Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#197640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi.  

Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi: 

1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar 

suvga kelishadi.  




 

 

2. Uyushiq kesim: 



a)  uyushiq  fe’l  kesim:  ...  ufqqacha  cho`zilgan  lolazor  rang-barang 

tovlanmoqda, yonmoqda.  

b)  uyushiq  ot  kesim:  qalbi  pok  bo`lgan  kishining  ishlari  ham  pok  bo`ladi, 

toza bo`ladi.  

3. Uyushiq aniqlovchi: 

a)  uyushiq  sifatlovchi:  Tabiatning  hech  kimga  bo`ysunmaydigan,  birovdan 

ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor.  

Ba’zan  ikki  va  undan  ortiq  sifatlovchilar  sifatlanmishni  turli  tomondan 

aniqlaydi  va  shuning  uchun  ham  uyushmagan  sanaladi.  Masalan:  Tog`  tepasida 

to`planayotgan  qora  bulutlar  tushga  borib  quyuqlashib  ketdi.  (P.Qodirov).  Bunda 

sifatlanmish  (bulutlar)  o`rniga  nisbatan  harakatdagi  belgi  (tog`  tepasida 

to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan. 

Uyuushgan  sifatlovchilar  esa  sifatlanmishni  bir  tomondan  aniqlaydi. 

Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z 

qilmoqchi bo`lardilar. Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha 

rang)  jihatdan  tavsiflangan.  Sifatlovchilarning  uyushganligini  belgilashda  sanash 

intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi; 

b)  uyushiq  qaratuvchi:  Hayotda  go`zallik,  quvvat  va  saodatning  manbai 

soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 

v)  uyushiq  izohlovchi:  ...bo`lajak  katta  san’atkor,  arxitektura  professori 

Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. 

4. Uyushiq to`ldiruvchi: 

a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida  qasr, koshona, machit, 

madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. 

b) uyushiq  vositali to`ldiruvchi:  Yengil qor  parchalarining  osmondan uchib 

tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! 

5.  Uyushiq  hol:  Qadimgi  Movarounnahrda  chinorzor  bog`lar  barpo  etish 

an’analari  hurmat  ishtiyoq  bilan  davom  ettirilgan.  Mirzo  Ulug`bek  Samarqand, 




 

 

Kattaqo`rg`on, Balh va Shahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoyish 



bergan.  

Uyushiq  bo`laklar  grammatik  jihatdan  ikki  xil  shakllanadi:  mustaqil  holda 

va umumlashgan holda. 

Uyushuvchilar  mustaqil  holda  shakllanganda,  grammatik  ko`rsatkichlar  (ot 

va  otlshgan  so`zlar  bilan  foydalangan  bo`laklarda  –  kelishik,  egalik,  ko`plik 

affikslari,  -dagi  o`rin  belgisi  affiksi  hamda  ko`makchilar;  ot  va  fe’l  kesimlarida  – 

to`liqsiz  fe’l  va  ko`makchi  fe’llar  hamda  –  dir  affiks  bog`lamasi  va  so`z 

bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton 

sovuqqa  va  qurg`oqchilikka  chidamli  bo`lgani  uchun  chinor  manzarali  daraxt 

sifatida qadrlanadi. Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar 

bilan...  suhbatlashish  mumkin.  Oyko`lga  baland  Sunbul  cho`qqidan  odamning 

beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qayeridan chiqib ketmas ekan. 

Uyushuvchilar  umumlashgan  holda  shakllanganda,  turli  grammatik 

ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli 

bo`ladi.  Bunda  turli  umumlashtiruvchi  grammatik  ko`rsatkichlar  qavsdan 

tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb 

qarash  lozim  bo`ladi.  Masalan:  Sharq  chinorlari  (Kavkaz,  Qrim  va  O`rta 

Osiyo)da...  o`stiriladi.    Mahkam  (karavotlar  va  tubochkalar)  bilan  qurshalgan 

stolga qaradi.  ... bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan 

tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi.  Temirjon... Abdulla Karimovich Salimovni 

(tanimas,  ammo  eshitgan)  edi.  Qishloq  bolalari  (pishiq,  tadbirli)  bo`ladi.  Birinchi 

gapda bitta uyushiq o`rin holini –da o`rin payt kelishigi affiksi, ikkinchi, uchinchi 

gapda bitta uyushiq vositali to`ldiruvchini bilan ko`makchisi, to`rtinchi gapda bitta 

uyushiq fe’l kesimni edi to`liqsiz fe’li va beshinchi gapda bitta uyushiq ot kesimni 

bo`ladi bog`lamasi umumlashgan holda shakllantirib kelgan. 

Uyushiq qator  a’zolari tenglashish yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu 

aloqa  teng  bog`lovchilar  va  teng  bog`lovchi  vazifasidagi  yuklamalar  hamda 

bog`lovchisiz,  faqat  intonatsiya,  sanash  intonatsiyasi  orqali  amalga  oshiriladi. 




 

 

Sanash  intonatsiyasi  uyushuvchilarning  bog`lovchilar  yordamida  aloqaga 



kirishganda ham mavjud bo`ladi. 

Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:  

1.  Biriktiruvchilar  (va,  hamda,  ham):  uning  tegrasida  osmon  benihoyat  tiniq 

va  ko`k  ko`rinadi.  U  yotoqxonaga  borishga  qaror  berdi  hamda  nariga  korpusga 

qarab ketdi. Kun bo`yi quloqlari ostidan juda g`alati, ham xiyol hazin, ham kishini 

allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi.  

Na  ...  na  inkor  yuklamasi  biriktiruv  bog`lovchilar  vazifasida  kelib,  inkor 

ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi. 

Va bog`lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi 

mumkin. Keyin chakmonning ikki engini  xurjunga o`xshatib elkasiga tashladi-da, 

orqaga qaytdi. Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi.  

Va  biriktiruv  bog`lovchisi  vazifasini  bilan  ko`makchisi  ham  bajarishi 

mumkin:  Deraza  bilan  doska  orasida  qo`lini  orqasiga  qilib  yurib,  lektsiya 

o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi.  

Bilan  yordamchisi,  va  bog`lovchisi  singari,  juft  –  juft  qo`llangan 

uyushuvchilarda  har  bir  juft  o`rtasida  keladi:  To`g`rilik  bilan  xiyonat, 

yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).  

2.  Zidlovchilar  (lekin,  ammo,  biroq):  Tolibjon  bolalarning  beg`ubor,  ammo 

almoyi  –  aljoyi  gaplaridan  zavqlanib  jimgina  borardi.  Usta  Qambar  o`g`lini 

urmadi, so`kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi.  

Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin. 

Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni 

Oyko`l  qilib  turgan  shu  suv  oldimizda  oqqani  uchun  qadrsiz  bo`lib  yotganini 

sezmabman. U Mullajon qozining bog`ini ko`rgan emas, ammo tarifini eshitgan. 

3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam  ... dam, goh  ... goh, bir  ... bir, 

ba’zan  ...  ba’zan):  Bir  xil  irmoqlar  ...  katta–katta  toshlarni  aylanib  o`tib,  ba’zan 

qoyalarning  ostidan  yo`l  topib,  goh  to`lib,  goh  mildiratib  ohistalik  bilan  ko`lga 

tushadi.  U  dam  sahnada  o`tirganlarga,  dam  pastdagilarga  qarab  she’rni  sharilatib 

o`qib ketdi.  



 

 

Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. 



Ular  uyushuvchilarni  jamlab  ko`rsatadigan  so`z  va  so`z  birliklari  bo`lib,  uyushiq 

bo`lakdan 

oldin 

yo 


keyin 

keladi. 


Uyushiq 

bo`lakdan 

oldin 

kelgan 


umumlashtiruvchilar  odatda  izoh  talab  qiladi.  Uyushiq  bo`lakdan  keyin  kelgan 

umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: 

Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina  cho`kdi. Ko`cha – 

ko`y  ham,  dala  ham,  qishloq  ham  -  hammasi  mendan  Ma’sudani 

so`roqlayotganday bo`ladi.  

Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.  

Uyushuvchilar  o`zaro  bog`lovchisiz  (faqat  sanash  intonatsiyasi  bilan);  zidlov 

bog`lovchilari,  takrorlanuvchi  bog`lovchilar;  bog`lovchi  vazifasidagi  yuklamalar 

yordamida  aloqaga  kirishganda,  ular  orasiga  vergul  qo`yiladi.  Masalan: 

Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-

600  yillik chinorlarni ko`rasiz. U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib 

statsionardan chiqdi.  

Uyushuvchilar  o`zaro  va,  hamda,  bilan  biriktiruv  bog`lovchilari  orqali, 

shuningdek,  yakka  ayiruv  bog`lovchilari  yordamida  aloqaga  kirishganda,  ular 

orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. Salim ota bilan 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling