Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

 Ota-onalarning o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga olgan psixologik tuzilma 
har doim ham er-xotinlik munosabatlarini aynan nazarda tutmaydi, chunki, uni 
cholidan judo bo‘lgan yolg‘iz momo, xola yoki to‘ng‘ich farzand ham tashkil etishi 
mumkin. Shuning uchun psixoterapevtik amaliyotda yoki maslahat uchun ota-
onalar tuzilmasida kimning roli kuchli va sezilarli ekanligini bilish ahamiyatlidir. 
Ota-onalar eng avvalo oilaning xavfsizligi, unda samimiyat muhitining bo‘lishi, 
tarbiya jarayonlarining qanday kechishiga javobgardir. Ular shu oiladagi barcha 
farzandlarning kelajagini, kerak bo‘lsa, juda yaxshi kamol topishi uchun o‘z bilim 
va tajribasini safarbar etadigan insonlardir. 
Umuman, oilaviy o‘zaro munosabatlar, ularning ijtimoiy mohiyati va ularni 
maxsus tarzda o‘rganish g‘oyasi birdan paydo bo‘lgan emas. Agar turli hayot 
bosqichlarida oilaviy turmush tarzining o‘zgarishini inobatga olsak, oilaviy nizolar 
yoki ziddiyatlar shu muayyan muhit uchun tabiiy bo‘lib, uni har bir normal oila 
ham boshdan kechiradi. Shu bois ham o‘zbekchilikda oila va nikoh tushunchalari 


40 
bilan bir qatorda “ro‘zg‘or”, “turmush” kabi tushunchalarni ham qo‘llashadiki, 
momolarimiz unga mohiyatan “g‘or”, “mush deb qo‘yibdi” majoziy o‘hshatishlarni 
qiladilar va bu bilan oilaviy hayotning o‘ziga xos murakkabliklari borligiga ishora 
qiladilar. Bunday zidddiyatlar oilaviy rollar ko‘payganda, farzand tug‘ilganda, 
qudalar bilan munosabatlar boshlanganda, ayriliq ro‘y bergan bosqichlarda
ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Lekin ahil va mustahkam oilada bu ziddiyatlar deyarli 
asoratlarsiz, yengillik bilan o‘tib ketadi. Muammoli oilalarda esa oilaning kattalari 
ularni yengish malakasi va tajribasiga ega bo‘lmay, boshqalarga sezdirib qo‘yadi, 
ba’zan oilaning ichidagi gap-so‘zlar mahallaga, uzoq va yaqin qarindoshlargacha 
yetib boradi.
Shunday qilib, oilaning mustahkam yoki mustahkam emasligi emas, balki 
undagi shaxslararo munosabatlarning ijobiy tusli yoki yomon, salbiyligi oilani 
to‘liq va noto‘liq, mustahkam va muammoli turlarga bo‘lib o‘rganishga asos 
bo‘lgan. Ijtimoiy stereotip shundan iboratki, agar oila to‘liq bo‘lsa, undagi o‘zaro 
munosabatlar yaxshi, agar u noto‘liq bo‘lsa, ya’ni, oilani tashkil etuvchi muhim 
figuralardan biri, masalan, er yoki xotinning bo‘lmasligi munosabatlarning 
salbiyligini bildiradi. Bu aslida bid’at bo‘lib, real hayotda turli sabablarga ko‘ra 
noto‘liq oila yoki yolg‘iz ona tarbiyasida qolgan bolalar oilasining tarbiyalovchi 
funksiyasi a’lo darajada ham bo‘lishi mumkin. 
Lekin 
qator 
tadqiqotlar 
borki, 
ularda 
noto‘liq oiladagi o‘zaro 
munosabatlarning 
destruktiv, 
ya’ni, risoladagiday emasligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar bor. Gap noto‘liq oila hamda undagi destruktiv munosabatlar haqida 
ketganda, ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila turi alohida o‘rin tutadi. 
Ta’kidlash lozimki, ajrimlar tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq oila XX asrning 
oxirlarida keng tarqalgan noto‘liq oila turidir. Rus olimi Golodning [23; 136] 
ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi oilalar ajrimi shu qadar ko‘paydiki, har 100 ta 
nikohga 51 ta oila ajrimi to‘g‘ri keldi. Bunga sabablardan biri ota-onalik 
rollarining bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan sovuqqonlik bilan 


41 
chetlashishidir. Chunki ko‘pgina otalar ajralishgandan so‘ng ma’lum muddat 
o‘tgach, farzandlari bilan umuman yuz ko‘rmas bo‘lib ketishadi.
O‘zbekistonda ham oila va nikoh nechog‘li qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar 
ham yili qayd etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi yillarda yiliga o‘rtacha 
sudlar orqali 25000 mingdan 30000 mingacha oila ajrimlari qayd etiladi.[2;21] 
Ajrimlarning sudlar orqali rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali amalga 
oshiriladigan turlaridan ko‘proqdir. Ajrim bo‘lgan oilalarning 70 foizi yosh oilalar 
bo‘lib, ularda o‘rtacha 2,5 ta bola chala yetim bo‘lib qoladi. Bu kabi noto‘liq 
oilalarda o‘ziga yarasha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar paydo bo‘ladiki, shu bois 
ham davlatimizda oila siyosatining mazmuni noto‘liq oilalar sonini kamaytirishga 
qaratilgandir. Bunda masalaning moddiy tomonidan ham uning ma’naviy-ahloqiy 
tomonlari bizni ko‘proq tashvishga soladi. Chunki bunday noto‘liq oilada onasi 
tarbiyasida qolgan farzandlar ma’naviy jihatdan o‘zlarini kamsitilgan his etib, bir 
umr otasi bilan bo‘lolmaganligidan armonda yashaydi. 
Beva bo‘lib qolish, ya’ni turmush o‘rtog‘ining vafoti munosabati bilan 
noto‘liq bo‘lgan oila ham ko‘proq onaning farzandi bilan yolg‘iz qolishidir. 
Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo‘lgan noto‘liq 
oilanikidan farq qiladi. O‘zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan 
farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o‘ziga 
xoslik qator tadqiqotlarda, jumladan, o‘zbekistonlik olima G.Yadgarova ishlarida 
alohida qayd etilgan [97]. Turmush o‘rtog‘idan birining o‘limi tufayli judolikka 
mahkum etilganlar oilasida ham o‘ziga xos munosabatlar shakllangan bo‘lib, 
ularda go‘yoki “arvoh” oilaviy jarayonlarning barchasida ishtirok etayotganga 
o‘xshaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlarida marhumning ruhini hurmat qilib, barcha 
oilaviy tadbir va marosimlarda ularning ruhlarini shod etuvchi duolar o‘qiladi, ular 
yaxshi gaplar bilan eslanadi. Bu farzandlar tarbiyasida muayyan ma’noda ijobiy rol 
o‘ynaydi. 
Aksariyat noto‘liq oilalarga xos bo‘lgan munosabatlar stili – bu “ona-bola” 


42 
munosabatlaridir. Chunki bunday oilada farzand uchun yagona yetakchi va 
parvarish qiluvchi inson ona hisoblanib, qolgan oila a’zolarining (masalan, onaning 
ota-onasi yoki boshqa qarindoshlar) muayyan ta’siri bo‘lishiga qaramay, baribir 
yetakchi ta’sir onaniki bo‘lib qolaveradi.
Psixologiyada “Ona-bola” o‘zaro munosabatlarining ko‘plab turlari qayd 
etilgan. Biz ularning orasida turlicha munosabatlarni o‘zida mujassam etgan S. 
Brodi variantini keltiramiz [85]. Ushbu variant eski bo‘lishiga qaramay, ko‘plab 
mualliflar uni o‘zlarining tipologiyalariga asos qilib qo‘llab keladilar. Jumladan, S. 
Brodi quyidagi munosabatlar tipologiyasini ajratadi: 
1. Qo‘llab-quvvatlovchi, ruxsat beruvchi xulq-atvor. Bu tipli onalar 
farzandlarini oldindan biror harakatlarni mustaqil bajarishga majbur qilmaydilar, 
masalan, hojatga borishga qachon bolaning o‘zi yetilishini kutadi, so‘ngra bolaga 
ruhsat beriladi. Bu - olimning fikricha, bolada o‘ziga ishonch hissini tarbiyalaydi. 
2. Bolaning ehtiyojlariga moslashish. Ona bola bilan muloqotda hamisha 
muayyan tanglikni his qiladi, uning ehtiyojiga moslashishga urinadi, lekin bu bilan 
baribir bolani ergashtirishga urinadi, undan ustunlik qilishga intiladi. 
3. Mas’uliyatlilik va bolaga nisbatan qiziqishning yo‘qligi. Bunday sharoitda 
ona va bola o‘rtasida iliq munosabatlar deyarli namoyon bo‘lmaydi. Ona ko‘pincha 
bolasining har bir harakati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga moyil bo‘ladi, 
ayniqsa, ozodalik, saranjom-sarishtalik borasida bola doimiy nazoratda ushlanadi. 
4. Izchillik mavjud bo‘lmagan xulq. Ona bolaning yoshi va ehtiyojlariga mos 
kelmaydigan ishlarni ko‘p qiladi, tez-tez adashadi, bolani tushunmaydi. Bunday 
xolat bolada o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni shakllantiradi. 
L.Kovar esa “ona-bola” munosabatlarining o‘ziga xos tomonlarini oilaviy 
o‘zaro munosabatlardan tashqariga olib chiquvchi holat sifatida ham qaraydi. [117]
Bunday munosabatlar avvalo ota-onaning farzandiga nisbatan real munosabatidan 


43 
kelib chiqadi, ya’ni, qanchalik bola onaning jamiyatda tutgan o‘rniga ta’sir qiladi, 
uning professional o‘sishiga to‘g‘anoq bo‘lmaydimi? Agar ushbu savollarga javob 
onaning ijtimoiy mehnatda bandligi foydasiga hal bo‘lsa, u farzandidan tobora 
chetlay boshlaydi. Onaning mehri va e’tiboridan judo bo‘lgan bola esa o‘zgalar 
bilan muloqotdan qochadigan, turli xil jamoatchilik xulqiga zid haraktalarni 
qilishga moyil bo‘lib boraveradi. Boshqa onalar toifasi esa, bir qarashda o‘zini 
to‘la “bolaga baxshida etib”, tunu-kun u bilan shug‘ullanadi, amalda “ho‘jayin - 
qul” munosabatlari doirasida bolani aslida sevishi, uning mustaqilligiga rahna 
solishi mumkin, yoki bolaning aytganini bajo aylab, haddan tashqari erkalatishi 
hisobiga tobora uni har bir talab va injiqliklarini bajo keltiradigan “jazmanidek” rol 
o‘ynaydi. Oxirgi holatlarning hammasi ham aslida noto‘g‘ri psixologik maqom 
bo‘lib, onaning vaqti behuda o‘tishidan tashqari, bolani mustaqil fikrli, o‘z taqdiri 
uchun mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishiga halaqit beradi. 
Shu kabi ona – bola o‘zaro munosabatlarini maxsus tadqiqotlar doirasida 
o‘rgangan zamonaviy olimlar, afsuski, deyarli yo‘q ekan. Nisbatan yangi 
izlanishlardan biri rossiyalik olima Ye. Sokolovaning patopsixologik tadqiqotlariga 
aloqador bo‘lib, u o‘z izlanishlarida, amaliy psixologik maslahatxonalar faoliyati 
misolida “Ona - bola” munosabatlarini usluban farqlagan: 
“1. Hamkorlik. Ona va bolaning o‘zaro muloqotida bir-birini qo‘llab-
quvvatlovchi fikrlar ustuvor bo‘ladi. Muloqot mobaynida bir-biriga yon bosish, 
egiluvchanlik (muloqotda yetakchi va yetaklanuvchi pozitsiyalari tez-tez o‘rin 
almashinadi) ko‘zga tashlanadi. Ona farzandini faollikka undaydi. 
2. Yolg‘izlanish. Oilada hech qachon birgalikda qarorlar qabul qilinmaydi. 
Bola o‘zini oila a’zolaridan chetga tortib, yolg‘izlikka mahkum bo‘ladi, o‘z hissiy 
kechinmalari va fikrlari bilan ota-onasi bilan o‘rtoqlashmaydi. 
3. Raqobat. Oilaviy muloqotdagi sheriklar ko‘pincha bir-birlariga qarshi 
turadilar, bir-birlarini tanqid qiladi, o‘zini ko‘rsatish va o‘z fikrlarini uqtirishga 


44 
harakat qiladi. 
4.Soxta yoki yolg‘ondakam hamkorlik. Oila a’zolari baribir ko‘proq o‘z 
manfaatidan kelib chiqib muomala qiladi. Hamkorlikda qarorlar chiqarish jarayoni 
mohiyatan ishchanlik emas, balki qalbakiroq, o‘yinday sodir bo‘ladi. [49;56]. 
Ye. Sokolova ona bilan bolaning shu tarzdagi o‘zaro munosabtlaridan 
xulosalar chiqarib, onaning yoki farzandning qachon ustun bo‘lishi holatlariga 
e’tiborni qaratadi. Masalan, ona yetakchilik yoki ustunlik qilgan holatlarda u 
bolaning takliflarini, istaklarini rad qilaveradi, bola esa bu rad javoblarini qabul 
qiladi, shu orqali o‘zini rioya etuvchi, shu bilan birgalikda muhofazada deb his 
qiilishga o‘rganadi. Agar buning aksi bo‘lib, bola ustunlik qilgan oila sharoitlarida 
esa ona bolaning barcha injiqliklarini qabul qilaveradi, bu bilan o‘z kamchiliklarini 
oqlaydi, bolaning nochorligini tan olish orqali, o‘zini “qurbon” qilaveradi. 
Albatta noto‘liq oilada ko‘pincha otaning o‘rni bo‘lmasligini inobatga 
olgach, ayrim olimlar ona uchun er o‘rnini bosadigan bola bilan bo‘ladigan o‘zaro 
munosabatlarni tahlil qiladilar. V.N. Drujininning yozishicha, er o‘rnini bosgan 
bola bo‘lgan oilada “ona o‘ziga nisbatan hamisha e’tibor, g‘amho‘rlikni talab 
qiladi, hamisha farzandi bilan birga bo‘lishni hoxlaydi, uning shaxsiy hayotiga 
taalluqli bo‘lgan hamma narsadan xabardor bo‘lishni istaydi, bolaning tengqurlari 
bilan bo‘ladigan aloqalarini imkon darajasida cheklaydi”[26]. Bundan tashqari, 
ajralishib 
ketgan 
er-xotinlarning 
farzandlari 
onasidan 
boshqacharoq 
munosabatlarni ham ko‘rishi mumkin, lekin psixolog olimlarning fikricha, ularning 
barchasida bola shaxsiyatini kamsituvchi, uning mustaqil bo‘lishiga halaqit 
beruvchi jihatlar mavjud. 
Oilalar tipologiyasi muammolari bilan, ma’lumki, sotsiologlar ham 
shug‘ullanadi. Masalan, rossiyalik sotsiolog olimlar, jumladan,

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling