Mavzu: Ona tili darslarida iboralar ustida ishlash Reja
Download 21.55 Kb.
|
ona tili darslarida iboralar ustida ishlash....
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Tili qichidi —gapirgisi keldi.
Ushbu topshiriq o‘quvchilarning iboralarni qanchalik yaxshi bilishlarini sinab ko‘rishdan iborat. Iboralar nutqning ta’sirchanligi va rang-barangligini ta’minlaydi. Shaxs otlariga ko‘p iboralar topa olgan va ushbu iboralarni izohlab, tushuntirib bergan guruh o‘quvchilari g‘olib deb topiladi va rag‘batlantiriladi. Shuningdek, uyga vazifa qilib shaxs oti bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar topib kelish buyuriladi. Namuna Orqasidan tushmoq- qayerga borsa, zimdan ta’qib qilib bormoq Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi- umidi puchga chiqib, bo‘shashmoq. Tekkanga tegib tegmaganga kesak otmoq- tegajaklik qilib, hech kimga tinchlik bermaslik. Tepsa tebranmas- har qanday ishni ham imillab qiladigan sustkash. Chumchuq “pir” etsa yuragi “shir” etadi- o‘taketgan qo‘rqoq. Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq- yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ymoq. Bundan tashqari, o‘quvchilarga ona tili mashg‘ulotlarida iboralar lug‘atini tuzdirish, iboralarga zid ma’noli, muqobil ibora yoki so‘z birikmalari tanlash kabi mashqlar ham so‘z boyligini oshirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida iboralar ustida ishlash yuzasidan bajariladigan mashqlardan namunalar beramiz. Iboralar mazmunini sharhlang, ulami avval ma’nodoshlari, so‘ngra oddiy so‘zlar bilan almashtiring.Gapi bir joydan chiqdi, og‘iz-burun o‘pishdi —kelishdi. Dimog‘i chog‘ bo‘ldi, vaqti chog‘, chehrasi ochildi, og‘zi qulog‘iga yetdi, boshi osmonga yetdi... —xursand bo‘ldi.—yeng shimarib, ishga tushdi, boshi bilan sho‘ng‘idi, g‘ayrat qildi —astoydil ishga tushdi. —Tili qichidi —gapirgisi keldi.2. Iboralami zid ma’nodagi muqobillari bilan almashtiring. —Dimog‘i chog‘ —kayfiyati buzuq.—yeng shimarib —qo‘l uchida, naridan-beri. Shu bilan birga, o`quvchilar tomonidan to‘plangan iboralami guruh ishtirokida eshitish, to‘g‘rilash, tahlil qilish, to‘ldirish mashqlari o‘tkazilishi ularda til sezgirligi, so‘z tanlash mahorati, matn yaratish madaniyatining shakllanishiga sabab bo‘ladi_________________________ 2.B.To`xliyev, M.shamsiyeva, T, Ziyodova “O`zbek tili o`qitish metodikasi” Toshkent-2006 Shuningdek ona tili va adabiyoti darslari davomida turli o`yinlar, jumladan “Kim chaqqon” deb nomlangan o`yindan foydalanish ham mumkin. Bu o`yinda sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirok etadi. Ma’lum bir ibora va tasviriy vosita sharhlab beriladi. Shunga qarab o‘quvchilar iboralar va tasviriy ifodalar topadilar. Eng birinchi va to‘g‘ri ibora, tasviriy vositalarni topa olgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Download 21.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling