Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#197640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

Uyushiq  bo‘laklar,  ularda  son,  egalik  va  kelishik  qo‘shimchalarining 

qo‘llanishi, vergulning ishlatilishiga oid grammatik topshiriqli izohli diktant. 

1.Tog‘  etaklaridan  nafis  gullarning,  xushbo‘y  giyohlarning  hidlari  anqiydi.  2. 

Yosh terak va tollarning yashil barglari shamolda tebranmoqda. 3. Shotut daraxti 

respublikamizning  hamma  viloyat  va  tumanlarida  o‘sadi.  Uni  hovlilarda, 

tomorqalarda, bog‘larda ko‘plab o‘stirish mumkin. U joy tanlamaydi, jarda ham, 

tog‘da ham, tekis yerlarda ham juda yaxshi o‘sib mo‘l hosil beradi. 4. Hovlidagi 

yong‘oq  va  o‘riklarning  barglari  va  buta  oralarini  taram-taram  qizg‘ish  nur 

yoritmoqda.  

Mustaqil  ish.  Son,  egalik,  kelishik  qo‘shimchalari  uyushiq  bo‘laklarning 

oxirgisiga va har biriga qo‘shilib kelgan gaplar tuzish. 



Uyushiq  bo‘laklarda  umumlashtiruvchi  so‘zning  qo‘llanishi.  Uyushiq 

bo‘laklarda  umumlashtiruvchi  so‘zning  qo‘llanishini  o‘rgatish  umumlashtiruvchi 

so‘z  tushunchasini  izohlashdan  boshlanadi.  Buning  uchun  umumlashtiruvchi 

so‘zsiz  qo‘llangan  va  umumlashtiruvchi  so‘zli  gaplar  berilib,  avval  uyushiq 




 

 

bo‘laklarni  toptirish,  so‘ngra  shu  uyushiq  bo‘laklarni  jamlab,  umumlashtirib 



ifodalayotgan so‘zni ko‘rsatish talab qilinadi: 

1. Atrofni qurshagan   tog‘lar, qirlar, daraxtlar bahor havosiga cho‘milgan- day  

tiniq ko‘rinadi. 2. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar — hamma narsa 

bahor havosiga cho‘milganday tiniq, yashil ko‘rinadi. 

Gaplarni  o’qing.  Uyushiq  bo‘laklarni  toping.  Qaysi  gaplarda  uyushiq 

bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalagan so‘z qo‘llangan? Uni ko‘rsating. 

O‘quvchilarning  javoblari  xulosalanadi: 

Uyushiq 


bo‘laklar  umumlashtiruvchi  so‘zlar  bilan  ham  qo‘llanadi. 

Umumlashtiruvchi  so‘z  uyushiq  bo‘laklarni  jamlab  ko‘rsatib,  uyushiq  bo‘laklar 

bilan bir xil vazifani bajarib, bir xil so‘roqda javob bo‘ladi. Ko‘pincha belgilash, 

bo‘lishsizlik olmoshlari va jamlikni bildiradigan   otlar   umumlashtiruvchi   so‘z   

bo‘lib   keladi. 

Umumlashtiruvchi  so‘zlar  uyushiq  bo‘laklardan  oldin  yoki  keyin  keladi. 

Umumlashtiruvchi  so‘z  uyushiq  bo‘laklardan  oldin  kelganda,  u  izohlashni  talab 

qiladi,    ya’ni  umumlashtiruvchi  so‘zni  uyushiq  bo‘laklar  orqali  izohlash  lozim 

bo‘ladi. Shuning uchun uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘z 

izohlash,  ta’kidlash  ohangi  bilan  aytiladi:  umumlashtiruvchi  so‘zda  tovush 

ko‘tariladi,  keyin  pauza  qilinib,  uyushiq  bo‘laklar      pasayuvchi      ohang    bilan   

aytiladi. 

Umumlashtiruvchi  so‘z  uyushiq  bo‘laklardan  keyin  kelganda,  u  uyushiq 

bo‘laklarni  jamlab,  umumlashtirib  ifodalashga  xizmat  qiladi.  Bunda 

umumlashtiruvchi  so‘z  uyushiq  bo‘laklardan  ajratilib,  pasayuvchi  tovush  bilan 

aytiladi. 

 

Bu yerda yeru suv, zavod, fabrika - barchasi xalq mulkidir.  



Umumlashtiruvchi  so‘z  sodda  yoki  murakkab  bo‘lishi  mumkin.  Sodda 

umumlashtiruvchi so‘z birgina mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 

1. Lermontovning bolaligi Penza gubernasining Tarxani qishlorida o‘tdi. Osuda 

qishloqning  go‘zal  manzaralari,  ko‘m-ko‘k  o‘tloqlar,  daraxtzorlar,  chang-




 

 

g‘uborsiz so‘qmoqlar, daryoning so‘lim sohillari  — hammasi yosh shoir qalbida 



chuqur taassurot qoldirdi. 

Murakkab umumlashtiruvchi so‘z birdan ortiq mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 

1.   Hovlining  qariyb  butun  sahniga  chiroyli  reja  bo‘yicha  har  nav  ekin: 

pomidor,  piyoz,  sabzi,  kartoshka,  ukrop,  baqlajon,  ko‘k  va  qizil  garmdorilar 

ekilgan  edi.  2.  Ko‘chalar,  uylar  —  hamma  tomon  yam-yashil  ko‘kat  va 

yaproqlarga qalinroq burkanganday ko‘rinardi.  

Umumlashtiruvchi so‘z o‘zaro zidlik, ayiruv munosabatlarini bildirgan uyushiq 

bo‘laklarda qo‘llanmaydi. 

Mustahkamlashda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin va keyin 

kelgan  gaplardan  uyushiq  bo‘laklar  va  umumlashtiruvchi  so‘zni  topish,  tinish 

belgisiga diqqat qilish, bu gaplarni ovoz chiqarib ifodali o‘qishni mashq qildirish 

zarur.  So‘ngra  tinish  belgilarining  ishlatilishini  tushuntirish,  tushirilgan  tinish 

belgilarni  qo‘yib,  umumlashtiruvchi  so‘zli  gaplarni  ko‘chirish,  uyushiq 

bo‘laklarga  umumlashtiruvchi  so‘z  qo‘shib  ko‘chirish,  umumlashtiruvchi  so‘zli 

gaplar tuzishga oid mashqlar bajariladi. 

Boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisining  muhim  vazifasi  o‘quvchilarga  mavzuni 

o‘zlashtirishga  bo‘lgan  ishtiyoqni  shakllantirish  va  rivojlantirishdir.  O‘quvchilar 

bajargan  topshiriqlaridagi  har  bir  so‘z,  ibora  va  gapning  ma’nosini  yaxshi  

bilishlari o‘qituvchining mahoratidan darak beradi.  

 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling