Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Reja


Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma


Download 212.5 Kb.
bet3/9
Sana18.12.2022
Hajmi212.5 Kb.
#1030697
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni

Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma
Ona tili mashg`ulotlari oldiga qo`yidagi didaktik talablar qo`yiladi:
DTS talablari doirasida:
- o`quvchilar nutqini o`stirish, imlo savodxonligini oshirish, talaffuz me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o`qish uchun zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish
- ta’lim prinsiplariga qat’iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini tug`ri belgilash;
- ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg`unligini ta’minlash;
-qayta xotiralash, qisman ijodiy va to`liq ijodiy topshiriqlar o`rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o`quv topshiriqlariga keng o`rin ajratish;
- bilim, ko`nikma va malakalar xosil qilishda o`quvchilar yoshi, o`qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari. Ona tili darslari quyidagi o`zicha mustaqil qismlardan tashkil topgan: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko`nikma va malakaga aylantirish, o`rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning xar biri muayayan vazifani bajaradi va o`ziga xos mazmunga ega.
Tashkiliy qism o`quvchilarni darsga tayyorlaydi, ularda ishlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish ishtiyoqini yuzaga keltiradi. Darsning bu qismi uyushqoqlik bilan juda qiska muddatda tashkil etilishi lozim. Aks holda, darsga ajratilgan vaqtning zoe ketishiga olib keladi va o`quvchini ko`zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.
Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilish sifati, egallangan bilim, ko`nikma va malakalarning puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. O`qituvchilar ish amaliyotida ba’zan uy vazifasini tekshirish o`tgan darsni va oldin o`rganilgan til materiallarini takrorlashga aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o`rganilishi ko`zda tutilgan o`quv materialiga zamin hozirlashi lozim.
Agar uy vazifasi o`rganiladigan til hodisasi bilan bevosita aloqador bo`lsa, u yangi materialini o`rganish jarayonida xam tekshirilishi mumkin.
Darsning yangi bilim berish shakli o`rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni xotirada tiklashni, ularni qisman ma’lum yoki tamoman noma’lum sharoitlarda qo`llab, yangi bilimlarni egallashni talab etadi.
Darsning mustahkamlash shakli bu dars mashg`ulotida egallangan bilimlarni ko`nikma va malakaga aylantirishni taqazo etadi. Ba’zan mustahkamlash oldin o`rganilganlarni takrorlash bilan qo`shilishi xam mumkin. Agar yangi mavzu oldin o`rganilgan mavzular bilan bevosita aloqador bo`lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi.
Darsning yangi bilim berish jarayonida ham, mustahkamlash va takrorlash jarayonlarida xam ijodiy - amaliy ishlariga keng o`rin ajratiladi.
Ona tili mashg`ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
Xotirlash - oldin o`rganilgan xodisalarini qayta xotirlashga asoslangan amaliy ishlardir. Xotirlashning: 1)tayyorlovchi xotirlash va 2)umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling