Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishiga oid ta’kidiy diktant.
1. Dala yo’lining ikki tomoni bog‘lar, tutash gullar bilan qoplangan. 2. Daraxtlar orasidan ishchilarning bir xilda qurilgan shinam uylari, kichik-kichik bog‘chalari ko‘rinib turadi. 3. Xirmonga katta yo‘ldan yoki yolg‘izoyoq yo’ldan boriladi 4. Tabiatdan inson manfaatlarini ko‘zlab oqilona foydalanish, tabiat boyliklarini asrash, qo‘riqlash va ko‘paytirish hammaning burchi hisoblanadi. 6. Teraklarning elektr nuridan olachipor ko‘ringan barglari goh shivillar, goh shovillardi. Matnni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni topish. Uyushiq bo‘laklar orasiga nima uchun vergul qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini tushuntirish. Bir-birini kesishgan, uzun, adil, keng va jimjitgina ko‘chalar bo‘ylab qatorlashgan uylar yap-yangi va shinam edi. Daryo tomondan suvlarning jonli,
nash’ali kuyi oqar edi. Uylar orasidagi devorlarni chirmovich gullar yo qovoq palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi. Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti. 1. Inson mehnati, odobi, axloqi va intizomi bilan go‘zal. 2. Zarqishloqning katta-kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 3. Dilmurod goh to‘xtar, goh bir-ikki odim bosardi. 4. Inson birlik, do‘stlik, ezgu maqsadlar bilan
go‘zal va
kuchli. 5.Uchopganidanmi yo qattiq
hayajonlanganidanmi tez-tez nafas olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil o‘simlik va gullarga, goh qorli cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda. Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish. So’ngra uyushiq bo‘laklarning bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy ishlar bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi. Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
vaqtda uning o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin bo‘ladi:
Shu payt eshikdan vrach va hamshira kirib keldi.
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz. Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi: kim? kim? Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi: kim bilan? kim? Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra boshladi. 3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4. Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling