Mavzu: O’lchashlarning usullari va turlari
Maxsulot shtrixli kodlanish uchun ayrim davlatlarning EA kodi
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu O’lchashlarning usullari va turlari
Maxsulot shtrixli kodlanish uchun ayrim davlatlarning EA kodi
Kodlar tartibidan iborat: -davlat kodi davlat bayrog’i: -korxona firma tayyorlovchi kodi. -nazorat soni. Ba`zan tayyorovchi korxona kodinig urniga maxsulotning qayd etish tartibi raqami keltirilishi ham mumkin. Raqamlar qatori skayner uchun emas balki xaridorlar uchun mo’ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma`lumot faqat maxsulot tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki davlat kodi maxsus nashrlarda va ma`lumotnomalarda keltirilib turadi yoki ma`lumot bazalarida saqlanishi mumkin. To’lik shtrixli kodi tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo obe`ktlariga maxsulotning aniq kelib chiqishi rekvizitalari bilan va kerak bo’lsa maxsotning kontrakt shartnoma talablariga mos kelmaydigan parametrlari va ko’rsatkichlari borasida aniq manzilga radiya yoki norozilik bildirish imkoniyatlarini yaratadi. O’zbekiston Respublikasida shtirx-kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda. 1999 yili O’zdavstandart qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatalshtirish sohasidagi mutaxasislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida shtrix-kodlar masalalari bilan shug’ullanuvchi markaz tashkil etiladi. Ushbu markazning ta`sis etilishidan maqsad maxsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ’ib etishdir. Albatta bunda xalk’aro me`yoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirish alohida ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etishi eng avvalo 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida nomi konunning 4 moddasida ko’rsatilgan iste`molchining xarid qilinayotgan maxsulot haqida zarur va ishonchli ma`lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi. Shtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi. -avtomatlashtirilgan bosharuv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi. -ishlab chiqarish, maxsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi. -resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi. -hujjatlar aylanishini qisqartiradi. -maxsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma`lumotlarni muntazam ravishda yig’ishini yo’lga qo’yish mumkin. -boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda maxsulot xususidagi ma`lumotlarni tavsiya etish. Biroq xaridor sotib olayotgan maxsulotning faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma`lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma`lumotlarni ham bilishini istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish vositalarida hal etilish va mumkin. Biroq buning uchun sertifikatlashtirish yo’li Bilan tasdiqlanuvchi standartlarning majburiy talablarining ro’yxatini kengaytirish lozim bo’ladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling