Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

R.J. Muxamedraximov (1998) o‘z tadqiqotlarida “xavfsiz bog‘liqlik” 
atamasini ishlatadi. Bunda ona-bola munosabatlari juda tekis, ravon, bir-biriga 
monand, samimiy kechadi. Oila muhitida, yaxshi ijobiy munosabatlar doirasida 
kechgan bog‘liklik bilan ota-onasiz o‘sgan yetimxonadagi bolalardagi bog‘liqlik 
o‘rganilganda, ayni xavfsiz bog‘liqlik borasida ular o‘rtasida katta tafovut borligi 
isbotlangan.
20
O‘zbekistonlik olimlar uchun oilaviy munosabatlarning eng ta’sirli, jozibali 
va ilmiy jihatdan ahamiyatli bo‘lagi – bu “ota-ona – bola” munosabatlari tizimidir. 
Ayniqsa, ona bilan farzand munosabatlari ko‘plab izlanishlarda maxsus ravishda 
o‘rganilgan. Chunki onaning farzandga munosabatining muhimligi shu bilan 
izohlanadiki, onaning farzandiga bo‘lgan ilk munosabatlari, dastlabki muloqotlar 
bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini belgilaydi va o‘z navbatida aynna 
shu munosabatlar onaning xulq-atvorini shakllantiradi. Professor V. Karimova 
o‘zining “Oila psixologiyasi” (2008) kitobida onaning bolasi bilan psixologik 
yaqinligi va onalik deprivatsiyasi haqida yozar ekan, “Bola tug‘ilishining dastlabki 
onlarida ona va bola o‘zaro hissan va psixologik jihatdan bog‘langan bo‘lib, 
ikkalasi bir tan, bir vujud hisoblanadi. Shu bois ularning munosabatlarida 
simbiotiklik (bir xillik, qo‘shilib ketganlik, yaxlitlik) bo‘ladi. Bola ulg‘ayib, katta 
bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi masofa, psixologik distansiya ortib boraveradi, 
simbioz munosabatlar aqliy-kognitiv munosabatlar shaklidagi psixologik 
20
Авдеева Н.Н., Хаймовская Н.А. Зависимость типа привязанности ребенка к взрослому от 
особенностей их взаимодействия (в семье и Доме ребенка) // Психологический журнал. – М.: 1999. – Т. 20. – 
№ 1. – С.


68 
aloqalarga aylanib ketaveradi
21
”. Onalik deprivatsiyasi esa alohida fenomen bo‘lib, 
u “ ... ochiq (agar ona o‘z onalik burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo‘lsa) va 
yashirin (boladan yashirin voz kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli 
bolaga yaqin kela olmaslik holatlarida) bo‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola 
taraqqiyoti uchun nihoyatda salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda 
bola hattoki, nobud ham bo‘ladi. Masalan, chaqaloq tug‘ilgach, xasta bo‘lgani 
uchun uning uzoq vaqt mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik 
deprevatsiyasiga sabab bo‘ladi. Bu orada unda onalik mehri uyg‘onmaydi, u yangi 
chaqaloqqa befarq bo‘lib qoladi. Buning oqibatlari qanchalik og‘ir bo‘lishi onaning 
yoshiga va ayriliqning muddatiga bog‘liq. Agar shunga o‘xshash holatni boshidan 
kechigan ona juda yosh bo‘lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar 
qoladi, u o‘z xulq-atvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, 
hattoki, o‘z joniga qasd qilishga ham moyilligi yuqori bo‘lib voyaga yetadi.
22
” Biz 
tanlagan mavzuda ko‘pchilik o‘smirlar aksincha, onasi bilan birga yashaydi, lekin 
uning oqibati – bola xulqidagi deviantlikdir. 
Zero, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oila a’zolaridan birining xulqidagi 
buzilishlar butun oilaning yoki undagi alohida kichik tizimlarning disfunksional 
rivojlanishiga olib keladi. Bizning holatda, bola xulqidagi deviantlik onaga, va 
aksincha, onaning tarbiya metodlaridagi xatoliklari bola xulqiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi, degan tamoyilni keltirib chiqaradi. Muhimi, ikkala holatda ham ijtimoiy 
psixologiya ta’biri bilan aytganda, oiladagi jipslik yo‘qoladi, munosabatlardagi 
garmoniya buziladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling