmagan. 
Noto‘liq oila turining psixologlar va pedagoglar orasida salbiy asoratlar 
bilangina tavsiflanishiga sabab, eng avvalo bunday muhit nafaqat bolaga, balki 
tashlab ketilgan yoki yaqin kishidan beva bo‘lib judo bo‘lgan ayol shaxsiga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay, ko‘plab mualliflar bu holat shaxsga 
bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar tufayli kelib chiqishini, taniqli shaxslar, buyuk 
adiblarning ko‘pchiligi ham to‘liq, ideal oilada tarbiya olmaganliklarini tan 
oladilar. Demak, masalaga bir tomonlama yondoshish mumkin emas. 
Ho‘sh, yolg‘iz ona qo‘lida qolgan sharoitda bolaning ongi va ruhiyatida 
qanday o‘zgarishlar kechadi? Bu savolga javob hamisha psixologlarni qiziqtirgan, 
chunki bunday oiladan chiqqan bolaga psixologik xizmat ko‘rsatish yoki u bilan 
psixologik-pedagogik korreksiya ishlarini olib borganda, ushbu qonuniyatlarni 
bilish zarur. 
Avvalo shuni ta’kidlash joizki, har doim ham bola otasidan (yoki onasidan) 


47 
ota-onalar ajralishgani, ya’ni rasmiy nikoh barbod bo‘lgani, oiladagi kattalar 
murosa qila olmaganliklari tufayli ro‘y bermaydi. Urush va inqiloblar, tabiiy 
ofatlar, jinoyatchilik, ota-onadan birining og‘ir xastalikka duchor bo‘lishi, ularning 
umuman hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyor emasliklari kabi turli holatlar 
ham bolani ikkala kattalarning jamiyatidan ajratishi ham mumkin. Ba’zan bolalar 
birdaniga ikkala ota va onadan judo bo‘lishi ham mumkin. Lekin gap ayni paytda 
bolaning ona qo‘lida, uning tarbiyasi ta’sirida qolishi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb 
etadi.
O‘tkazilgan ko‘plab psixologik tekshirishlar, kuzatuvlar va izlanishlar shuni 
tasdiqlaydiki, erdan ajralgan ona hayotining dastlabki paytida, ayniqsa, farzandi 
yosh bo‘lgan davrda unga juda katta e’tibor beradi, g‘amho‘rlik ko‘rsatadi, butun 
o‘zini unga bahshida etadi. Uni hissiy-emotsional tomondan qurshaydi, butun 
mehrini berganday bo‘ladi. Lekin kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ota yoki onasidan 
judo bo‘lgan bolalar boshqalariga nisbatan psixologik tomondan sekinroq 
rivojlanadi, somatik va psixologik xastaliklarga ko‘proq yo‘liqadi. Psixologlarning 
ta’kidlashlaricha, “otaning yo‘qligi onaning yo‘qligiga nisbatan bola taraqqiyotiga 
kamroq salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki ona bolani emotsional jihatdan barcha 
ehtiyojlarini qondira oladi”. Onaning oiladagi roli nihoyatda kuchayib ketganligi 
bois, onaning ruhiyatida asabiylashish, taranglik holatlari tez-tez kuzatila 
boshlaydi. Agar er va xotinning ajrashuvi bola kattaroq yoshda sodir bo‘lgan 
bo‘lsa, bola yanada ko‘proq aziyat chekadi. U (ayniqsa o‘g‘il bola bo‘lsa) nafaqat 
oilada o‘ziga o‘rnak bo‘luvchi shaxsni yo‘qotadi, balki tengqurlari jamiyatida 
ushbu xolatni tushuntira olmay, ruhan va ma’nan eziladi. Bu vaziyat albatta, ona va 
bola munosabatlarining silliq kechmasligini ta’minlaydi. Qolaversa, ota oilaning 
ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarini yechuvchi shaxs sifatida bo‘lgan bo‘lsa, endi 
bu vazifalar onaning yelkasiga tushganligi sababli, bora-bora uning o‘z farzandi 
bilan to‘laqonli muloqotda bo‘lishi uchun vaqti ham kamayib boradi, bu ham 
bolada o‘ziga xos nevroz holatini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, bu holat bola 


48 
o‘smirlik davriga kirganda ko‘proq seziladi, chunki ijtimoiy foydali mehnat bilan 
band ona farzandini bilimlar, kasb-hunarlar olamiga to‘g‘ri olib kirishga imkon 
topmaydi. Bizning fikrimizcha, otasidan ko‘ngli qolgan ona farzandini otasi izidan 
borishiga yo‘l bermaydi ham, vaholangki, unda otaning professional layoqati 
bo‘lishi mumkin. Masalan, otasi usta hunarmand yoki mohir biznesmen bo‘lgan 
bo‘lsa, ona bolasiga bu hunar bilan shug‘ullanishni ma’n qiladi: “Otang qilgan 
ishni qilmaysan, sen yurist bo‘lasan, otangga bir ko‘rsatasan o‘zingni..” qabilida. 
Bunday qasoskorlik ruhidagi yo‘llanmalar bola ruhiyatini ezishidan tashqari, uni 
katta hayotda adashishga, o‘zi xohlamagan kasb-hunarni tanlab qo‘yib, keyin 
afsuslanib yurishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Shu o‘rinda ajrimlarning ham turlicha bo‘lishini ta’kidlash joiz. Masalan, er 
bilan xotin o‘zaro kelisholmay qolib, farzandi bo‘lsa, sud orqali ajrashib ketishadi. 
Lekin psixologiyada “affektiv ajralish” tushunchasi ham borki, uning bola 
ruhiyatiga ta’siri yuridik ajralishdan asoratliroq va og‘irroq hisoblanadi. Bunday 
ajralishning psixologik mohiyati shundaki, ba’zan qonuniy jihatdan birga 
yashayotgan er-xotinlarda ham shunday holat kuzatiladi, ular bir-birlari bilan 
oylab, yillab gaplashmay, bir-birlariga dushmanday yashaydilar. Yoki yuridik 
jihatdan ajrimni rasmiylashtirganlaridan keyin ham bir-birlariga nisbatan nafrat 
bilan yashaydilarki, ularning ba’zan farzand tufayli yoki mol-mulk musodarasi 
tufayli uchrashuvlaridan bola juda katta psixologik jarohat oladi. Bir-biriga yov 
qarash qiladigan, tuhmat qiladigan, shaxsini kamsitadigan holatlarni bola biladi va 
sezgan sari o‘zini o‘ta baxtsiz va nochor his etadi. Ayniqsa, ayrim erkaklar affektiv 
ajrim sharoitida boshqa ayol bilan norasmiy yashashi xolatlari, jamiyatda, boshqa 
odamlar orasida o‘zini boshqacha (sipo, samimiy) tutib, oilada onasi bilan agressiv 
tutishi bola ruhiyatini jumbushga keltiradi va unda kelajak, oilaviy hayot, turmush 
va istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlarini batamom o‘zgartirib, affektiv ustanovkalar 
shakllanishiga olib keladi. 
To‘g‘ri, hayotda ba’zan ayrim vaziyatlarga ko‘ra, ortiq birga yashay 


49 
olmaydigan holat tug‘ilib, erkak va ayol ongli ravishda ajralishib ketishi ham 
mumkin. Masalan, ba’zi holatlarda erkakning yoki ayolning boshqa bir insonni 
chin dildan sevib qolishi, o‘rtada anglashilmovchilik, tasodifiy hiyonat tufayli bir-
birini kechira olmaslik kabilar bo‘lganda, er va xotin o‘zaro kelishib, bir-biridan 
uzr so‘ragan holda, demokratik tarzda ajralishlari ham kuzatiladi. Bu holatda 
ikkalasi ham bola ko‘z o‘ngida o‘zaro hurmatli, izzatli shaxslar sifatida 
farzandlariga vaziyatni tushuntirishga, hamisha ko‘rishib turish imkoniyatlarini 
bayon etib, bola roziligini ham oladilar. Bu holatda ajrimda affektivlilik 
elementlari bo‘lmaganligi sababli, bola vaziyatga ko‘nikadi, uni tabiiy qabul qiladi, 
nevroz holatini kamroq his etadi. Ajrim holati farzandi o‘smirlik va ilk o‘spirinlik 
yoshiga yetganda sodir bo‘lganda ota-onalar imkon darajada bolaga psixologik 
jarohat bermaslik maqsadida ana shunday yaxshiroq yo‘lni tutishga majburlar. 
Shunday qilib, pedagogik va psixologik nuqtai nazaridan yondoshilgan 
holda oila hususiyatini o‘rganilganda quyidagilar inobatga olinadi: 
 oilada yetakchi maqomida qolgan shaxsning (onaning, otaning, ba’zi 
holatlarda buvilarning) psixologik hususiyatlari; 
 oilani idrok qilgan boladagi psixologik va psixopatologik hususiyatlarning 
o‘ziga xosligi; 
 oilaning to‘liq yoki noto‘liqligidan kelib chiqqan holda bolaning turli 
tashqi muhit, xususan, ijtimoiy omillar ta’sirini qabul qilishi hususiyatlari
tengqurlar jamiyatidagi maqomi va o‘rni;
 oilada bolaning turlicha salbiy xatti-harakatlariga oilaning boshqa 
a’zolari, birinchi navbatda, onaning ruhiy holatida aks etishi; 
 oila a’zolariga aniq psixologik yordam berishi lozim bo‘lgan pedagoglar, 
murabbiylar va amaliyotchi psixologlar va bolalar psixiatrining bevosita aralashuvi 
qay tarzda kechishi va hokazolar. 
O‘tkazilgan nazariy tahlilimizdan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, 
noto‘liq oilada tarbiyalangan bolaning jamiyatdagi ijtimoiy psixologik mavqei 


50 
hamda ijtimoiy tasavvurlari tizimi o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Bu ta’lim 
va tarbiya muassasalarida ular bilan ishlaydigan pedagog hamda murabbiylar 
faoliyatiga ham muayyan ta’sirini ko‘rsatadi.
A.Xarchev, 
S.M.Golod, 
I.Prokopen, 
L.Gozman, 
Yu.Aleshina 
va 
boshqalarning 80-90 yillarda o‘tkazgan qator tadqiqotlarida noto‘liq oilalar turini 
birinchi navbatda o‘qimishli ayolning jamiyatdagi mavqeining o‘zgarishi, 
professional faoliyatdagi nufuzining ortishi bilan bog‘lashgan. O‘z yelkasiga ikki 
tomonlama “yukni” olgan ayol - ona oiladagi an’anaviy rollarini to‘laqonli bajara 
olmaganligi sababli, oilaviy munosabatlar taranglashmoqda va “oila”, “farzand” 
tushunchalari o‘zining qadrini yo‘qotib bormoqda. Noto‘liq oilalar muammosini 
birinchi navbatda ishlaydigan onadagi rollar nizosi bilan bog‘lab, “rollar 
to‘qnashuvi qanchalik ayol tomonidan e’tiborga olinmasa, uning boshqa sohalarda 
o‘z yutuqlarini baholashi shunchalik yuqori bo‘ladi, oila tashqarisida yaxshi 
yutuqlarni qo‘lga kiritib, yuqori mavqelarga erishayotgan ayolni oiladagi o‘z 
burchlarini qanday darajada amalga oshirayotganligi unchalik qiziqtirmaydi yoki 
bo‘lmasa, oilaviy muammolardan u o‘zini uzoqroq olib yurishga harakat qiladi”. 
[99;43-44]. Yu.Alyoshina ana shunday rolli nizolar yuqori va past bo‘lgan 
ayollarning o‘zini va oiladagi o‘z o‘rnini idrok qilishida sezilarli farq bo‘lishi 
mumkinligini ham aniqlagan A.I.Ushatikov [57;152], to‘liq va noto‘liq oilalaradagi 
jinslararo farqlar, ularning bola tarbiyasiga ta’sirini o‘rganib, shunday xulosaga 
kelganki, oilaviy majarolar o‘g‘il va qiz bolalarga bir xil ta’sir qilmaydi, o‘g‘il 
bolalarda oilaviy nizolar va oilaning bo‘linib ketishi ko‘proq salbiy xatti-
harakatlarni keltirib chiqarishi aniqlandi
O‘tgan asrning 80-chi yillarida N.Yershova [106], S.Radvanova [122], 
N.Dunovski [105], Ya.Koluxova [110], Z.Mateychek [119], Z.Marova [118] va 
boshqa qator mualliflar tomonidan chiqarilgan ilmiy maqola va kitoblarda ham 
noto‘liq oilalarda bola tarbiyasining psixologik asoslari to‘g‘risida turlicha fikrlar 
berilgan. Adabiyotlar tahlilidan aynan shu yillarda oilaviy ajrimlar ko‘p bo‘lgani, 


51 
noto‘liq oilalar soni oshganligini ham xulosa qilishimiz mumkin. Ularni 
umumlashtirib shuni ta’kidlash mumkinki, noto‘liq oilada tarbiya topayotgan 
bolaning psixikasi to‘liq oiladagilarnikidan baribir farq qiladi. O‘tkazilgan 
sotsiologik so‘rovlar va eksperimental ishlarda qo‘lga kiritilgan natijalar bu fikrni 
nafaqat asoslaydi, balki noto‘liq oilada qanchalik shart-sharoit yaxshi bo‘lmasin, 
ota yoki yolg‘iz ona, buvilar bolaga g‘amho‘rlik qilmasinlar, bolaning 
ijtimoiylashuvi jarayoni, uning aqliy va irodaviy sifatlarida ma’lum o‘ziga 
xosliklar kuzatilishi qayd etildi. To‘g‘ri, Rossiyada olingan ma’lumotlar to‘la 
ma’noda bizning sharoitlar uchun ham taalluqli, deb bo‘lmasa-da, ular o‘tkazgan 
tadqiqotlardagi to‘liq va noto‘liq oilalarda tarbiyalanyotgan bola ijtimoiylashuvi va 
unda shaxs sifatlarining kamol topishi borasidagi tadqiqotlari e’tiborga loyiq. 
Ma’lumki, oila shaxsning ijtimoiy muhit ta’sirlarini o‘zida mujassam etish, bu 
ta’sir natijasida shakllanadigan insoniy sifatlarning namoyon bo‘lishi uchun eng 
qulay, maqbul ijtimoiy institutlardan hisoblanadi. Shaxsda biz kundalik hayotda 
ko‘radigan sifatlarning aksariyati aynan oila muhitida, oiladagi shaxslararo 
munosabatlar tizimida shakllanadi, kamol topadi. Shu nuqtai nazardan olib 
qaralganda, oilaning to‘liq yoki noto‘liqligi hususiyati shaxs ijtimoiylashuvi 
jarayoniga qanday ta’sir qilishini o‘rganish ilmiy nuqtai nazardan ahamiyatga 
molik masaladir. 
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlar olimlar 
tomonidan asosan ikki xil shaklda kechishi ta’kidlanadi. Birinchisida o‘zaro 
munosabatlarda yaqinlik, yaxshilik kabi ijobiy xislatlar yuqori darajada, 
ikkinchisida, qattiqqo‘llik va jazolash. 
G‘arb mamlakatlarida, shuningdek Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiyada 
o‘tkazilgan oilaviy munosabatlar borasidagi tadqiqotlardan biz shunday xulosa 
chiqardikki, bu tadqiqotlarda noto‘liq oila va uning o‘ziga xos tomonlarini ijtimoiy 
psixologik jihatdan o‘rganishga qaratilgan maxsus izlanishlar juda kam. Bu 
izlanishlar ko‘proq oiladagi shaxslararo munosabatlarning buzilishi, “tarbiyasi 


52 
og‘ir bola” kategoriyasining paydo bo‘lishi hamda oilada ota yoki onaning o‘z 
funksiyalarini qay tarzda bajarishlari doirasida o‘rganiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling