Mavzu: Ona tili darslarida iboralar ustida ishlash Reja
Download 21.55 Kb.
|
ona tili darslarida iboralar ustida ishlash....
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namuna 1 – guruh 2 – guruh
Namuna iboralar
Bo‘rttirib yubormoq – pashshadan fel yasamoq, Biron gapni bexosdan aytmoq – tomdan tarasha tushganday, Aybsizdan ayb topmoq – qilda qiyiq axtarmoq, Befoyda sarflamoq – suvga oqizmoq, 5.Ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida oldindan gapirib yurmoq – to‘ydan oldin nog‘ora qoqmoq. 6.Kayfiyati yomon, xafa – kayfi buzuq. 7.Yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan – yuragi toza. 8.Qurquv aralash hech narsa diyolmoy lol bo‘lib qolmoq – nafasi ichiga tushib ketdi. 9.Yengil yelpi jazolamoq, urushib qo‘ymoq – tanbeh bermoq. 10. Qo‘rqmay botinmoq hayiqmaslik – ta tortmaslik. 11. Kayfiyati yomonlashdi – tabi xiralashdi. 12.Qilmishiga yarasha jazo olish – tazirini yemoq. Iboralarni bunday tartibda o‘rgatish orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi oshadi. Nutqning rang-barangligi va jozibadorligi ta’minlanadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchilarning nutq madaniyati takomillashib boradi. Bu o‘yin o‘quvchilarni o‘ylashga fikr yuritishga o‘z ustilarida yanada ko‘proq ishlashga undaydi, hamda darsga qiziqishlarini yanada oshiradi. Shuningdek, iboralar mavzusini o`tish jarayonida quyidagi o‘yin topshiriqni o‘quvchilarga bajartirishimiz mumkin. O‘yin “Ma’nosini kim biladi?” deb nomlanib o‘quvchilar “Bilimdonlar” va “Zukkolar” deb nomlangan guruhlarga bo‘linadi. Birinchi “Bilimdonlar” guruhi, bir iborani aytadi masalan; shovqin solmoq, Ikkinchi “Zukkolar” guruhi esa shu iboraning ma’nodoshi sinonimini topadilar, masalan; boshiga ko‘tarmoq o‘yin shu taqlid davom ettiriladi. Qaysi guruh iboralarni to‘liq topib, mashqni to‘g‘ri bajarsa o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi. Namuna 1 – guruh 2 – guruh Bir chimdim Bir shingil Boshiga ko‘tarmoq Shovqin solmoq Boshiga yetmoq Boshini yemoq Bo‘yniga olmoq Zimmasiga olmoq Dabdalasi chiqdi Abjag‘i chiqdi Dimog‘i chog‘ bo‘ldi Ko‘ngli ochildi Yuragini hovuchlab mijja qoqmadi Jonini hovuchlab Mijja qoqmadi Ko‘z yummadi Yuragi shuv etib ketdi Yuragi orqasiga tortib ketdi Esi og‘di Aqldan ozdi Yoqasini ushladi Hayratda qoldi Shamolga uchdi Zoye ketdi Jigaridan urmoq Yuragidan urmoq Ignadek “ni tuyadek” qilmoq Pashshadan fel yasamoq Bu o‘yin topshiriq o‘quvchilarning fikrlashlarini o‘z ustida ko‘proq ishlashini ta’minlaydi. Iboralarning ma’nodoshliligini yaxshi ajratib olishlariga va shu iboralarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga imkon beradi. O‘quvchilar lug‘at boyligining muhim qismini ibora va tasviriy ifodalar tashkil etadi. Ibora, odatda, bir so‘zga teng keladigan so‘zlar qo‘shilmasi bo‘lib, u nutqimizni boyitadigan, go‘zallashtiradigan va ta’sirchanligini oshiradigan muhim vositalardan biri sanaladi. O‘quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadida berilgan iboralarni so‘z1ar bilan almashtirish yoki, aksincha, so‘zlar o‘rnida iboralarni qo‘1lash, iboralarning ma’nosini sharhlash, berilgan iboralarga yaqin ma’noli iboralarni tanlash, berilgan iboralarga qarama- qarshi ma’noli iboralar tanlash kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin. Quyida ana shunday topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz: l-topshiriq. Gap juftlarida ajratilgan qismlar orasida qanday ma’no munosabatlari borligini aniqlang. Xaridor xursand bo`ldi. Xaridorning chehrasi ochildi. Bolalar xafa bo`lishadi. Bolalarning hafsalasi pir bo`ldi. O‘quvchilar quvonishdi. O’quvchilarning boshi ko ’kka yetdi. Sarvinoz bilan Sitora yaqin do ’st. Raxima bilan Nafisaning oralaridan qil o'tmaydi. 2-topshiriq. Berilgan iboralarning ma’nosini tushuntiring, ular ishtirokida gaplar tuzing. Mazasi qochdi, alamini oldi, baloga qoldi, bag’ri tosh, bel bog’ladi, gapi bir joydan chiqdi, yeng shimardi, joni halqumiga keldi, kalavaning uchini topdi, oq-qorani tanidi, tili bir qarich, terisiga sig’madi. 3-topshiriq. Berilgan so‘z1ami iboralar bilan almashtiring, ular yordamida gaplar tuzing. Download 21.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling