Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111
Fromm
8 ning fikricha, ota “Men seni shuning uchun yaxshi ko‘ramanki, sen mening umidlarimni oqlaysan, negaki sen o‘z burchingni bajarayapsan” degan ma’noni ifodalaydi. Ota ta’siri, ana shu tarzda, bolada iroda sifatlarining shakllanishiga yordam beradi, uni yanada uyushqoq, mustaqil, intizomli qiladi. Farzand tug‘ilgach, otasi hayotining birinchi kunlaridanoq uning parvarishi jarayonida ishtirok etgan bola ancha kirishimli bo‘ladi, notanish kishilardan kamroq qo‘rqadi, fobiyalardan xoliroq bo‘ladi, deb hisoblashadi. Faol va ustunlikka ega otaning qo‘llab-quvvatlashi va himoyasi ostida bolalar o‘zlariga nisbatan ancha ishonuvchan bo‘lib voyaga yetadilar. E. Frommning ta’kidlashicha, ota bolaga butun hayoti davomida kerak bo‘ladi, ammo u ota mehri, hukmronligi va rahbarligiga olti yoshdan boshlab juda qattiq ehtiyoj sezadi. Bu masala o‘zbekistonlik psixologlarning ko‘plab izlanishlarida ham alohida e’tirof etilgan bo‘lib, bizning izlanishlarda otaning ham, onaning ham bola tarbiyasidagi ijobiy va benazir roli isbotlangan. Masalan, O. Abdusattorovaning ta’kidlashicha, “To‘liq oila muhitida hamkorlik va sherikchilikka asoslangan er-xotin munosabatlaridagi erkakning o‘rni va roli o‘g‘il bolada erkak jinsiga oid identifikatsion sifatlarning namoyon bo‘lishi va shakllanishiga maqbul shart-sharoit sifatida rol o‘ynashi 8 Фромм Э. Искусство любить: Исследование природы любви.- М., 1990 – 9 б.; . 57 mumkin 9 ”. Demak, otaning ta’siri o‘g‘ilga, onaning ta’siri bevosita qizga bo‘lishi fakti tadqiqotlarda isbotlangan. Manbalarda keltirilishicha, “Bolaga ham ota, ham onaning bo‘lishi zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashidan tashqari, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onaisning fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sobihasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oiladagi mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi” 10 Bizning fikrimizcha, bolada oila sharoitida ijtimoiylashuv jarayoni to‘laqonli kechishi uchun uyda ota ham, ona ham bo‘lishi va ularning o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshi bo‘lishi lozim. Shu bois ham O‘zbekistonda hamda xorijda chop etilgan ilmiy manbalarda otasiz o‘sgan o‘g‘il bolaning boshqalarga nisbatan, ayniqsa, tengqurlari orasida o‘zining agressivligi, kamgapligi bilan ajaralib turishi, maktabdagi o‘qituvchisi yoki tarbiyachisi ayol kishi bo‘lsa, uni unchalik tan olishni xohlamasligi, jinsiy hayotni erta boshlashi, keyinchalik aynan qarama-qarshi jins vakili bilan aloqalarda biroz befarqligi va munasabatlarning beqarorligi, jinsiy identifikatsiyani belgilashda qiynalishi haqida ma’lumotlar bor. Otasiz o‘sgan bolada ona mehriga nisbatan talabchanlik yuqoriroq bo‘ladi, ota fenomeniga nomiga e’tibor berdaigan bo‘ladi. 9 Абдусатторова О.А. Оила муҳитида ўсмирларда шаклланадиган жинсий идентификациянинг гендер хусусиятлари // Психол.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс.автореф.-Т., 2007 – 13 б. (22) 10 Шамсиев Ў. Боланинг ўзини-ўзи англаш муаммоси. Университетларнинг психология мутахассилиги талабалари учун услубий қўлланма/ Шамсиев, Ўктам: TAFAKKUR, 2012.-25 б. 58 Tarbiyada ona mehrining ustunligi bolada infantil xususiyatlarning mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi va ijtimoiy nuqtai nazardan voyaga yetishda ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Ota tarbiyasining ustunligi bolaning emotsional muhiti rivojlanishida, tuyg‘ularini namoyon eta olishida o‘z aksini topadi. O‘zbekistonda oila a’zolari va ular o‘rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlar ko‘plab olimlar (M.Davletshin, G‘.Shoumarov, E.G‘oziev, B.Qodirov, V. Karimova, X.Karimov, N.Sog‘inov, F.Akramova, M.Salaeva, G. Yadgarova, O. Abdusattorova, G. Niyozmetova va boshqalar) tomonidan o‘rganilgan. Ularda ko‘proq o‘zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning farzand tarbiyasiga ta’siri masalasi ham o‘rganib chiqilgan. Ota-onalik ustanovkalari va ularning farzand tarbiyalash uslublari muammosi rossiyalik qator izlanuvchilarning asarlarida ham qayd etilgan (A.Ye. Lichko, 1979; A.A. Bodalev, A.A. Stolin, 1989; E.G. Eydemiller, V.V. Yustiskiy, 1999). Ota- onalikning eng muhim sifatlariga proteksiya yoki farzandlarini tarbiyalash uchun sarflanadigan kuch, vaqt va e’tiborning mezoni, bolaning turli ehtiyojlarini qondirish darajasi, intizomga chaqirish bilan bog‘liq talablar darajasi, ta’qiqlovlar yoki bolaning xulqini jilovlash uchun ishlatiladigan sanksiyalar tizimi kiradi 11 . 1-jadval Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling