Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Er va xotin o‘zaro munosabatlarining farzandlar ijtimoiy -psixologik


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

2.2. Er va xotin o‘zaro munosabatlarining farzandlar ijtimoiy -psixologik 
maqomiga ta’sirini o‘rganish natijalari 
Shaxs rivojlanishi va uning ijtimoiylashuvi, avvalo, ijtimoiy omillar ta’siri 
ostida kechadi. Undagi asosiy rol esa oilaga tegishli. Oila shaxslararo 
munosabatlarning butun boshli majmuasi, er-xotin, ota-onalar va farzandlarning 
o‘zaro harakati sabab bolaning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun eng 
qulay sharoitni yaratib beradi, unga ma’naviy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar, 
an’analar, xulq namunalari va muloqot usullari tizimini taqdim etadi.
Inson oila ta’sirini butun hayoti davomida his etadi, shuning uchun oilaning 
tarbiyaviy ta’siri uzluksizligi va davomiyligi bilan tavsiflanadi. Oilaning bolaga 
nisbatan tarbiyaviy ta’sirining barqarorligi uning o‘quv, mehnat, ijtimoiy faolligiga 
ta’sirida o‘z aksini topadi. Mazkur omil nikohning umumiy barqarorligi va 
mustahkamligi holati bilan chambarchas va ko‘p jihatdan bog‘liq. Ya’ni, agar oila 
mustahkam bo‘lsa, uning tarbiyaviy muhiti ham barqaror bo‘ladi, bunday muhitda 
kamol topadigan farzand tarbiyali, xulqi namunali bo‘ladi. Demak, psixologik 
jihatdan oilaviy muhitning qandayligiga qarab ikki shaxs o‘rtasidagi nikohning 
mustahkamligiga baho berish mumkin. Bu oila a’zolari o‘rtasida samimiy o‘zaro 
munosabatlarni rivojlantiruvchi yoki aksincha ularning yaxshi kechishiga to‘siq 
bo‘luvchi shart-sharoitlardir. Psixologik muhitning yaxshi - qulay
yoki yomon - 
noqulay tiplari farqlanadi. Qulay psixologik muhit zamirida er-xotin dunyoqarashi, 
fikrlar tarzlari, fe’l-atvorining bir-biriga mos kelishi yotadi. Olimlarning fikricha
3

oiladagi qulay muhit tushunchasi quyidagi belgilarga asoslanadi: oila a’zolarining 
birligi (qarashlar, fikrlar, qiziqishlar, ideallar, qadriyatlar yo‘nalishining birligi), 
shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi, oila 
a’zolarining bir-biriga nisbatan xayrixohligi, talabchanlik, himoyalanganlik 
3
Ковалев С. В. Психология современной семьи. - М.: «Просвещение», 1988, 208с.


53 
hissining mavjudligi, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlar. Qulay 
psixologik muhitning muhim ko‘rsatkichi — bu oila a’zolarning bo‘sh vaqtni oila 
davrasida 
o‘tkazishga intilishi va uydagi majburiyatlarning birgalikda 
bajarilishidir. Bundan tashqari, bizning sharoitimizda oilaning ochiqligi, 
mehmondo‘stligi, oiladan tashqari ham aloqalarning borligi, masalan, yor-do‘stlar, 
qo‘ni-qo‘shnilar, qarindoshlar-urug‘lar bilan samimiy munosabatlarning yo‘lga 
qo‘yilganligi kabilarni ham oiladagi ijobiy psixologik muhit, deb hisoblash 
mumkin. Qulay muhitda oilaga aloqador quyida keltirilgan barcha funksiyalar 
muvaffaqiyatli ado etiladi, deyish mumkin
4

• oilaning reproduktiv funksiyasi; 
• oilaning ijtimoiy-tarbiyaviy funksiyasi; 
• oilaning xo‘jalik yuritish funksiyasi; 
• oilaning iqtisodiy funksiyasi; 
• oilaning ijtimoiy nazorat qilish funksiyasi;
• oila a’zolarining o‘z mavqeiga ega bo‘lishini ta’minlash funksiyasi; 
• oila a’zolarining dam olishini to‘g‘ri tashkil etish funksiyasi; 
• oilaning yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash funksiyasi.
Psixologik-pedagogik manbalarda oilani bola shaxsi shakllanishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omil sifatida ko‘proq o‘rganiladi. Oilaning bolaga spesifik ta’siri ota-
ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining mehr-muhabbatga 
asoslanganmi, er-xotin o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bormi, uning bola tomonidan 
idrok etilishi kabi jihatlariga e’tibor qaratiladi. Barcha psixolog va pedagog olimlar 
va ular o‘tkazgan tadqiqotlar bolaga, uning ta’lim hamda tarbiyasi uchun eng 
avvalo pozitiv emotsional munosabat muhiti zarurligi fikrini yoqlaydilar. Chunki 
bolalardagi dunyoqarash, xarakterning shakllanishi, qadriyatlarning o‘zlashtirilishi, 
xulq me’yorlari va jamiyat normalarini o‘zlashtirish, shakllangan odatlar va 
namoyon bo‘ladigan qobiliyatlar, eng avvalo, ota-ona ta’sirida shakllanadi. 
4
Манба: Ҳаёт китоби. Ёш оилалар учун энциклопедик қўлланма.-Т., Шарқ, 2011 – 81-83 б.


54 
O‘smirlarning axloqiy qarashlarining shakllanishida quyidagi omillar alohida 
ahamiyatga ega: oiladagi o‘zaro ishonch va hurmat; o‘smir bilan muloqotning tez-
tez takrorlanishi va intensivligi; oilaviy tartib va nazorat turi; oila ierarxiyasida 
o‘smirga berilgan rol; o‘smirga berilgan mustaqillik darajasi.
Albatta, turli olimlar oiladagi ota-ona munosabatlari tipini aniqlashda oilaviy 
munosabatlarning turli modellari nuqati nazardan yondashishishni taklif etadi. 
Masalan, Ye. G. Silyaeva tahriri ostida chop etilgan «Psixologiya semeynыx 
otnosheniy s osnovami semeynogo konsultirovaniya»
5
kitobida bu munosabatlarni 
psixoanalitik, bixevioristik, gumanistik modellar asnosida farqlashni taklif etadi. 
Olimlar yondashuvlarni sharhlashda quyidagi sxemaga asoslanish maqsadga 
muvofiq ekanligini ta’kidlaydilar: 
“ ota-ona – bolalar munosabatlarning mohiyatini tushuntiruvchi nazariy 
manbalar, psixologik nazariyalar; 
* U yoki bu yo‘nalish vakillari, mualliflarning ota-onalarni “tarbiyalash”, 
dasturlari, kitoblari, treninglar; 
* tayanch tushunchalar; 
* oilaviy tarbiyaning yetakchilari sifatida ota-onalarning asosiy maqsadlari
tarbiyaviy vazifalari; 
* u yoki bu yo‘nalish vakillarining ota-onalarning farzandlarini tarbiyalash 
borasidagi uslubiy yondashuvlari, alohida tarbiya metodlari; 
* turli nazariyalarning vakillari inobatga olishlari lozim bo‘lgan muhim 
jihatlar, ota-ona bilishi lozim bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xulq modellari va 
prinsipial ahamiyatga molik qiyinchiliklar, x-zo.
6
” 
5
Психология семейных отношений с основами семейного консультирования: учебное пособий для 
студентов вузов / Е.И. Артамонова, Е.В. Екжакова, Е.В. Зырянова и др.; под ред. Е.Г. Силяевой.- 5-е изд., 
стер.- М.: «Академия», 2008- 192 с. 
6
Психология семейных отношений с основами семейного консультирования... 65-66 б. 


55 
Shu asnoda mualliflar oilaviy tarbiyaning psixoloanalik yo‘nalishida Z. Freyd, 
E. Erikson, E. Fromm, F. Dolto, D.V. Vinnikota, K. Byutner, E. Byornlarning; 
“bixivioristlardan” – Dj. Uyutson, B. Skinner, R. Sirs, A. Banduralarning, 
“gumanistik model” bo‘yicha esa A. Adler, R. Dreykurs, D. Nelson, L. Lott, X.S. 
Glenn, T. Gordon, K. Rodjers, R. va Dj. Bayyard, X. Djaynott, V. Satir va 
boshqalarning yuqorida keltirilgan sxema bo‘yicha yondashuvlari va xulosalarini 
keltiradi. Ulardagi eng muhim xulosalar shunga borib taqaladiki, ularning barchasi 
ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimlarini, ma’rifatni oshirish tarafdori 
bo‘lib, ularning har birida ota-onalar uchun muhim tavsiyalar, tarbiya usullari 
hamda ota-onaning o‘z ustida ishlashi lozimligi fikri mavjuddir.
Oilaning farzandlar ijtimoiy tasavvurlariga ta’siri masalasi ham ko‘plab 
olimlar 
diqqat 
e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Masalan, rossiyalik olim 
V.N.Myasishev
7
o‘tgan asrning 20-30-yillardayoq, tarbiyasi og‘ir bolalar 
muammosini o‘rganib, oiladagi muhit yomon bo‘lgan sharoitlarda bolalar xulqi 
tiplarini tasniflashga uringan va uning bir necha tiplarini ajratgan:
1) emotsional jihatdan beqaror bolalar (ota-ona tomonidan qat’iy boshqaruv 
va tartib mavjud bo‘lmagan oilalarga xos);
2) 
hissiyotlarga 
beriluvchan, 
affektiv 
(ijtimoiy 
jihatdan 
yaxshi 
yashamaydigan, noqobil oilalarga xos);
3) egoistik odatlarga ega (bola “oila piri” tamoyili asosida tarbiyalanuvchi 
oilalarda);
4) odamovi, birovga ishonmaydigan, damduz (oiladagi despotik tarbiya, 
ziddiyatli vaziyatlar yoki bolaning qarovsiz qolganligi). 
Oilaviy tarbiya jarayonida ota-onaning roli bir xil emasligiga va 
o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega ekanligiga ham olimlar e’tibor qaratganlar. Masalan, onaning 
7
Мясищев В.Н. Личность и неврозы.-М., 1949 – 148 б. 


56 
farzandga mehri haqida juda ko‘p yozilgan, chunki ona va bolaning ijobiy ruhiy va 
emotsional aloqasi farzand hayotining ilk daqiqalaridanoq muhim ahamiyat kasb 
etadi. Dastlabki oylar va yillardagi onadan ayrilish bolaning butun psixik 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar va psixologlarning ta’kidlashicha, 
oiladagi tarbiyaning asosiy jihati ota-ona mehri hisoblanadi, ammo u ota va onada 
bola bilan o‘zaro munosabatlar chog‘ida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ona 
mehrining o‘ziga xosligi uning tabiiyligi, shartsizligi, ya’ni, nima uchundir bolani 
sevish, ardoqlash emas, balki chin dildan, tabiatan yuqtirilgan yuksak mehr tufayli 
bolaga g‘amho‘rlik ko‘rsatishdadir. Agar ona mehri “Men seni borliging uchun 
yaxshi ko‘raman” formulasi bilan ifodalanishi mumkin bo‘lsa, u holda ota mehri 
(ayniqsa o‘g‘ilga nisbatan) shartlidir. G‘arb psixologi va faylasufi Erix 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling