Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

Xushomadgo‘ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha 
oila a’zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o‘zini yerga urib bo‘lsa-da, 
o‘zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o‘zini hamisha o‘ta kamtar tutishga 
urishni nazarda tutadi. 

Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o‘rgataverish, tanqid va 
nazorat qilish, faqat o‘zidan kuchli odam oldidagina biroz o‘zini jilovlash bilan 
bog‘liq kommunikativ harakatlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar 
go‘yoki bir birini to‘ldiradi. 

Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko‘ra odam hamisha 
va har qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday 
odam adashmay, doimo “to‘g‘ri, benuqson” bo‘lishga intiladi. Shuning uchun 
bunday insonning harakatlari doimo sun’iyday, his-tuyg‘ulari esa mazmunsiz
doimo tazyiq ostiga olinganday bo‘ladi. 

Chetlashtirilgan muomala uslubi o‘zini nima qilib bo‘lsa-da 
o‘zgalardan uzoqda, muayyan masofada tutish, odamoviday boshqalarning 
nazaridan ham, ularning ta’siridan ham o‘zini tortishga intilish bilan bilan 
tavsiflanadi (masalan, bizda odatda yangi kelinchak o‘zini ana shunday tutadi. 
Ta’kid : G.Yu.). 

Yetuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o‘z oila a’zolari 
bilan to‘g‘ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo‘ladi. Bunday odam 
o‘zining barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs 


38 
ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U gapirishni 
ham maromida eplaydi, o‘zgalarni tinglashni ham biladi, shu sababli, unga 
qandaydir kommunikativ to‘siqlar xatarli emas. 
Psixoterapevtik amaliyotda V.Satir K. Rojers kabi barcha muomala 
uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga 
alohida e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a’zosini o‘z 
tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o‘rgatishdir. Masalan, 
oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “Yakshanba 
kunlari hamma to‘planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga 
hech kim xalaqit bermaydi”, “Maktab harajatlari uchun bolalarga muayyan 
miqdorda pul beriladi” va hokazo. 
Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham 
mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. 
Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko‘tarilmasligi yoki 
ma’lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etilmasligida ko‘rinadi. Masalan, 
otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, 
bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo‘lib qolgani, 
kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yashamayotganligi, otaning 
spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganligi kabilar odatda oila a’zolari to‘plangan paytda 
ochiq muhokama qilinmaydi. Chunki rasman taomil bo‘yicha bunday holatlarga 
bevosita bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo‘lmaydi, shuning uchun ularda shu 
kabi salbiy tajriba paydo bo‘lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama 
qilinmaydi. 
Oila eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo‘lib, unga yoshga oid qonuniyatlar 
xosdir. Chunki oila a’zolari yillar o‘tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, 
keksayadi, shu bois ham oila doimiy o‘zgarish va rivojlanishlarni boshidan 
kechiradi. 
Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo‘lib, uni eng avvalo 


39 
alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o‘z xohish-istaklari, ehtiyojlari, 
hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila a’zolari esa 
oilaga kirishib, qo‘shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. 
Oilaning ayrim a’zolari butun vujudi, borlig‘i bilan oilaviy hayotga uyg‘unlashib 
ketgan bo‘lsa, boshqalari uning tarkibiga keyinchalik kirib keladi, (masalan, 
asrandi bola, kelin, kuyov va hokazo), uy bekasi oilaning “katta onasi” bo‘lsa, 
yangi tushgan kelinchak ikkinchi xil oila a’zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila 
a’zolari uning psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o‘z 
hissasini qo‘shadi, faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat 
yaxshilikni, barqarorlikni o‘ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma’lumotlar, 
“o‘ziga xos havo” olib kirish yo‘li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi. Bunda 
albatta, asosiy rolni ota-onalar o‘ynaydi, shu bois ushbu tizim olimlar e’tiborini 
o‘ziga tortadi. O‘zbekiston sharoitida va umuman Sharq xalqlari uchun bu jihat 
o‘ta muhimdir. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling