Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#197640
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish



 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



 OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI  

 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish  

yo’nalishi 3-kurs talabasi Bozorova Maftunaning 

“Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga 

o‘rgatish” mavzusidagi 

 

 

 

 

 

 

 

Qarshi-2016 


 

 

Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish 



REJA: 

1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish 

2. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari  

3. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi 

Bo‘lajak  o‘qituvchi  oldiga  oldida  til  qoidalari  va  qonuniyatlarini    yaxshi 

bilish,  kasbga  oid  fan  asoslari  bilan  atroflicha  tanishish,  o‘zlashtirish  talabi 

qo‘yilgan.  Bu  talab  “Davlat  tili  haqida”gi,  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi,  “Kadrlar 

tayyorlash miliy dasturi haqida”gi Qonunlar, qolaversa Davlat ta’lim standartlarida 

aniq  va  ravshan  belgilab  qo‘yilgan.  Chunki  til  qoidalarini  yaxshi  tushunish  va 

bo‘lajak  o‘qituvchiga  ravon  va  to‘g‘ri,  mustaqil  fikrlash  imkoniyatlarini  keng 

ochadi. “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho vorislari sifatida ona 

tilimizni  asrab-avaylashimiz, uni  boyitish, nufuzini  yanada oshirish ustida doimiy 

ishlashimiz zarur”

1

.   


O‘quvchilarning  savodxonligini  oshirish  ularning  bilim  ko‘lamini 

chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo‘ladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, 

boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish orqali ularning 

og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.  

O‘mumiy  o‘rta  ta’limning  davlat  ta’lim  standarti  asosida  tuzilgan  maxsus 

o‘quv  dasturining  asosiy  talablaridan  biri  o‘quvchilarning  og‘zaki  va  yozma 

nutqini  o‘stirish,  bilish  faolligini  oshirishdir.  Bularni  amalga  oshirish  uchun 

o‘quvchilarni  til  hodisalari  haqida  o‘ylashga,  fikrlashga,  mulohaza  qilishga 

muhokama  yuritishga,  xulosa  chiqarishga  o‘rgatadigan  samarali  metod  va 

usullardan  foydalanish  talab    etiladi.  Yangi  mavzuni  tushuntirishda  til  materialini 

                                                           

1

 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. T., Ma‘naviyat, 2008, 87-bet. 



 


 

 

kuzatish, tahlil  qilish,  uning  muhim  belgilarini  aniqlash,  taqqoslash, guruhlash  va 



umumlashtirish usullaridan foydalanildi. 

Ona  tili  ta’limi  standarti  ko‘rsatkichlari  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining 

mustaqil fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, 

mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining 

sintaktik  qurilishida  uyushiq  bo‘lakli  gaplarni  o‘rganish    masalasi  atroflicha 

ishlanishni  talab  qiluvchi,  nazariy  va  amaliy  qimmati  katta  bo‘lgan  dolzarb 

masalalaridandir.  O‘zbek  tilida  gap  bo‘laklarining  uyushib  kelishi  ancha  uzoq 

tarixga ega. Uyushiq bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng 

yaratilgan  asarlarda  ko‘plab  uchratamiz.  Bu  hodisa  barcha  turkiy  xalqlar,  shu 

jumladan,  o‘zbek  xalqi  uchun  ham  mushtarak  bo‘lgan    turk-  runiy  yozuvlarida 

ham,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  asarlarida  ham  ko‘plab  

uchraydi.  



 Chektilar sharbatu taom avval, 

 Ikkisidin yetushdi kom avval     ( Navoiy) 

Ushbu  yil  shu  haliq  taomdin  parhez  qila  boshladim.  Pichoq  va  qoshiq  va 

dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim  ( ”Boburnoma”). 

 Demak,  hozirgi  zamon  o‘zbek  tilida  uyush‘iq  bo‘laklarning  qo‘llanishi 

tasodifiy hol bo‘lmay, tarixan shakllanib kelayotgan o‘ziga xos sintaktik hodisadir. 

Bu o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 

1.Uyushiq bo‘lak qismlari o‘zaro teng aloqada bo‘ladi. 

2.Ular gapda bir xil sintaktik vazifa bajaradi. 

3.Ular  o‘zi  uchun  umumiy  hisoblangan  bo‘lak  bilan  bir  xil  munosabatda 

bo‘ladi. 

4.Teng bog‘lovchilar yordami bilan bog‘lanadi yoki bog‘lanishi mumkin. 

5.Sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi. 

6.Odatda bir xil so‘z turkumlaridan ifodalanadi. 

Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi teng bog‘lovchilar, yuklamalar va 

to‘xtam,  ohang  yordami  bilan  bo‘ladi.  Teng  bog‘lovchilar  yordamida  bog’langan 

uyushiq  bo’laklar  gap  bo’laklarining  o’zaro  uyushish  munosabatlaridagi  ayrim 




 

 

xususiyatlariga  ko’ra,  intonatsiya  yordamida  bog’langan  uyushiq  bo’laklarga 



nisbatan  ozmi-ko’pmi  farq  qiladi:  bog’lovchilarning  qatnashuvi  uyushgan 

bo’laklarning ochiq, yanada aniqroq ifodalashni ta’min etadi.  

Uyushgan  bo’laklarning  o’zaro  bog’lanishida  ishlatiladigan  bog’lovchilar 

qo’llanish  usullariga  ko’ra  asosan  uch  xil:  o‘zbek  tilida  gapning  uyushiq 

bo‘laklarini  bog‘lash  uchun  teng  bog‘lovchilar  -  biriktiruv,  zidlov,  ayiruv 

bog‘lovchilari qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq 

qiladi.  

O‘zbek  tilida  gapning  uyushiq  bo‘laklari  yozuvchilarning  asarlarida 

ma’ruzachilarning nutqida uslubiy vosita sifatida juda keng qo‘llanmoqda. Chunki 

ular  fikrni  aniq,  to‘liq,  obrazli  ifodalaydi,  shuningdek,  nutqqa  ifodalilik, 

ko‘tarinkilik  berish  uchun  xizmat  qiladi.  Ular  ifodani  ixcham  tuzish,  unda  his-

hayajon  holatlarni  to‘la  aks  ettirish,  stilistik  ravonlik  va  ixchamlik  singari 

xususiyatlar  bilan  tilimizda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  grammatik 

kategoriyalardan  hisoblanadi.  Shuning  uchun  bu  sintaktik  hodisa  ifoda  vositasi 

sifatida nutqimizning deyarli hamma turida, ayniqsa, yozma nutq turlarida, badiiy 

adabiyotning turli janrlarida ancha keng qo‘llaniladi va dolzarb hodisa hisoblanadi. 

Ona  tili  darslarida  ta’lim-tarbiyaviy  vazifalar  bir  butunlikda  hal  qilinadi, 

bolalar  atrofni    o‘rab  olgan  muhit  haqida,  mustaqil  Vatanimizning  o‘tmishi, 

bugungi  va  kelajagi  haqidagi  bilimlari  kengayadi;  milliy  g‘oya  shakllanadi,  ular 

aqliy  jihatdan  kamol  topadilar,  mustaqil  fikrlashga,  mushohada  yuritishni 

o‘rganadilar.  Boshlang‘ich  sinflarda  “Ona  tili  kitobi”ni  tahlil  qilish  fikrimizni 

tasdiqlaydi.  Bu  kitobda  topshiriqlar  mazmuni  va  matnlar  o‘zaro  bog‘liq  holda 

berilgan. 

 Ta’lim-tarbiyaviy  vazifalarni  birgalikda  amalga  oshirish  uchun  Ona  tili 

darslarida  matn  va  mashqlar    ustida  ishlash  kerakligi  ham  muhimdir.  Ona  tili 

darslarida o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning ma’lum jihatlarini egallatishni, 

ularda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni  shakllantirish bilan bog‘lab amalga oshiriladi.  

 

Ona  tili  kitoblariga  kiritilgan  matn  va  mashqlarda    Vatan,  ona,  xalq,  tarix 



haqidagi  bilimlar  o‘quvchilarning  sinfdan  sinfga  o‘tishi  bilan  tobora 


 

 

chuqurlashtirila boriladi. Vatan, uning o‘tmishi va hozirgi kuni Ona tili kitoblarida 



markaziy  mavzu  hisoblanadi.  Mavzularni  o‘rganish  jarayonida  uyushiq  bo‘lakli 

gaplardan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Ona tili 

darslarida  mavzular    bir-biri  bilan  uzviy  bog‘lanadi.  Bu  hol  ta’lim  va  tarbiya 

jarayonining  birligi  haqida  to‘xtashga  imkon  beradi.  O‘quvchilar  atrof-muhit, 

borliq  haqida  qanday  bilimlarni  egallashlari,  ularda  qanday  bu  ishlarni  amalga 

oshirishni o‘rganadilar.  

 4-sinfda  o‘quvchilar  otlarning  egalik  qo‘shimchalari  bilan  qo‘llanishi, 

kelishik  qo‘shimchalari  bilan  turlanishi  va  asosiy  so‘roqlariga  qarab  ularning  bir-

biridan  farqlanishi,  kelishik  qo‘shimchalarining  yozilishini;  sifat  yuzasidan 

o‘rganilganlar  takrorlanib,  qip-qizil,  yum-  yumaloq  kabi  sifatlarning  yozilishini; 

son,  uning  ma’nosi,  sanoq  va  tartib  sonlar,  ularning  so‘roqlari,  tartib  sonlarning 

yozilishini;  kishilik  olmoshlari,  ularning  uch  shaxsda,  birlik  va  ko‘plik  sonda 

qo‘llanishini,  kelishiklar  bilan  turlanishini  o‘rganadilar.  Bu  sinfda  o‘quvchilarga 

fel  zamonlari:  fe’llarning  tuslanishi  (shaxs-son  qo‘shimchalari  bilan  o‘zgarishi) 

haqida  tushuncha  beriladi,  uch  zamonda:  o‘tgan,  hozirgi,  kelasi  zamonda 

qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi. 

Dasturning  “Gap”  bo‘limi  materiallarini  o‘rganishga  bolalarni  tayyorlash 

maqsadida  ular  nutqida  ko‘proq  ishlatiladigan  bog‘lovchilar  bilan  amaliy 

tanishtiriladi.  

So‘zning  tarkibi  va  so‘z  turkumlarini  o‘rganish  jarayonida  turli  so‘z 

turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z 

birikmasida  to‘g‘ri,  o‘rinli,  aniq  ishlatishni  bilib  olishga  yordam  beradigan  leksik 

mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning 

yozilishini  bilib  olishga  ko‘maklashadigan  lug‘aviy-imloviy  mashqlar  o‘tkaziladi. 

O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan 

imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.  

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra 

turlari  (darak,  so‘roq,  buyruq  gap)  haqida,  his-hayajon  bilan  aytilgan  gaplar; 

gapning  mazmuniga  ko‘ra  oxiriga    nuqta,  so‘roq  va  undov  belgisining  qo‘yilishi 



 

 

haqida;  gap  bo‘laklari,  gapda  so‘zlarning  bog‘lanishi  haqida,  gaplar  so‘z 



birikmalariga  ajratilishi  haqida  dastlabki  ma’lumotlar  to‘rt  o‘quv  yili  davomida 

izchillik bilan berib boriladi. 

 Birinchi  sinfda  o‘quvchilar  nutqdan  gapni  ajratib  olishga,  gapni  alohida 

so‘zdan  farqlashga,  gapni  o‘qiganda  ohangiga  rioya  qilishga,  ma’lum 

tayyorgarlikdan  so‘ng,  gapning  birinchi  so‘zini  bosh  harf  bilan  boshlab  yozishga 

va  oxiriga    nuqta  qo‘yishga  o‘rganadilar.  Ikkinchi  sinfda  esa  oldingi  sinfda 

berilgan  bilimlar  yangi  til  materiallari  asosida  mustahkamlanadi,  o‘quvchilar 

gapning  oxirida  nuqtadan  tashqari  so‘roq  belgisi  va  undov  belgisining  ishlatilishi 

bilan tanishadilar va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga 

o‘rganadilar.  

O‘quvchilar  gap  bo‘laklarini  o‘rganishga  ikkinchi  sinfda  tayyorlanadilar, 

ular  gap  kim?  (kimlar?)  yoki  nima?  (nimalar?)  haqida  aytilishini  bildirgan  so‘zni 

(egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga, 

o‘rgatiladi  (ega  va  kesim  atamalari  berilmaydi).  Bu    mavzularni  o‘rganish 

jarayonida  gapda  o‘zaro  bog‘langan  so‘zlarni  aniqlashga  oid  mashqlar  o‘tkazib 

boriladi. 

 Uchinchi  sinfda  gapning    turlari  (darak,  so‘roq,  buyruq  gap)  o‘rgatiladi. 

Ularni  ohangiga  ko‘ra  talaffuz  qilish  tinish  belgilarini  to‘g‘ri  qo‘ya  bilish  haqida 

tushuncha beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap 

bo‘laklari:  ega,  kesim  va  ikkinchi  darajali  bo‘laklar  mavzulari  ham  o‘rganiladi 

(Ikkinchi  darajali  bo‘laklar  turlarga  ajratilmaydi).  O‘quvchilar  so‘z  birikmalari 

bilan amaliy tanishtiriladi. 

 To‘rtinchi sinfda  va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling