347-mashq. Quyida noto‘g‘ri izohlangan iboralarni to‘g‘rilab ko‘chiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Bunda o`quvchilar guruhlarga bo`linib mashqni bajarishsa ham dars qiziqarli boladi va shuningdek o`quvchilarning ham darsga bo`lgan qiziqishi ortadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek boshqa mavzu va ona tili va adabiyoti darslarida ham iboralarga to`xtalmoqlik joizdir. Dars davomida turli o‘yin topshiriqlardan foydalanishimiz ham mumkin. Misol tariqsida shuni aytishimiz mumkinki, 6-sinfda “Shaxs otlari” mavzusini o`tganda ham qiziqarli tarzda iboralar ustida ishlash mumkin. Masalan: shaxs otlari o‘rnida qo‘llaniladigan iboralarni topishni buyuramiz. Bunda o‘quvchilar uch guruhga bo‘linib kim ko‘p shaxs otlariga misol bo‘lgan iboralarni sinf taxtasiga yozadilar.
Namuna
Do'stlaringiz bilan baham: |