Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

mehrsizlik bo‘lgan oilada bolaning tasavvuri quyidagicha bo‘ladi: “Meni 
yoqtirishmaydi, lekin men o‘zim harakat qilib, ularga yaqinlashishim kerak”. “Men 
yaxshi bola emasman”, degan tasavvur odatda bolada qator jiddiy salbiy 
sifatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, o‘ziga bo‘lgan bahoning 
pastligi, o‘zini aybdor deb hisoblashning yuqoriligi, ko‘p narsalardan hadiksirash, 
ayb ish qilib qo‘yishdan cho‘chish, kayfiyatning beqarorligi va shunga o‘xshash. 
Bunday oilada ma’naviy muhit yaxshi bo‘lmaganligi sababli bola salga 
yig‘laydigan, “qo‘rqqan oldin musht ko‘taradi”, deganlariday, har bir yaxshi yoki 
yomon ishni qilib qo‘yib, o‘zini oqlashga intilish psixologiyasi paydo bo‘ladi. 
Aslida bola o‘zining kutilmagan ekanligini, ota-onalari uni vaziyat taqozosi
tasodif tufayli dunyoga keltirishganligini yaxshi biladi. Chunki bu haqda ota-onalar 
uning oldida gapiraveradilar. 

Ota-ona mehriga to‘ymagan, unga erisholmagan bola salbiy hissiy 
kechinmalarning keyingi bosqichiga o‘tadi: “Sizlar meni xafa qilyapsizlar, men 
ham shunga munosib javob beraman”. Bunday sharoitda bola ataylab, ota-onasiga 
yoqmaydigan qiliqlar qiladi, aytganlarining teskarisini bajaradi, tobora ota-ona 


66 
uchun ham u bilan bo‘ladigan muloqotlar og‘ir botadigan bo‘lib boradi. Qasoskor 
bola ko‘pincha ota-ona talablarining teskarini qilib, ularning asabiga tegadigan, 
boshqarib bo‘lmaydigan qaysar va ko‘pincha jinoyat yo‘liga ham kirib ketadigan 
insonga aylanadi. 
Ba’zan ota-ona mehrsizligidan aziyat chekkan bola kurashib charchaydi: 
“Meni sevishmaydi, kerak emasman, meni tinch qo‘yinglar”, degan ma’noda bola 
o‘z nochorligini ifodalay boshlaydi. Bunday oiladagi vaziyat juda og‘ir bo‘lib, bola 
o‘zini yolg‘izlikka mahkum etadi, hammadan qochadi, o‘smirlar o‘rtasida sodir 
bo‘ladigan suitsid holatlarining aksariyati ana shu psixologik vaziyatdan kelib 
chiqadi.(130-132) 
Agar ota va ona tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik doimiy va 
samimiylik kasb etsa, bu E.Erikson
19
ta’biri bilan aytganda, “mutloq ishonch” 
(bazalnoe doverie)ga asos bo‘ladi. Ya’ni, haqiqiy, g‘amxo‘r ona bolasining ayni 
paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his etib, o‘sha zahoti qondirishga harakat 
qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa – ko‘krak suti, peshob qistaganda, to‘sish 
kabi ishlarni o‘z vaqtida bajarib boradi. Onaning bola ehtiyojlarini shu kabi aniq 
bilib, o‘z vaqtida mehr ko‘rsatishi ba’zan intuitiv tarzda kechsa, ba’zan ona o‘zini 
bola bilan identifikatsiya qiladi, ya’ni, o‘zini uning o‘rniga qo‘yish orqali, uning 
talab-istaklarini sezganday bo‘ladi, “vujudi bilan his etadi”. Bunday his qilishlar 
odatda ona tomonidan aniq anglanmaydi, lekin, tabiiiyki, onaning kechinmalari va 
sezishlari to‘g‘ri chiqadi. Lekin ba’zan pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan 
bolaning holati haqida fikrlashganda ayrim hollarda o‘zining intuitiv qarorlari 
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini anglab qoladi. 
Tan-vujud bilan ona va bolaning yaxlitligi o‘ziga xos hissiyot bo‘lib, u 
ko‘pincha “xolding” (inglizcha “tutish”, “ushlash” so‘zidan olingan) tajribasidan 
kelib chiqadi. Ya’ni, ona o‘z bolasini qo‘lida ushlab, badani badaniga tekkanda his 
qiladigan kechinmalari orqali boladagi o‘zgarishlarni tuyadi, his qiladi. Vinnikott 
19
Эриксон Э. Детство и общество. – Обнинск, 1993 


67 
degan olimning fikricha, “xolding” tajribasi yaxshi bo‘lmagan onalarning shaxsiy 
muammolari ko‘p bo‘lib, ular bolani qo‘lida ushlaganda ham deyarli hech nimani 
his etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyinchalik ixtiyoriy psixik funksiyalar 
rivojida muayyan muammolar bo‘lishi mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda 
diqqatni bir narsaga to‘plash, ixtiyor holda u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish, 
mantiqiy fikrlash va shunga o‘xshash. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling