Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111
Xushomadgo‘ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha
oila a’zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o‘zini yerga urib bo‘lsa-da, o‘zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o‘zini hamisha o‘ta kamtar tutishga urishni nazarda tutadi. Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o‘rgataverish, tanqid va nazorat qilish, faqat o‘zidan kuchli odam oldidagina biroz o‘zini jilovlash bilan bog‘liq kommunikativ harakatlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar go‘yoki bir birini to‘ldiradi. Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko‘ra odam hamisha va har qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday odam adashmay, doimo “to‘g‘ri, benuqson” bo‘lishga intiladi. Shuning uchun bunday insonning harakatlari doimo sun’iyday, his-tuyg‘ulari esa mazmunsiz, doimo tazyiq ostiga olinganday bo‘ladi. Chetlashtirilgan muomala uslubi o‘zini nima qilib bo‘lsa-da o‘zgalardan uzoqda, muayyan masofada tutish, odamoviday boshqalarning nazaridan ham, ularning ta’siridan ham o‘zini tortishga intilish bilan bilan tavsiflanadi (masalan, bizda odatda yangi kelinchak o‘zini ana shunday tutadi. Ta’kid : G.Yu.). Yetuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o‘z oila a’zolari bilan to‘g‘ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo‘ladi. Bunday odam o‘zining barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs 38 ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U gapirishni ham maromida eplaydi, o‘zgalarni tinglashni ham biladi, shu sababli, unga qandaydir kommunikativ to‘siqlar xatarli emas. Psixoterapevtik amaliyotda V.Satir K. Rojers kabi barcha muomala uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga alohida e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a’zosini o‘z tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o‘rgatishdir. Masalan, oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “Yakshanba kunlari hamma to‘planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga hech kim xalaqit bermaydi”, “Maktab harajatlari uchun bolalarga muayyan miqdorda pul beriladi” va hokazo. Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko‘tarilmasligi yoki ma’lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etilmasligida ko‘rinadi. Masalan, otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo‘lib qolgani, kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yashamayotganligi, otaning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganligi kabilar odatda oila a’zolari to‘plangan paytda ochiq muhokama qilinmaydi. Chunki rasman taomil bo‘yicha bunday holatlarga bevosita bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo‘lmaydi, shuning uchun ularda shu kabi salbiy tajriba paydo bo‘lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama qilinmaydi. Oila eng avvalo rivojlanuvchi tuzilma bo‘lib, unga yoshga oid qonuniyatlar xosdir. Chunki oila a’zolari yillar o‘tgani sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, keksayadi, shu bois ham oila doimiy o‘zgarish va rivojlanishlarni boshidan kechiradi. Oilaning tarkibiy tuzilmasi ham ilmiy jihatdan muhim bo‘lib, uni eng avvalo 39 alohida individlar tashkil etadi. Alohida individ o‘z xohish-istaklari, ehtiyojlari, hayotiy maqsad-muddaolariga ega dastlabki avtonom birlikdir. Oila a’zolari esa oilaga kirishib, qo‘shilib ketganligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Oilaning ayrim a’zolari butun vujudi, borlig‘i bilan oilaviy hayotga uyg‘unlashib ketgan bo‘lsa, boshqalari uning tarkibiga keyinchalik kirib keladi, (masalan, asrandi bola, kelin, kuyov va hokazo), uy bekasi oilaning “katta onasi” bo‘lsa, yangi tushgan kelinchak ikkinchi xil oila a’zosini tashkil etadi. Lekin barcha oila a’zolari uning psixologik muhitini, undagi samimiyatni barqaror etishga o‘z hissasini qo‘shadi, faqat birinchisi oila manfaatlarini ichkaridan turib, faqat yaxshilikni, barqarorlikni o‘ylab ish tutsa, boshqalari tashqaridan turli ma’lumotlar, “o‘ziga xos havo” olib kirish yo‘li bilan oila muhitini muvofiqlashtiradi. Bunda albatta, asosiy rolni ota-onalar o‘ynaydi, shu bois ushbu tizim olimlar e’tiborini o‘ziga tortadi. O‘zbekiston sharoitida va umuman Sharq xalqlari uchun bu jihat o‘ta muhimdir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling