Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish
A.I. Antonov oilaning quyidagi turlarini farqlaydilar. [98;13-24]
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111
45 A.I. Antonov oilaning quyidagi turlarini farqlaydilar. [98;13-24] 1. Nuklear oila – ota-ona va ularning farzandlaridan iborat faqat ikki avlodni birlashtirgan oila turi. Bu oila turi G‘arbda va boshqa rivojlangan davlatlarda eng ko‘p tarqalgan oila turidir. 2. Kengaytirilgan nuklear oila o‘z tarkibiga nuklear oilani va uning yaqin qarindoshlarini (buvilar, buvalar, nabira, opa, singil, aka-ukalar va b.q.) hamda ularga yaqin bo‘lgan yana boshqa urug‘-aymoqlarni ham oladi. 3. To‘liq oila deganda, ota va ona hamda ularning farzandlaridan iborat nuklear oilani nazarda tutiladi. 4. Noto‘liq oila – ota-onalardan biri yo‘q bo‘lgan oila. Yana bir qo‘shimcha oila turi bo‘lib, u funksional jihatdan noto‘liq oila deb ataladi, bunda ota-onalar o‘zlarining professional bandliklari yoki uzoq muddatda oilada bo‘la olmasliklari sababli oila a’zolariga nihoyatda kam vaqt ajaratadi. 5. Katta oila – bir makonda birgalikda yashaydigan qarindosh-urug‘larni ham tarkibiga olgan oila turi bo‘lib, unda yo patriarxal yoki matriarxal boshqaruv hukmron bo‘ladi. Ko‘proq agrar hududlarga xos bo‘lib, yagona yer-mulk, jonivorlar parvarishi sharoitida birgalikda ularni yuritish uchun qulay. 6. Oila-hovli ham an’anaviy agrar ho‘jaliklarga xos oila turi bo‘lib, unda ham bir vaqtning o‘zida bir necha avlod vakillari birga yashayveradi. Bundan tashqari, bunday oilada qarindosh bo‘lmagan kimsalar (xizmatkorlar, yollanma ishchilar va b.q.) ham yashashi mumkin, shu orqali yagona ijtimoiy va iqtisodiy jamoaga asos solinadi. Oiladagi a’zolardan psixologik jinsiga ko‘ra kimning hukmronlik qilishiga ko‘ra ham oilalar farqlanadi: - patriarxal oilada hukmronlik va yetakchilik erga xos bo‘ladi; 46 - matriarxal oilada oila-ro‘zg‘or ishlarini to‘la ayol boshqaradi; - egalitar oilada hokimiyat er va xotin o‘rtasida teng taqsimlangan bo‘ladi. Oxirgi oila turi AQSh va boshqa yetakchi G‘arb davlatlarida juda keng tarqalgan bo‘lib, olimlar, amerikaliklarning o‘zlari oila institutining barcha inqirozlarini ayni shu holat bilan bog‘lamoqdalar. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘zida oxirgi 30 yil mobaynida oila ajrimlari 15 barobarga oshib, bu dunyo miqyosida eng katta ko‘rsatkichdir . Shu ma’noda ayrim mutaxassislar an’anaviy oila turining afzalliklari ko‘p ekanligi borasida o‘z nuqtai nazarlarini bayon etmoqdalar. Lekin muammo yana noto‘liq oilaga kelib taqaladi. Yuqorida aytilganidek, oila turlari bo‘yicha necha yillar va asrlar mobaynida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, lekin to‘liq va noto‘liq oilada hozirgi zamonda ona ta’sirida bola taraqqiyotining qanday kechishi masalasi ming afsuski, aniq o‘rganilmagan. Noto‘liq oila turining psixologlar va pedagoglar orasida salbiy asoratlar bilangina tavsiflanishiga sabab, eng avvalo bunday muhit nafaqat bolaga, balki tashlab ketilgan yoki yaqin kishidan beva bo‘lib judo bo‘lgan ayol shaxsiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay, ko‘plab mualliflar bu holat shaxsga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar tufayli kelib chiqishini, taniqli shaxslar, buyuk adiblarning ko‘pchiligi ham to‘liq, ideal oilada tarbiya olmaganliklarini tan oladilar. Demak, masalaga bir tomonlama yondoshish mumkin emas. Ho‘sh, yolg‘iz ona qo‘lida qolgan sharoitda bolaning ongi va ruhiyatida qanday o‘zgarishlar kechadi? Bu savolga javob hamisha psixologlarni qiziqtirgan, chunki bunday oiladan chiqqan bolaga psixologik xizmat ko‘rsatish yoki u bilan psixologik-pedagogik korreksiya ishlarini olib borganda, ushbu qonuniyatlarni bilish zarur. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, har doim ham bola otasidan (yoki onasidan) 47 ota-onalar ajralishgani, ya’ni rasmiy nikoh barbod bo‘lgani, oiladagi kattalar murosa qila olmaganliklari tufayli ro‘y bermaydi. Urush va inqiloblar, tabiiy ofatlar, jinoyatchilik, ota-onadan birining og‘ir xastalikka duchor bo‘lishi, ularning umuman hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyor emasliklari kabi turli holatlar ham bolani ikkala kattalarning jamiyatidan ajratishi ham mumkin. Ba’zan bolalar birdaniga ikkala ota va onadan judo bo‘lishi ham mumkin. Lekin gap ayni paytda bolaning ona qo‘lida, uning tarbiyasi ta’sirida qolishi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘tkazilgan ko‘plab psixologik tekshirishlar, kuzatuvlar va izlanishlar shuni tasdiqlaydiki, erdan ajralgan ona hayotining dastlabki paytida, ayniqsa, farzandi yosh bo‘lgan davrda unga juda katta e’tibor beradi, g‘amho‘rlik ko‘rsatadi, butun o‘zini unga bahshida etadi. Uni hissiy-emotsional tomondan qurshaydi, butun mehrini berganday bo‘ladi. Lekin kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ota yoki onasidan judo bo‘lgan bolalar boshqalariga nisbatan psixologik tomondan sekinroq rivojlanadi, somatik va psixologik xastaliklarga ko‘proq yo‘liqadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, “otaning yo‘qligi onaning yo‘qligiga nisbatan bola taraqqiyotiga kamroq salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki ona bolani emotsional jihatdan barcha ehtiyojlarini qondira oladi”. Onaning oiladagi roli nihoyatda kuchayib ketganligi bois, onaning ruhiyatida asabiylashish, taranglik holatlari tez-tez kuzatila boshlaydi. Agar er va xotinning ajrashuvi bola kattaroq yoshda sodir bo‘lgan bo‘lsa, bola yanada ko‘proq aziyat chekadi. U (ayniqsa o‘g‘il bola bo‘lsa) nafaqat oilada o‘ziga o‘rnak bo‘luvchi shaxsni yo‘qotadi, balki tengqurlari jamiyatida ushbu xolatni tushuntira olmay, ruhan va ma’nan eziladi. Bu vaziyat albatta, ona va bola munosabatlarining silliq kechmasligini ta’minlaydi. Qolaversa, ota oilaning ijtimoiy hamda iqtisodiy masalalarini yechuvchi shaxs sifatida bo‘lgan bo‘lsa, endi bu vazifalar onaning yelkasiga tushganligi sababli, bora-bora uning o‘z farzandi bilan to‘laqonli muloqotda bo‘lishi uchun vaqti ham kamayib boradi, bu ham bolada o‘ziga xos nevroz holatini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, bu holat bola 48 o‘smirlik davriga kirganda ko‘proq seziladi, chunki ijtimoiy foydali mehnat bilan band ona farzandini bilimlar, kasb-hunarlar olamiga to‘g‘ri olib kirishga imkon topmaydi. Bizning fikrimizcha, otasidan ko‘ngli qolgan ona farzandini otasi izidan borishiga yo‘l bermaydi ham, vaholangki, unda otaning professional layoqati bo‘lishi mumkin. Masalan, otasi usta hunarmand yoki mohir biznesmen bo‘lgan bo‘lsa, ona bolasiga bu hunar bilan shug‘ullanishni ma’n qiladi: “Otang qilgan ishni qilmaysan, sen yurist bo‘lasan, otangga bir ko‘rsatasan o‘zingni..” qabilida. Bunday qasoskorlik ruhidagi yo‘llanmalar bola ruhiyatini ezishidan tashqari, uni katta hayotda adashishga, o‘zi xohlamagan kasb-hunarni tanlab qo‘yib, keyin afsuslanib yurishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shu o‘rinda ajrimlarning ham turlicha bo‘lishini ta’kidlash joiz. Masalan, er bilan xotin o‘zaro kelisholmay qolib, farzandi bo‘lsa, sud orqali ajrashib ketishadi. Lekin psixologiyada “affektiv ajralish” tushunchasi ham borki, uning bola ruhiyatiga ta’siri yuridik ajralishdan asoratliroq va og‘irroq hisoblanadi. Bunday ajralishning psixologik mohiyati shundaki, ba’zan qonuniy jihatdan birga yashayotgan er-xotinlarda ham shunday holat kuzatiladi, ular bir-birlari bilan oylab, yillab gaplashmay, bir-birlariga dushmanday yashaydilar. Yoki yuridik jihatdan ajrimni rasmiylashtirganlaridan keyin ham bir-birlariga nisbatan nafrat bilan yashaydilarki, ularning ba’zan farzand tufayli yoki mol-mulk musodarasi tufayli uchrashuvlaridan bola juda katta psixologik jarohat oladi. Bir-biriga yov qarash qiladigan, tuhmat qiladigan, shaxsini kamsitadigan holatlarni bola biladi va sezgan sari o‘zini o‘ta baxtsiz va nochor his etadi. Ayniqsa, ayrim erkaklar affektiv ajrim sharoitida boshqa ayol bilan norasmiy yashashi xolatlari, jamiyatda, boshqa odamlar orasida o‘zini boshqacha (sipo, samimiy) tutib, oilada onasi bilan agressiv tutishi bola ruhiyatini jumbushga keltiradi va unda kelajak, oilaviy hayot, turmush va istiqbol to‘g‘risidagi tasavvurlarini batamom o‘zgartirib, affektiv ustanovkalar shakllanishiga olib keladi. To‘g‘ri, hayotda ba’zan ayrim vaziyatlarga ko‘ra, ortiq birga yashay 49 olmaydigan holat tug‘ilib, erkak va ayol ongli ravishda ajralishib ketishi ham mumkin. Masalan, ba’zi holatlarda erkakning yoki ayolning boshqa bir insonni chin dildan sevib qolishi, o‘rtada anglashilmovchilik, tasodifiy hiyonat tufayli bir- birini kechira olmaslik kabilar bo‘lganda, er va xotin o‘zaro kelishib, bir-biridan uzr so‘ragan holda, demokratik tarzda ajralishlari ham kuzatiladi. Bu holatda ikkalasi ham bola ko‘z o‘ngida o‘zaro hurmatli, izzatli shaxslar sifatida farzandlariga vaziyatni tushuntirishga, hamisha ko‘rishib turish imkoniyatlarini bayon etib, bola roziligini ham oladilar. Bu holatda ajrimda affektivlilik elementlari bo‘lmaganligi sababli, bola vaziyatga ko‘nikadi, uni tabiiy qabul qiladi, nevroz holatini kamroq his etadi. Ajrim holati farzandi o‘smirlik va ilk o‘spirinlik yoshiga yetganda sodir bo‘lganda ota-onalar imkon darajada bolaga psixologik jarohat bermaslik maqsadida ana shunday yaxshiroq yo‘lni tutishga majburlar. Shunday qilib, pedagogik va psixologik nuqtai nazaridan yondoshilgan holda oila hususiyatini o‘rganilganda quyidagilar inobatga olinadi: oilada yetakchi maqomida qolgan shaxsning (onaning, otaning, ba’zi holatlarda buvilarning) psixologik hususiyatlari; oilani idrok qilgan boladagi psixologik va psixopatologik hususiyatlarning o‘ziga xosligi; oilaning to‘liq yoki noto‘liqligidan kelib chiqqan holda bolaning turli tashqi muhit, xususan, ijtimoiy omillar ta’sirini qabul qilishi hususiyatlari, tengqurlar jamiyatidagi maqomi va o‘rni; oilada bolaning turlicha salbiy xatti-harakatlariga oilaning boshqa a’zolari, birinchi navbatda, onaning ruhiy holatida aks etishi; oila a’zolariga aniq psixologik yordam berishi lozim bo‘lgan pedagoglar, murabbiylar va amaliyotchi psixologlar va bolalar psixiatrining bevosita aralashuvi qay tarzda kechishi va hokazolar. O‘tkazilgan nazariy tahlilimizdan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, noto‘liq oilada tarbiyalangan bolaning jamiyatdagi ijtimoiy psixologik mavqei 50 hamda ijtimoiy tasavvurlari tizimi o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Bu ta’lim va tarbiya muassasalarida ular bilan ishlaydigan pedagog hamda murabbiylar faoliyatiga ham muayyan ta’sirini ko‘rsatadi. A.Xarchev, S.M.Golod, I.Prokopen, L.Gozman, Yu.Aleshina va boshqalarning 80-90 yillarda o‘tkazgan qator tadqiqotlarida noto‘liq oilalar turini birinchi navbatda o‘qimishli ayolning jamiyatdagi mavqeining o‘zgarishi, professional faoliyatdagi nufuzining ortishi bilan bog‘lashgan. O‘z yelkasiga ikki tomonlama “yukni” olgan ayol - ona oiladagi an’anaviy rollarini to‘laqonli bajara olmaganligi sababli, oilaviy munosabatlar taranglashmoqda va “oila”, “farzand” tushunchalari o‘zining qadrini yo‘qotib bormoqda. Noto‘liq oilalar muammosini birinchi navbatda ishlaydigan onadagi rollar nizosi bilan bog‘lab, “rollar to‘qnashuvi qanchalik ayol tomonidan e’tiborga olinmasa, uning boshqa sohalarda o‘z yutuqlarini baholashi shunchalik yuqori bo‘ladi, oila tashqarisida yaxshi yutuqlarni qo‘lga kiritib, yuqori mavqelarga erishayotgan ayolni oiladagi o‘z burchlarini qanday darajada amalga oshirayotganligi unchalik qiziqtirmaydi yoki bo‘lmasa, oilaviy muammolardan u o‘zini uzoqroq olib yurishga harakat qiladi”. [99;43-44]. Yu.Alyoshina ana shunday rolli nizolar yuqori va past bo‘lgan ayollarning o‘zini va oiladagi o‘z o‘rnini idrok qilishida sezilarli farq bo‘lishi mumkinligini ham aniqlagan A.I.Ushatikov [57;152], to‘liq va noto‘liq oilalaradagi jinslararo farqlar, ularning bola tarbiyasiga ta’sirini o‘rganib, shunday xulosaga kelganki, oilaviy majarolar o‘g‘il va qiz bolalarga bir xil ta’sir qilmaydi, o‘g‘il bolalarda oilaviy nizolar va oilaning bo‘linib ketishi ko‘proq salbiy xatti- harakatlarni keltirib chiqarishi aniqlandi O‘tgan asrning 80-chi yillarida N.Yershova [106], S.Radvanova [122], N.Dunovski [105], Ya.Koluxova [110], Z.Mateychek [119], Z.Marova [118] va boshqa qator mualliflar tomonidan chiqarilgan ilmiy maqola va kitoblarda ham noto‘liq oilalarda bola tarbiyasining psixologik asoslari to‘g‘risida turlicha fikrlar berilgan. Adabiyotlar tahlilidan aynan shu yillarda oilaviy ajrimlar ko‘p bo‘lgani, 51 noto‘liq oilalar soni oshganligini ham xulosa qilishimiz mumkin. Ularni umumlashtirib shuni ta’kidlash mumkinki, noto‘liq oilada tarbiya topayotgan bolaning psixikasi to‘liq oiladagilarnikidan baribir farq qiladi. O‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar va eksperimental ishlarda qo‘lga kiritilgan natijalar bu fikrni nafaqat asoslaydi, balki noto‘liq oilada qanchalik shart-sharoit yaxshi bo‘lmasin, ota yoki yolg‘iz ona, buvilar bolaga g‘amho‘rlik qilmasinlar, bolaning ijtimoiylashuvi jarayoni, uning aqliy va irodaviy sifatlarida ma’lum o‘ziga xosliklar kuzatilishi qayd etildi. To‘g‘ri, Rossiyada olingan ma’lumotlar to‘la ma’noda bizning sharoitlar uchun ham taalluqli, deb bo‘lmasa-da, ular o‘tkazgan tadqiqotlardagi to‘liq va noto‘liq oilalarda tarbiyalanyotgan bola ijtimoiylashuvi va unda shaxs sifatlarining kamol topishi borasidagi tadqiqotlari e’tiborga loyiq. Ma’lumki, oila shaxsning ijtimoiy muhit ta’sirlarini o‘zida mujassam etish, bu ta’sir natijasida shakllanadigan insoniy sifatlarning namoyon bo‘lishi uchun eng qulay, maqbul ijtimoiy institutlardan hisoblanadi. Shaxsda biz kundalik hayotda ko‘radigan sifatlarning aksariyati aynan oila muhitida, oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanadi, kamol topadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, oilaning to‘liq yoki noto‘liqligi hususiyati shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga qanday ta’sir qilishini o‘rganish ilmiy nuqtai nazardan ahamiyatga molik masaladir. Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlar olimlar tomonidan asosan ikki xil shaklda kechishi ta’kidlanadi. Birinchisida o‘zaro munosabatlarda yaqinlik, yaxshilik kabi ijobiy xislatlar yuqori darajada, ikkinchisida, qattiqqo‘llik va jazolash. G‘arb mamlakatlarida, shuningdek Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiyada o‘tkazilgan oilaviy munosabatlar borasidagi tadqiqotlardan biz shunday xulosa chiqardikki, bu tadqiqotlarda noto‘liq oila va uning o‘ziga xos tomonlarini ijtimoiy psixologik jihatdan o‘rganishga qaratilgan maxsus izlanishlar juda kam. Bu izlanishlar ko‘proq oiladagi shaxslararo munosabatlarning buzilishi, “tarbiyasi 52 og‘ir bola” kategoriyasining paydo bo‘lishi hamda oilada ota yoki onaning o‘z funksiyalarini qay tarzda bajarishlari doirasida o‘rganiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling