1
Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining
ijtimoiy- psixologik muammolari.
Annotatsiya:
Dissertatsiyaning
kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining
dolzarbligi va zarurati asoslangan,
tadqiqotning ob’ekti
va predmeti
aniqlashtirilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilangan, tadqiqotning
farazlari
yoritilgan, tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili, qo’llanilgan
metodlar, tadqiqotda olingan natijalarning ilmiy yangiligi,
nazariy va amaliy
ahamiyati, dissertatsion ishning tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “
Ijtimoiy psixologiyada oiladagi ota-ona, farzand
munosabatlarini muammosini nazariy asoslari”. deb nomlangan birinchi bobida
Sharq mutafakkirlarini oiladagi er-xotin munosabatlarini farzand tarbiyasiga ta’siri
to’g’risidagi ilmiy qarashlari hamda O’zbekistonlik psixolog olimlarni oilada, ota-
ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy-psixologik
muammolari mavzusidagi
ilmiy -tadqiqot ishlari tahlil qilingan.
Dissertasiyaning
“Oiladagi konstruktiv va destruktiv munosabatlar
muammosini o’rganishning ilmiy asoslari”. deb nomlangan ikkinchi bobida
xorij olimlari tomonidan oiladagi konstruktiv va
destruktiv munosabatlarni
o‘rganish an’analari, er va xotin o‘zaro munosabatlarining farzandlar ijtimoiy -
psixologik maqomiga ta’sirini o‘rganish natijalari,
oiladagi sibling maqomining
bola va kattalar munosabatiga ta’siri bayon qilngan.
Dissertatsiyaning “
Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy-
psixologik muammolarini tadqiqiy natijalari”. deb nomlangan uchinchi bobida
oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolarini
ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlashning tajriba-sinov
ishlarini tashkil etish va