Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

1.2.O‘zbekistonlik 
olimlarning 
tadqiqotlarida 
oilaviy 
munosabatlar 
muammosining o‘rganilishi
O‘zbekistonda oila va nikoh muammolari davlat ahamiyatiga molik masala 
sifatida qaralgani bois ko‘plab tadqiqotchi-psixologlar ushbu yo‘nalishda ilmiy
izlanishlar olib borganlar va bormoqdalar. O‘zbek oilasining etnopsixologik 
muammolari, ularda milliy udumlar, qadriyatlarning bola tarbiyasiga ta’siri 
masalasi M.Davletshin, E.G‘oziev, G‘.Shoumarov, B.Qodirov, V.Karimova, N. 
Safoev, B.Umarov, X.Karimov, N.Sog‘inov, M.Rasuleva, M.Umarova, O, 
Abdusattorova, 
H.Haydarova, 
F.Akramova, 
N.Salaeva, 
M.Salaeva 
va 
boshqalarning ilmiy ishlarida o‘rganilgan. 
O‘zbekistonlik tadqiqotchilarning e’tibori, avvalo oilaning ijtimoiylashuv 
instituti sifatida insonning ruhiy kamolotida tutgan o‘rnini tekshirishga qaratiladi. 
Jumladan, “Oila psixologiyasi” kitobida V. Karimova, jumladan shunday yozadi: 
“Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida 
birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, 
o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama 
yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga 
o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli 


23 
bo‘lish, muomalada axloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik 
jihatdan tayyorlaydi” [31; 170]. 
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning farzand ijtimoiylashuviga ta’sirida ota-
onaning bevosita rolini ta’kidlar ekan, muallif oila to‘liqligining ahamiyatiga 
e’tiborni qaratadi: “Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to‘liq 
bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-totuvlikda yashashlari va unda 
normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning 
har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo‘lib 
yetishiga imkon beradi. Bolaga ham otani ham onaning bo‘lishining zarurati shu 
bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab, 
o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona 
bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, 
o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab 
boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga 
munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish 
mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib 
borsa, otasi va uning oiladagi mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda 
tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish 
lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik 
qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy ijtimoiylashuvining yetakchi 
tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, 
jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila 
muhiti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli sadoqatli 
bo‘lishlari o‘ta muhimdir”[31; 64-65]. Biz olimaning fikrlariga qo‘shilgan holda, 
konkret vaziyat va holatlarda, ya’ni taqdir taqozosi bilan otasidan alohida 
yashashga majbur bo‘lgan bolalarga yolg‘iz onaning ta’sirini o‘rganish ularning 
istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlari tizimi qanday tarzda ta’sir ko‘rsatishini alohida 
tadqiqot predmeti sifatida tadqiq etilishi lozimligini ta’kidlaymiz. 


24 
O‘zbekistonda oila muammolariga qanchalik ko‘p e’tibor qaratilsa, 
muammoli, notinch va noqobil oilalar masalasiga ham shu qadar e’tibor berilib, 
ularni 
kamaytirishning 
chora-tadbirlari 
ko‘riladi. Oila tiplari, ularning 
mamlakatimiz sharoitida qanday namoyon bo‘lishi bizda kam o‘rganilgan. Oila 
psixologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mustaqillik yillarida juda ko‘plab 
amalga oshirilmoqda, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olim va 
tadqiqotchilari bu yo‘nalishda tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Lekin 
ijtimoiy psixologiya bo‘yicha faqat turli tasnifdagi oilada tarbiyalanayotgan 
bolalarning istiqboldagi ijtimoiy tasavvurlari masalasiga bag‘ishlangan ishlar 
sanoqli.
Oilaviy nizolar, er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar o‘smir va ilk 
o‘spirinlik yoshidagi bolalar psixologiyasiga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularda 
qadriyatlar tizimi shakllanishiga ma’naviy to‘siq ekanligini O‘zbekistonlik 
psixologlarning ko‘plab ishlarida isbotlaganlar (G‘. Shoumarov, 1993; B. Qodirov, 
1993, X. Karimov, 1994, F. Ro‘ziqulov, 2002, B. Umarov, 2008 va b.). 
Masalan, E.G‘.G‘oziev boshchiligida O‘zbekiston Milliy universitetida 
amalga oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqotlarda oilada bola tarbiyasining 
etnopsixologik hususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan va oilaviy 
udumlar, rasm-rusmlar, bola ongiga bolalikdan singdiriladigan qadriyatlarga 
e’tibor qaratilgan [134]. “O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni, tarbiyaning 
kundalik va istiqbol rejalari: bolalarga ta’sir o‘tkazish vositalarini tanlash va undan 
unumli foydalanish o‘ziga xos hususiyatlarga ega, chunki uning asosida xalq 
an’analari yotadi. O‘zbek xalqining etnopsixologiyasidan unumli foydalanish har 
tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi” - 
deb ta’kidlaydi E.G‘oziev [134; 8-9]. 
E.G‘ozievning shogirdlari va hamkasblari bilan o‘tkazgan etnopsixologik 
tadqiqotlarida o‘zbek oilasida bola tarbiyasini tashkil etishga qaratilgan konkret 
qonunlar ham ishlab chiqilgan. Masalan, E. G‘oziev o‘zbek oilasida an’ana bo‘lib 


25 
hisoblangan otaning mavqeini tushirmaslik, uning ta’sir kuchidan bola tarbiyasida 
oqilona foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Tekshirishlar natijasida u otasiz 
oilalardagi muammolarga diqqatni qaratadi.
Yoshlar tarbiyasiga o‘zbek oilasining ta’siri masalasi G‘. Shoumarov va Ye. 
Morshininalar ishlarida ham o‘rganilgan. Ular yoshlarni oilaga tayyorlashda, yosh 
oilalarning paydo bo‘lishida hanuzgacha kattalarning roli sezilarli ekanligini, 
milliy psixologiya nuqtai nazaridan bu - qator ijobiy tomonlarga ega ekanligini 
isbotlagan. Bunda rus oilalarni o‘zbek oilalariga taqqoslab tahlil etilgan: “... milliy 
oilalarda o‘g‘il va qiz burchini bajarishga qaratilgan ustanovkalar ham kuchli 
bo‘lishi an’anaviy tarbiya usullari bilan uzviy bog‘liqdir” [133; 161-169]. 
Ushbu yo‘nalishdagi boshqa tadqiqotlar (F. Abduraxmonov, Sh. 
Do‘stmuhamedova, M. Rasuleva, O. Bo‘rieva, T. Hasanov, F. Akramova va b.) 
ning tadqiqotlari, natijalarini o‘zaro solishtirib va umumlashtirib shuni ta’kidlash 
mumkinki, o‘smir va ilk o‘spirin yoshli bolalar ongida oilaviy qadriyatlarga oid 
tasavvurlarni shakllantirish, kelgusida o‘z oilasini qanday tamoyillarga 
asoslanishini tasavvur qilishida oilada saqlanib kelayotgan milliy an’analar, 
etnopsixologik tarbiya vositalari katta ahamiyatga molik bo‘lib, ularni hozirgi 
zamon ruhida yana qayta o‘rganib, tahlil etish kerak. 
O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik 
muammolari bilan shug‘ullangan tadqiqotchi olim B.M. Umarov ushbu muammoni 
o‘rganish jarayonida jinoyatchilikning omillari va sabablarini tekshirarekan, bunda 
oila omili muhim rol o‘ynashi, ayniqsa, ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatli 
munosabatlar shaxs xulqi og‘ishining sababi bo‘lishini isbotladi [93]. Muallifning 
ta’kidlashicha, “bolalar va o‘smirlarning to‘liq oila, noto‘liq oilada va ota-
onalarning ikkalasi ham yo‘qligi natijasida qarindoshlari yoki boshqa birovlarning 
qaramog‘ida tarbiyalanish holati ham ularda xulq og‘ishining kelib chiqishiga 
ta’sir ko‘rsatadi” [93; 46] B. Umarov o‘zining qator ilmiy risolalari va 


26 
maqolalarida aynan shu fikrni isbotlagan va noto‘liq oilaning voyaga yetmaganlar 
tarbiyasiga salbiy ta’sirini ta’kidlagan. 
Yana bir tadqiqotchi G‘. Normurodov [91] o‘z izlanishida gumon 
qilinayotgan voyaga yetmagan o‘smirlar psixologiyasini o‘rganar ekan, bizning 
dissertatsiyamiz maqsadiga yaqin bo‘lgan ayrim fikrlarni empirik ma’lumotlar
bilan asoslagan. Jumladan u shunday faktlarni keltiradi: “profilaktika inspektori 
hisobida turadigan jinoiy ishlarda gumon qilinadigan o‘smirlar oilasi turlicha. 
Ularning aksariyati – 40 foizi ahloqan noqobil, deb ta’riflangan oilalardir. Ya’ni, 
bu toifa oilalarga kattalar tomonidan jamiyatdagi ijtimoiy ma’yorlarga zid bo‘lgan 
xatti-harakatlarga moyil (ishsizlik, daydilik, ijtimoiy normalarni mensimaslik 
kabilarga) hamda milliy-xududiy urf-odatlarni pisand qilmay, o‘z holicha 
yashaydiganlar oilasi kiradi. Ularning aksariyatida ota va ona muqim birgalikda 
yashamaydi, ayrim oilalar noto‘liq, ya’ni oilaning boshlig‘i bo‘lishi ota oilani 
tashlab ketgan, ajrim rasman qayd etilmagan, ona ko‘pincha noqobil harakatlari 
bilan mahalla ahlining nazaridan chetda qolgan, bolalarning tarbiyasi bilan 
shug‘ullanmaydi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan o‘smir ko‘pincha qarovsiz 
qolganligidan maktabdagi mashg‘ulotlarga muntazam qatnamaydi, ko‘cha bolalari 
to‘dasiga aralashib, turli zararli odatlarga (chekish, ichish, giyohvand moddalar 
iste’mol qilish kabi) berilib ketadi. Mashg‘ulotlarga yaxshi qatnashmaganligi 
uchun o‘qituvchilarning doimiy tanbehini eshitadi, jamoatchilikka qo‘shilmaydi, 
daydib ketadi. Ko‘cha-kuyda jinoyat tepasida qo‘lga tushib, voyaga yetmaganlar 
inspeksiyasi hisobiga tushib qoladi” [91;175]. Tadqiqot mobaynida G‘. 
Normurodov ayrim gumon qilinayotgan bolalarning kelajakka munosabatini ham 
qisman o‘rgangan. Aniq empirik ma’lumotlarga tayangan holda dissertatsion ishda 
ta’kidlanadiki, “gumon qilinayotgan o‘smirlarning kelajakka munosabatlari 
o‘rganilganda, “vaqti-vaqti bilan kelajak istiqbolim yaxshi, ba’zan esa yomon 
tuyuladi”, “kelajagim to‘g‘risida o‘ylashni ham hohlamayman” kabi javoblarning 
aksariyat test javoblarida qayd etilgani kelajak haqidagi tasavvurlarning 


27 
shakllanishida oiladagi ma’naviy muhit va uning to‘liqligi omili ma’lum rol 
o‘ynashini isbotlaydi. 
Shunday qilib, voyaga yetmaganlar tarbiyasida oilaning roliga bag‘ishlangan 
tadqiqotlarda bugungi kunda zamonaviy oilalarda o‘zaro oilaviy munosabatlar 
me’yoridan chiqishiga, farzandlarga nisbatan tazyiqiy tajovvuzlar bo‘lish hollari 
yuzaga kelayotganligi ham aniqlandi. O‘zaro oilaviy munosabatlarda nizolarning 
kelib chiqishi muammosi sog‘lom e’tiqodli farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi ijtimoiy psixologik hodisa sifatida, o‘rganilgan ishlar sifatida 
B.Umarov (2008-2009) hamda G‘.Normurodov (2007-2008) larning ishlarini 
alohida ta’kidlashni istardik. Ularda voyaga yetmagan o‘smirlik yoshidagilarning 
xulqiga ta’sir etuvchi omillar qatorida oila omili alohida ajratilgan va empirik 
ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Lekin ta’kidlangan ikkala tadqiqotda ham 
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligida oiladagi onaning ta’siri alohida tadqiqot 
predmeti sifatida ajratilmagan. Qolaversa, ularda shu toifa yoshlarning istiqbol 
to‘g‘risidagi tasavvurlari alohida o‘rganilmagan. 
Noto‘liq oila muammosi G. Yadgarova izlanishlarida ham alohida mavzu 
sifatida o‘rganilgan [97]. Noto‘liq oilalarning ijtimoiy psixologik muammolarini 
o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotda muallif bu toifali oilaning o‘ziga xosligi, 
undagi ayol-ona mavqei va uning o‘z farzandlaridagi ijtimoiy ustanovkalarga 
ta’siriga alohida e’tibor bergan. Noto‘liq oilaga tavsif berar ekan, G. Yadgarova 
fikricha, bunday oilada “oilaning boshlig‘i sifatida ko‘p hollarda ayol kishi qoladi. 
Ayol-onalarning ma’lumoti darajasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, yolg‘iz o‘zi bola 
tarbiyasiga mas’ul bo‘lganlarning 43,5% o‘rta ma’lumot, 24,1% - oliy, 19,3% -
o‘rta maxsus va 13% onalar tugallanmagan o‘rta ma’lumot egalaridir. Bu holat 
bola tarbiyasi va uning dunyoqarashini to‘la ma’noda davr ruhida shakllantirishga 
oid qator muammolarni keltirib chiqarishini anglash qiyin emas. Noto‘liq 
oilalardagi onalarning fikrini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularning 75% o‘zlarining 
ayni paytdagi holatlaridan rozi emaslar, chunki ularning to‘laqonli turmush 


28 
kechirishlari uchun moddiy ne’matlardan tashqari, ma’naviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash ham yetishmaydi”[97; 14-15]. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bevosita 
noto‘liq oilaning ijtimoiy-psixologik muammolarini aniqlashga bag‘ishlangan 
ushbu dissertatsion tadqiqot O‘zbekistondagi ilk empirik izlanishlardan 
hisoblanadi. Uning natijalari bizning tadqiqotimizni nazariy-metodologik 
tamoyillar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Respublika “Oila” ilmiy amaliy markazining tadqiqotchisi U. Vafoqulova 
[84;19] o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ajralish arafasidagi va ajralishning 
dastlabki paytlarida ayolning ruhiy holati shu qadar yomon bo‘ladiki, bu uning 
salomatligida bevosita o‘z aksini topadi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 13,3% 
ajrashgan ayollarning asab tizimi ishdan chiqqan bo‘lib, bu ularning atrofdagilar va 
birinchi navbatda bolalari bilan bo‘ladigan ziddiyatli munosabatlarni keltirib 
chiqaradi. Noto‘liq oiladagi ayollar o‘rtasida turli xil nogironlikdan aziyat 
chekayotganlar soni to‘liq oiladigalarga nisbatan 2,5-3 marta ortiqligi aniqlandi. 
Lekin bu izlanishlarda ushbu holatlarning boladagi qadriyatlar tizimi hamda 
istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlariga ta’siri masalasiga alohida e’tibor berilmagan.
Noto‘liq oila a’zolarining maishiy turmush tarzlari va sog‘lom turmush 
madaniyati malakalarining pastligi ham u yerda tarbiyalanayotgan bolalarning 
ma’naviy dunyoqarashlari va madaniyatida namoyon bo‘ladi. Navoiy viloyati 
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, noto‘liq oilaning 55,7% a’zosi 
umuman ertalabki badan tarbiya bilan shug‘ullanmaydi. Shu bois bo‘lsa kerak, 
62% ayol o‘z sog‘lig‘i darajasini nisbatan o‘rtacha, 15,1% esa juda yomon deb 
hisoblaydi. Shunga bog‘liq holda noto‘liq oiladagi bolalar to‘liq oilalardagi o‘z 
tengqurlariga nisbatan anemiya kasalligi bilan 2,5-3 marta ortiq og‘riydi, ular 
orasida nafas yo‘llari kasalliklari 20,3% ga, oshqozon-ichak kasalliklari 18,9% ga 
ortiqligi aniqlandi.[84;19] 
O‘zbekiston oilalari misolida ko‘zga tashlanayotgan xususiyatlardan biri 
noto‘liq oiladagi onada bola tarbiyasiga nisbatan mas’uliyat hissining xaddan 


29 
tashqari oshib ketishidir. Bunday oiladagi ona bolasiga eng avvalo ma’naviy va 
ahloqiy jihatdan barcha ezgu sifatlarni singdirishga harakat qiladi, lekin bu ham 
bola ongidagi ota mehriga to‘yinishni o‘rnini qoplamaydi. 
O‘zbek oilasining etnopsixologik hususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan 
qator tadqiqotlarda bevosita “noto‘liq oila” tushunchasini alohida ta’kidlanmasa-
da, oilada ota va ona mavqesi, uning bola tarbiyasidagi muhim roliga katta 
e’tiborni qaratiladi. 
Shu kabi bizning tadqiqotimiz muammosiga aloqador tadqiqotlar yosh 
izlanuvchilar 
tomonidan 
ham 
o‘tkazilmoqda. 
Masalan, 
tadqiqotchi 
O.Abdusattorovaning dissertatsion izlanishi [81] bu borada alohida ahamiyatga ega 
bo‘lib, unda o‘smir yoshli o‘g‘il va qiz bolalardagi gender tasavvurlarga bog‘liq 
jinsiy identifikatsiyani aniqlash va bunda oila muhitining rolini asoslash uchun 
ijtimoiy psixologiyada qo‘llanilgan qator ishonchli metodikalardan foydalanilgan 
va empirik izlanish ham ota-onalar, hamda ularning o‘smir yoshli farzandlari 
o‘rtasida o‘tkazilgan. Alohida ta’kidlash joizki, ota-onalar o‘rtasidagi o‘tkazilgan 
test va so‘rovlar ularning gender ustanovkalarini va liderlik maqomlarini 
aniqlashga imkon bergan bo‘lsa, farzandlari o‘rtasida olib borilgan empirik 
tadqiqot otalik va onalik gender maqomlarining qizlar va o‘g‘il bolalarda o‘ziga 
xos ustanovka shaklida identifikatsion jarayonlar yo‘nalishini belgilashini isbot 
qildi. Zamonaviy o‘zbek oilasidagi erkaklar va ayollarning o‘zaro munosabatlarida 
ayollar 
mavqeining 
mustahkamlanib 
borayotganligi, 
ularning 
liderlik 
pozitsiyalarida hamda turmush o‘rtoqlarini hamkor va sherikchilik munosabatlari 
tizimida ko‘rishni afzal bilishida namoyon bo‘ldi. Shu sababli ham bu holat 
ularning o‘z jinslarini va turmush o‘rtog‘idagi qarama-qarshi jinsga nisbatan 
ustanovkalarini belgilaydi. Tadqiqot zamonaviy erkaklar, xotin-qizlarning ayollik 
va erkaklik obrazlarida femininlik hamda sof maskulinlik sifatlari ko‘proq 
androgenlik sifatlariga o‘rin berayotganligini, qizlarda maskulinlik sifatlari ham 
tobora sezilarliroq namoyon bo‘layotganligini ko‘rsatdi. Shu o‘rinda ta’kidlashni 


30 
xohlardikki, onasi bilan yolg‘iz qolgan farzandlardagi ushbu jihatlar qanday 
ekanligi alohida va maxsus tadqiqotlarning predmeti bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan oilaviy o‘zaro munosabatlar va ularning 
farzandlar tarbiyasiga ta’sirini yoritishga bag‘ishlangan ishlar orasida oilaviy 
ziddiyatlar va nizolar muammosi bilan bog‘liq ishlar alohida e’tiborga molik 
(Yu.A.Yakubov, 1983, N.Sog‘inov, 1990, R.Toshimov, M.Mamatov , 1993, 
M.Zufarova, 1993, X. Uzoqov, E. G‘oziev, A.Tojiev , 1994, G‘.Shoumarov, 
N.Sog‘inov, E.Usmonov , 1986, 1988, 1990, 1993, A.Alyaeva, V. Tokareva, 1993, 
X.Karimov, 1994, O.Qodirova , 2007 va b.). Xususan, X. Karimov o‘zining 
“O‘zbek oilalarida er-xotin nizolarining ijtimoiy-psixologik hususiyatlari” 
mavzusidagi nomzodlik ishi(80) da oilaviy munosabatlarning nomutanosiblashuvi 
sababli ajralishlar sonining ko‘payishi, noto‘liq oilalarning paydo bo‘lishi 
natijasida kattalar bilan bolalar o‘rtasida “emotsional hissiy bog‘liqlikning 
susayishi, oilalarda jinoyat sodir etish foizining oshganligi”ni o‘tkazilgan aniq 
ijtimoiy-psixologik tadqiqot natijalariga tayangan holda tahlil etgan.
Biz 
tanlagan 
muammoning 
dolzarbligini 
X.Karimov 
o‘zining
dissertatsiyasida isbotlab bergan [89;]. Uning ma’lumotlariga ko‘ra jamiyatda o‘z 
joniga qasd qilishning uchdan bir qismi oilaviy mojarolar tufayli yuzaga keladi 
[89; 7]. X. Karimovning ta’kidlashiga qaraganda, shahardagi o‘zbek oilalarining 
deyarli uchdan birida yuzaga keladigan nizolar sababi oilaviy rolning taqsimlanishi 
bo‘lsa, qishloq oilalarida nizolarga sabab ota-onalarning yosh oiladagi 
munosabatlarga aralashuvi ekan. Shahardagi o‘zbek oilalarida nikohga kirishda 
sevgi sabab bo‘lib hisoblansa, qishloq oilalarida esa, “Ota-ona va qarindoshlarning 
ishonchini, orzu-umidlarini hurmat qilish” sababi ustun turadi (89; 7). 
Shunday qilib, yuqorida tahlil etilgan barcha manbalar va izlanishlarda 
oilaviy munosabatlar sharoitida bolada istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlarning va shu 
asnoda zarur ma’naviy fazilatlar hamda insoniy sifatlar shakllanishida ota-onaning 
shaxsiy o‘rnak ko‘rsata olishlari masalasining to‘g‘ri qo‘yilganligini alohida 


31 
ta’kidlagan holda aynan biz tanlagan predmet doirasida alohida turli tasnifli oila 
muhitida ona shaxsi ta’sirida farzandlarda shakllanadigan istiqbolga aloqador 
ijobiy 
hamda 
salbiy 
sifatlarning 
namoyon 
bo‘lishi jarayoni alohida
o‘rganilmaganligini qayd etishimiz mumkin. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling