Mavzu: Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzarning nomlanishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi Reja: Kirish Asosiy qism
Download 374.08 Kb.
|
oksidlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir asosli kislotalar
- Ikki asosli kislotalar
- To‘rt asosli kislotalar
- Besh asosli kislotalar
- Kislotalarning olinish usullari
Kislorodsiz kislotalar – molekulasida kislorod atomi uchramaydigan kislotalar.
Kislorodsiz kislotalar odatda gaz moddalar bo‘lib, ular suvda erib, kislota hosil qiladi. 2) Kislorodli kislotalar – molekulasida kislorod atomi saqlaydigan kislotalar.
Kislotalarni molekulasidagi vodorod atomlari soniga qarab (dissotsilanganda ajralgan vodorod kationlari miqdoriga qarab) bir asosli (negizli) va ko‘p asosli (negizli) kislotalarga ajratish mumkin. Bir asosli kislotalar – molekulasida bitta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: HOCN – Sianat kislota, HMnO4 – Permanganat kislota, HIO3 – Yodat kislota, HBrO4 – Perbromat kislota, HBrO2 – Bromit kislota, HBr – Bromid kislota, HI – Yodid kislota, HCl – Xlorid kislota, H3PO2 – Gipofosfat kislota, HCOOH – Metan (CHumoli) kislota, CH3COOH – Etan (Sirka yoki atsetat) kislota va h.z. Ikki asosli kislotalar – molekulasida ikkita vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H2FeO4 – Ferrat kislota, H2UO3 – Uranit kislota, H2MnO4 – Manganat kislota va h.z. Uch asosli kislotalar – molekulasida uchta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H3VO4 – Vanadat kislota, H3AsO4 – Arsenat kislota, H3PO4 – Ortofosfat kislota, H3AlO3 – Alyuminat kislota va h.z. To‘rt asosli kislotalar – molekulasida to‘rtta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H4P2O7 – Difosfat (Bifosfat) kislota, H4SiO4 – Ortosilikat kislota, H4MnO4 – Ortomanganit kislota, H4PbO4 – Ortoplyumbat kislota va h.z. Besh asosli kislotalar – molekulasida beshta vodorod atomi saqlagan kislotalar. Masalan: H5IO6 – Peryodat kislota va h.z. Kislotalarning nomlanishi Kislotalar 1979 yilda IYUPAK qabul qilgan nomenklaturaga asosan nomlanadi. 1. Kislorodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HF – ftorid, HCl – xlorid, HBr – bromid, H2S – sulfid, HCN – sianid, HN3 – azid, H2Se – selenid, H2Te – tellurid, HCNS – rodonid va h.z. 2. Kislorodli kislotalar kislota hosil qiluvchi elementning oksidlanish darajasiga (valentligiga) asoslanib nomlanadi: a) Eng past oksidlanish darajasida bo‘lsa “gipo” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO – gipoxlorit, HBrO – gipobromit, HIO – gipoyodit va h.z., b) O‘rtacha oksidlanish darajasida bo‘lsa “it” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO2 – nitrit, H3PO3 – fosfit, H3AsO3 – arsenit, H2SO3 – sulfit, H2SeO3 – selenit, HClO2 – xlorit, HBrO2 – bromit va h.z., v) Yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “at” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO3 – nitrat, H3PO4 – fosfat, H3AsO4 – arsenat, H2SO4 – sulfat, H2SeO4 – selenat, HClO3 – xlorat, HBrO3 – bromat va h.z., g) Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari kamiga “meta”, ko‘piga “orto” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HBO2 – metaborat, H3BO3 – ortoborat, H2SiO3 – metasilikat, H4SiO4 – ortosilikat, HPO3 – metafosfat, H3PO4 – ortofosfat va h.z., d) Kislota hosil qiluvchi element juda yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “per” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO4 – Perxlorat kislota, HBrO4 – perbromat kislota, HIO4 (H5IO6) – peryodat kislota, HMnO4 – permanganat kislota va h.z. e) Ikki molekula bir xil kislota birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan hosil bo‘lsa, bunday kislotalar “piro” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: H4P2O7 - pirofosfat (Bifosfat) kislota, H2S2O5 - pirosulfit kislota, H2S2O7 – pirosulfat kislota va h.z. Kislotalarning olinish usullari 1. Kislotali oksidlar (angidridlar)ni suvda eritish: SO2 + H2O H2SO3 N2O5 + H2O 2HNO3 P2O5 + 3H2O 2H3PO4 2NO2 + H2O HNO2 + HNO3 2. Kislorodsiz kislotalar metalmaslarni vodorod bilan bevosita reaksiyasidan olinadi: H2 + Cl2 2HCl H2 + S H2S H2 + I2 2HI 3. Kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir qilib: CaSO3 + 2HCl CaCl2 + H2SO3 NaNO2 + HCl NaCl + HNO2 K2SiO3 + H2SO4 K2SO4 + H2SiO3 Na2S + H2SO4 Na2SO4 + H2S Mg3(PO4)2 + 3H2SO4 3MgSO4 + 2H3PO4 4. Metalmaslarni kuchli kislotalar bilan oksidlash: S + 2HNO3 H2SO4 + NO 3P + 5HNO3 + 2H2O 3H3PO4 + 5NO 5. Ba’zi metalmaslarning birikmalarini gidrolizga uchratib: PCl5 + 4H2O H3PO4 + 5HCl PBr3 + 3H2O H3PO3 + 3HBr 6. Kislorodsiz kislotalar tuzlariga konsentrlangan kuchli kislotalar ta’siri: 2NaCl + H2SO4 Na2SO4 + 2HCl K2S + 2HCl 2KCl + H2S ZnBr2 + H2SO4 ZnSO4 + 2HBr Download 374.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling