Mavzu: O‘lchash ishlarida xatoliklarining nazariy elmentlari


Download 31.58 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi31.58 Kb.
#1303807
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘lchash ishlarida xatoliklarining nazariy elmentlari


Mavzu: O‘lchash ishlarida xatoliklarining nazariy elmentlari

Reja:




  1. Umumiy tushunchalar.

  2. O‘lchash xatoliklari va ularning turlari.

  3. O‘rtacha arifmetik xatolik, o‘rtacha kvadratik xatolik, funksiyaning o‘rtacha kvadratik xatoligi.

  4. Qo‘pol xatolik, Tasodifiy xatolik.

  5. Ikki o‘lchashlar bo‘yicha baholash.


O‘lchash xatolari klassifikatsiyasi


O‘lchash bevosita va bavosita o‘lchashlarga bo‘linadi. Bevositao‘lchashda o‘lchov birligi hisoblanuvchi asbob o‘lchanayotgan ob’yektga taqqoslanadi. Masalan, joyda masofani po‘lat lenta (ruletka) bilan, burchakni teodolit bilan o‘lchash, qog‘ozda chiziq uzunligini chizg‘ich bilan, burchakni transportir bilan o‘lchash bevosita o‘lchash bo‘lib hisoblanadi. Bavositao‘lchashda ob’yekt bevosita o‘lchanmasdan, uning kattaligini boshqa bevosita o‘lchagan kattaliklar natijalaridan foydalanib aniqlanadi. Masalan, uchburchakning o‘lchangan tomon uzunliklaridan foydalanib, kosinuslar teoremasi yordamida burchaklarni hisoblab topish mumkin.
O‘lchashlar teng aniqlikda yoki teng emas aniqlikda bajarilishi mumkin. Bir xil malakali ishchilar tomonidan, bir xil aniqlikdagi asbob bilan, bir xil usulda va sharoitda bajarilgan o‘lchash teng aniqlikdagi o‘lchash bo‘ladi. Bu shartlardan birontasi o‘zgarsa, teng emas aniqlikda o‘lchash bo‘ladi.
Geodezik o‘lchashda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi, o‘lchash aniqligiga baho berish, xatolikni kelib chiqish sabablari va ularni aniqlash bilan o‘lchash xatolari nazariyasi shug‘ullanadi. O‘lchash xatoligi kelib chiqish sabablariga ko‘ra qo‘pol, sistematik (takrorlanuvchi) va tasodifiy xatolarga bo‘linadi.
Qo‘pol xato. O‘lchash yoki hisoblash vaqtida yanglishish, o‘lchash ishini bajarayotgan kishining parishonxotirligi, o‘lchash asbobini buzuqligi qo‘pol xatoga olib keladi. Qo‘pol xatoni aniqlash uchun har qanday o‘lchash kamida ikki marta bajariladi, hisoblashda albatta nazorat hisobi amalga oshiriladi.

Download 31.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling