Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111
Bob yuzasidan xulosalar Oila muhitida, ota-onaning bevosita ta’sirida bolalarda kelajak istiqbol, oilaparvarlik sifatlari va oilaviy qadriyatlarga oid ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishining ijtimoiy -psixologik mexanizmlari va omillarini o‘rganish maqsadida o‘tkazgan nazariy tahlillarimiz bizga quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi: 1.Oilaviy munosabatlar ta’sirida farzandlarda oilaparvarlik ustanovkalari, ijtimoiy tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari hamda mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus eksperimental va empirik tadqiqotlar yetarli emas. 2.Oila, undagi o‘zaro munosabatlar, er-xotin munosabatlarining oilaviy muhitga ta’siri, boladagi oilaviy qadriyatga oid ijtimoiy tasavvurlarga bag‘ishlangan Sharq allomalarining fikrlari, xorijlik hamda yurtimiz psixologlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar mavjud bo‘lib, ular bizga metodologik tamoyillarni belgilashga yordam beradi. Zero, ularda turli tasnifli oila muhitida ustuvor qadriyatlar va ularning o‘smirlik va ilk o‘spirinlik yoshdagi bola ijtimoiy tasavvurlarida aks etishiga oid ma’lumotlar qisman bo‘lsada mavjuddir. 3.O‘smirlik va ilk o‘spirinlik davrlarda oilaviy qadriyatlarga oid tasavvurlar va ijobiy ustanovkalar oiladagi o‘zaro munosabatlardan tashqari unda ustuvor bo‘lgan urf-odatlar, an’analar, rasm-rusmlar hamda bilimdonlikka bo‘lgan ijobiy munosabatga bevosita bog‘liqdir. To‘g‘ri tasavvurlar, oilaga va uning 32 qadriyatlariga nisbatan ijobiy ustanovka bo‘lishi uchun eng avvalo har bir oilada bolada ishonch tuyg‘usini uyg‘otgan bilim, tushuncha va tasavvurlar majmui bo‘lishi lozimki, ular o‘z navbatida oiladagi kattalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaridagi ijobiylik, ota-ona avtoriteti, obro‘si negizida mustahkamlanib turishi lozim. Lekin taqdir taqozosi bilan farzand tarbiyasi bilan ota-onalardan birortasi, ko‘p holatlarda otaning shug‘ullana olmaganligi vaji sababli oiladagi qadriyatlar tizimi o‘zgacha bo‘ladiki, bu holatning farzand tomonidan qanday tarzda idrok qilinishini o‘rganish amaliy ahamiyatga egadir. Biz aynan shu muammoni o‘rganish bo‘yicha qanday xulosalar olganligimiz va o‘tkazgan tadqiqotimiz natijalarini keyingi boblarda keltiramiz. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling