Mavzu: Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzarning nomlanishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi Reja: Kirish Asosiy qism


Download 374.08 Kb.
bet3/8
Sana23.01.2023
Hajmi374.08 Kb.
#1112614
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
oksidlar

3) Amfoter oksidlar – ham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III) oksidi, Cr2O3 – xrom (III) oksidi, Mn2O3 – marganets (III) oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV) oksidi, V2O3 – vanadiy (III) oksidi va h.z.
4) Indefferent (befarq) oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II) oksidi, N2O – azot (I) oksidi, CO – uglerod (II) oksidi va h.z.
5) Qo‘sh (aralash) oksidlar – ikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO.Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO.Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO.Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO.PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4(CoO . Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO.Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO.Al2O3), MgAl2O4 (MgO.Al2O3) va h.z.
Oksidlarning olinish usullari
1. Oddiy moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:

C + O2(kam) = 2CO
C + O2(mo‘l) = CO2
Mg + O2 = 2MgO

S + O2(kam) = SO2
S + O2(mo‘l) = 2SO3



2. Ayrim murakkab moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:

4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
H2S + O2(kam) = S + H2O

H2S + O2(mo‘l) = SO2 + H2O
FeS2 + O2 = Fe2O3 + SO2
CuS + O2 = CuO + SO2

3. Asoslarni parchalab ham (degidratlash – suvni ajratish) oksidlar olinadi:

Cu(OH)2 → CuO + H2O
2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O

Ca(OH)2 → CaO + H2O
2Al(OH)3 →Al2O3 + 3H2O

4. Ayrim kislotalarni parchalab (degidratlash – suvni ajratish) ham oksidlar olish mumkin:

H2SiO3 → SiO2 + H2O
H2CO3 → CO2 + H2O
H2SO3 → SO2 + H2O

4HNO3 → 4NO2 + O2 + 2H2O
H2C2O4 → CO + CO2 + H2O
6HClO4 + P2O5 = 2H3PO4 + 3Cl2O7

5. Tuzlarni parchalash yo‘li bilan ham olish mumkin:

Ca(HCO3)2  CaO + 2CO2 + H2O
CaCO3  CaO + CO2
2Cu(NO3)2  2CuO + 4NO2 + O2
(CuOH)2CO3  2CuO + CO2 + H2O

FeSiO3  FeO + SiO2
Cr2(SO3)3  Cr2O3 + 3SO2
NH4NO3  N2O + H2O
(NH4)2Cr2O7  N2 + Cr2O3 + 4H2O

6. Oksidlardan oksidlarni olinish:

2NO + O2 = 2NO2
2CO + O2 = 2CO2
2SO2 + O2 = 2SO3
2NO2 = 2NO + O2

2CO2 = 2CO + O2
2SO3 = 2SO2 + O2
HgO + 2Cl2  Cl2O + HgCl2

7. Ayrim metallar suv bug‘i bilan yuqori haroratda oksidlar hosil qiladi:
3Fe + 4H2O  Fe3O4 + 4H2
3Mn + 4H2O  Mn3O4 + 4H2
3Cr + 4H2O  Cr3O4 + 4H2
2Al + 3H2O  Al2O3 + 3H2
8. Tuzlarga kislotalarning ta’siridan ham oksidlar olish mumkin:
Na2CO3 + 2HCl  2NaCl + CO2 + H2O
K2SO3 + 2HCl  2KCl + SO2 + H2O
CaSiO3 + H2SO4  CaSO4 + SiO2 + H2O
9. Kislotalarga metall yoki metalmaslarni ta’siridan oksidlarni olinishi:
Cu + 4HNO3  Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
2Ag + 2H2SO4  Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
2H2SO4 + C  CO2 + 2SO2 + 2H2O


Oksidlarning fizik xossalari
Asosli oksidlarning barchasi turli rangli qattiq moddalar bo‘lib, kristall va amorf tuzilishga ega: FeO – qoramtir, Ag2O va CuO – qora, CaO, MgO, Na2O, K2O, MnO – oq rangli, CoO – ko‘kimtir yashil, NiO – yashil, Cu2O – qizil va h.z. Ishqoriy metallarning oksidlar suvda yaxshi eriydi va asoslar(ishqorlar)ni hosil qiladi, ishqoriy-er metallarni oksidlari suvda kam eriydi, qolgan metallarning oksidlari suvda deyyarli erimaydi. Asosli oksidlar yuqori temperaturada suyuqlanadigan, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar.
Kislotali oksidlar (angidridlar) turli rangda va agregat holatlarda bo‘lishi mumkin: CO2, SO2, NO, NO2, Cl2O – gazsimon, SO3, Cl2O5suyuqlik, P2O5, CrO3, Mn2O7, N2O5, SiO2, V2O5 – qattiq moddalar. CrO3 – qizg‘ish sariq, P2O5, N2O5, SiO2 – oq rangli, V2O5 – sariq, Mn2O7 – qoramtir-binafsha va h.z. Kislotali oksidlar ayrimlari suvda yomon eriydi, ularning suvdagi eritmalari nordon ta’mga ega bo‘lib, gazsimon moddalarning eruvchanligi bosim ortishi bilan ortadi.
Amfoter oksidlar qattiq moddalar bo‘lib, amorf ayrimlari kristall moddalar va suvda erimaydi. Fe2O3 – qo‘ng‘ir rangli, Al2O3, ZnO, BeO – kul rang va h.z.
Qo‘sh (aralash) oksidlar juda qattiq, rangli kristall moddalar bo‘lib, paramagnit xossaga ega. SHuning uchun radiotexnikada va qimmatbaho toshlar sifatida ishlatiladi.
Oksidlarning kimyoviy xossalari
1. Asosli oksidlar suv bilan ta’sirlashib, tegishli asoslar(ishqorlar)ni, kislotali oksidlar esa tegishli kislotalarni hosil qiladi:

Na2O + H2O  2NaOH
MgO + H2O  Mg(OH)2
SrO + H2O Sr(OH)2
CaO + H2O  Ca(OH)2
K2O + H2O  2KOH
NO2 + H2O  HNO2 + HNO3

SO2 + H2O  H2SO3
4NO2 + O2 + 2H2O  4HNO3
P2O5 + H2O(sovuq)  2HPO3
P2O5 + 3H2O(iliq)  2H3PO4
Cl2O7 + H2O  2HClO4
CrO3 + H2O  H2CrO4

2. Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:

CaO + SiO2  CaSiO3
3MgO + P2O5  Mg3(PO4)2
Na2O + CO2  Na2CO3

FeO + SiO2  FeSiO3
K2O + SO2  K2SO3
Mn2O3 + 3SO3  Mn2(SO4)3

3. Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashsa tuz va suv hosil bo‘ladi:
MgO + H2SO4  MgSO4 + H2O
CrO + 2HCl  CrCl2 + H2O
K2O + 2CH3COOH  2CH3COOK + H2O
CuO + 2HNO3  Cu(NO3)2 + H2O
4. Kislotali oksidlar asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:

CO2 + 2NaOH  Na2CO3 + H2O
CO2 + NaOH  NaHCO3
N2O5 + Ca(OH)2  Ca(NO3)2 + H2O
CO2 + 2Cu(OH)2 CuC+ H2O

P2O5 + 2KOH + H2O 2KH2PO4
P2O5 + 4KOH  2K2HPO4 + H2O
P2O3 + 6KOH K3PO3 + 3H2O

5. Amfoter oksidlar asosli oksidlar bilan ham, kislotali oksidlar bilan ham ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:

Al2O3 + K2O  2KAlO2
BeO + Na2O  Na2BeO2
ZnO + Na2O  Zn2BeO2
Fe2O3 + K2O  2KFeO2

Al2O3 + SO3  Al2(SO4)3
BeO + N2O5  Be(NO3)2
Fe2O3 + N2O5  Fe(NO3)3
ZnO + SO3  ZnSO4

6. Amfoter oksidlar asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham ta’sirlashib tuzlar suv hosil qiladi:

Al2O3 + 2KON  2KAlO2 + H2O
BeO + NaON  Na2BeO2 + H2O
ZnO + NaON  Zn2BeO2 + H2O
Fe2O3 + 2KON  2KFeO2 + H2O
Cr2O3 + 6KON  2K3CrO3 + 3H2O

Al2O3 + 3N2SO4  Al2(SO4)3 + 3H2O
BeO + 2NNO3  Be(NO3)2 + H2O
Fe2O3 + 6NNO3  2Fe(NO3)3 + 3H2O
ZnO + N2SO4  ZnSO4 + H2O
SnO + 2HCl  SnCl2 + H2O

7. Amfoter oksidlar ayrim tuzlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi:
Cr2O3 + 3K2CO3  2K3CrO3 + 3CO2
BeO + Na2CO3  Na2BeO2 + CO2

2.Kislotalar va ularning kimyoviy xossalari.
KISLOTALARmetallarga o‘rnini beradigan vodorod atomlari va kislota qoldig‘idan iborat murakkab moddalar. Masalan: H2SO4 – sulfat kislota, HNO3 – nitrat kislota, HMnO4 – permanganat kislota, H2SiO3silikat kislota, H2FeO4 – ferrat kislota, HCN – sianid kislota, H4P2O7 – difosfat kislota, H2CrO4 – xromat kislota, H2S – sulfid kislota va h.z. Kislotalarni molekulasi tarkibiga qarab kislorodsiz kislotalar va kislorodli kislotalarga bo‘lish mumkin.

Formulasi

Nomi

Grafik formulasi

HF

Ftorid kislota

H – F

HCl

Xlorid kislota

H – Cl

HBr

Bromid kislota

H – Br

HI

Yodid kislota

H – I

H2S

Sulfid kislota

H – S – H

H2Se

Selenid kislota

H – Se – H

H2Te

Tellurid kislota

H – Te – H

HCN

Sianid kislota

H – C ≡ N

HCNS

Rodonid kislota

H – S – C ≡ N

HN3

Azid kislota

H – N = N ≡ N


Download 374.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling