Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish
Ilovalar…………………………………………………………………………
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111
Ilovalar…………………………………………………………………………..
4 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Hammamizga yaxshi ma’lumki, oila jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanadi.Vatanimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning gullab-yashnashi oilalarda tug’ilib voyaga yetib kelayotgan barkamol avlodlarga chambarchas bog’liq. Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakteri,tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar-yaxshilik va ezgulik,olijanoblik va mehr-oqibat,or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.Shuning uchun ham oilada ota-ona farzand o’rtasidagi munosabatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilishi oila mihitida paydo bo’ladigan ota-onaga hurmat,farzandlarga esa izzat ko’rsatish bilan qaror topadi. Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,inson o’z umri davomida oladigan barcha ma’lumotlarning 70%ini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak,aynan ota-onaning farzandga bo’lgan munosabati uning kelajakda psixik jarayonlari,his-tuyg’ulari, intellektual,fiziologik va psixologik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Yosh avlodning xulq- atvori va barcha ijobiy va salbiy xususiyatlarining shakllanishida eng avvalo oiladagi muhit,shaxslararo munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi.Bugungi o’ta shiddat bilan rivojlanib borayotgan hayot insonlarning oila,qadriyatlar,oiladagi shaxslararo munosabatlar kabi masalalarda ham dunyoqarashlarning o’zgarishiga olib kelmoqda. Jamiyatning hozirgi o’ta mas’ulyatli davrda biz o’z oldimizga qo’ygan vazifalar juda murakkab bo’lib, ularni to’liq va sifatli amalga oshirish uchun barchamiz bir musht bo’lib harakat qilishimiz kerak. 1 Mamlakatimizning xar tomonlama rivojlanishi dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallashi 1 “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” Toshkent-O’zbekiston-2017.37-bet. 5 fuqorolarimizga bevosita bog’liq bo’lib , ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni o’ziga bo’lgan bilimi va aql zakovatiga bo’lgan ishonch psixologiyasining mexanizmlarini qay darajada rivojlanganligi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi,shaxsning psixik jarayonlari, his-tuyg’ulari, intellektual,fiziologik va psixologik rivojlanishi,maqsad sari intilishi,o’z oldiga yuksak maqsadlar qo’yib kelajakda unga erishishi ko’p jihatdan oila va oiladagi ota-ona farzand munosabatlariga bog’liq. Shu boisdan ham bugungi kunda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son “Xotin- qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2012 yil 27 fevraldagi PQ-1717-son “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarori, 2018 yil 27 iyundagi PQ-3808-son “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 martdagi 229-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, mamlakatimizda oila, oilada ota-ona farzand munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida oilani rivojlantirish, yangi oilaviy munosabatlarni shakllantirish, oila instituti va oila siyosatining zamonaviy modeli, postindustrial jamiyatda oila instituti inqirozlari, oila kichik guruh sifatida, yosh oilalar va ularning muammolarini hal etish yo‘llari, familistika va genderologiyaning ijtimoiy-madaniy muammolari, oilada psixologik xizmatni joriy etish, oila psixodiagnostikasi, oiladagi gender rollar, oila va maktab o‘zaro hamkorligi psixologiyasi, ijtimoiy xavflar sharoitida oila, farzandlikka olgan oilalarda ota-ona 6 va farzand munosabatlarini psixologik-pedagogik tashkil etish va har xil etnik tizimlarda oilani shakllantirishning psixologik asoslari, oiladagi er-xotin munosabatlarini muvofiqlashtirishning psixologik mexanizmlari doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarga hamohang tarzda oilada ota-ona farzand munosabatlarining ijtimoiy psixologik muammolariini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, oila jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va xuquqiy rivojlanishiga poydevor bo‘ladigan asosiy ijtimoiy institut hisoblanadi. Oilaning jamiyat ma’naviy hayoti, uning barqarorligidagi o‘rni va nufuzi haqida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev so‘zlagan nutqlarida “Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avalambor inson qaerda ishlashidan qat’iy nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hesh qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini istagini bilaman”. “Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, halqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni baxtli deb bilaman”,-deya ta’kidladilar. Shunday ekan oiladagi shaxslararo munosabatlar,ayniqsa,ota-ona va farzand munosabatlari bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Hammamiz yaxshi tushunamizki,oldimizda turgan keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish uchun kadrlar bilan ishlashninhg butun tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni amalga oshirishimiz kerak deydi- prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. 2 Bu gaplar albatta oilaviy munosabatlar masalalarida ish olib borayotgan psixologlarga ham taalluqlidir. Mamlakatimizda qabul 2 “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’Toshkent-O’zbekiston-2016.25-bet 7 qilinayotgan va juda katta etibor qaratilayotgan masalalardan biri deya etirof etilayotgan oila va oilaviy munosabatlar masalasi unga qaratilishi zarur bo’lgan qaror,farmon va farmoishlarning ishlab chiqilayotganligi ham mavzuning naqadar dolzarb ekanligini isbotlaydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling