Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#197640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq  bo‘lakli   gaplar   

tahlil qilinadi: 

1.  Poyezd  kechasiyu  kunduzi  tinimsiz  yo‘l  yurib,  oxiri  belgilangan  manzilga 

yetib  keldi.  2.  Ozoda  ilgakdagi  paltosini  oldi-da,  ro‘moliga  qo‘l  uzatdi.  3.  Boya 

men  kelgan  tomondan  bir  gala  turna  shitob  bilan  osmonga  ko‘tarildi-yu,  safga 

tizilmay, betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga 

qarab, salmoqlanib dedi.  

Uyushiq  bo‘laklar  o‘zaro  bog‘lovchi  vazifasida  qo‘llangan-u  (-yu),  -da,  ham 

yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi. 

Bog‘lovchi  vazifasida  qo‘llangan-u  (-yu)  yuklamalari  o‘zidan  oldingi uyushiq 

bo‘lakka  qo‘shilib  yoziladi,  -da  yuklamasi  esa  chiziqcha  orqali  yoziladi.  Bu 

yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -

u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin 

vergul  qo‘yilmaydi.  Zidlov  bog‘lovchisi  vazifasida  qo‘llangan  yuklamalardan 

keyin vergul quyiladi. 

Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi 

bilan  bog‘lana  oladi.  Bunda  ham  o‘rnida  va,  hamda  biriktiruv  bog‘lovchilarini, 

bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. 

 



 

 

                                       ham 



U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi. 

                                     hamda 

                                      bilan 

 

Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab 



bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.  

Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin,  u 

faqat  uyushiq  bo‘laklarning  oldida  kelgandagina  bog‘lovchi  vazifasini  bajaradi: 

O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli, 

ham kulgilidir.  

Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib 

keladi  va  uyushiq  bo‘laklarni  ta’kidlash  uchun  qo‘llanadi:  Odamlar  qorda  ham 

ayni    fidokorlik      bilan  ishlar      edilar.  Gaplarni  ifodali  o‘qib,  bog‘lovchi   

vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash. 

Kun    issiqligidan  yeru  ko‘k      lovillaydi.  Vodoprovod  jo‘mragidan  jildirib 

tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar-

da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda  ozoda 

edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham  chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda. 

5.Unda  tok  ham,  daraxtlar  ham,  gullar  ham  did  va  uquv  bilan  o‘tqizilgan.  6. 

Osmon ham, havo ham atrofimizda  firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi. 

Uyushiq, bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi. Bu 

mavzuga  oid  material  uyushiq  bo‘laklarda  son,  egalik  va  kelishik 

qo‘shimchalarining ikki xil qo‘llanishiga oid til materiallarini tahlil   qilish orqali  

o‘zlashtiriladi. 

1.Biz  bundan  buyon  ham  sayohat  va  ekskursiyalarimizni  davom  ettiramiz.  2. 

Shaharlarimizda  va qishloqlarimizda ko‘p qavatli binolar  qurilmoqda. Uyushiq 

bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushganligini ayting. Son, egalik va 

kelishik qo‘shimchalari qo‘shilgan uyushiq bo‘laklarni ko‘rsating. 

Qay birida bu qo‘shimchalar qo‘llanmagan? 



 

 

O‘qituvchi javoblarni xulosalaydi: har xil gapni ( 1-gapdagi uyushiq bo‘laklarni 



sanash  ohangida,  2-gapdagi  uyushiq  bo‘laklarni  sanash,  ta’kidlash  ohangida) 

ifodali o‘qib, 1-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning 

oxirgisiga  (ekskursiya)qo‘shilib,  oldingi  uyushiq  bo‘lakka  (sayohat)  ham 

taalluqliligini,  2-gapda  son,  egalik,  kelishik  qo‘shimchalari    bo‘laklarning  har 

biriga qo‘shilganligini aytib quyidagi xulosani bayon qiladi. 

Son,  egalik,  kelishik  qo‘shimchalari,  odatda  uyushiq  bo‘laklarni  oxirgisiga 

qo‘shilib,  ularning  hammasiga  taalluqli  bo‘ladi.  Agar  uyushiq  bo‘laklarning  har   

birini  ta’kidlash   zarur   bo‘lsa,  son,  egalik,  kelishik qo‘shimchalari uyushiq 

bo‘laklarning har biriga qo‘shiladi. 

Yana  misollar  keltirib,  uyushiq  bo‘laklar  va  ularga  qo‘shilgan  qo‘shimchalar 

tahlil qilinib, tagiga chizdiriladi. 

1. Maktab kutubxonasi uchun yangi gazeta va jurnallar olib kelindi. 2. Sherali 

lola  va  tog‘  gullaridan  katta  chiroyli  guldasta  yasadi.  3.  Burgutlar  va  lochinlar 

ilonga o‘ch bo‘lishadi. 




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling