Glossariy
Metod – yunoncha „metodos“ so'zidan olingan bo'lib,„bilish va tadqiqot yo'li", „nazariya", „ta'limot" kabi ma'nolarni bildiradi.
Metodika – (yun. „methodike")biror ishni bajarish,amalga oshirish, metodlarning, usullarining yig'indisi yoki o'qitish usullari haqidagi ta'limot-ta'lim berish metodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir.
Metodologik asos – borliqni bilish nazariyasi.
Muloqot – uchrashish, ko’rishish; qabul qilish.
Ko’nikma – biror ishda orttirilgan maxorat, malaka.
Malaka – qobiliyat , istе'dod; xususiyat, odat. Kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba, ko‘nikmalar; mahorat.
Didaktika – ta'limning umumiy nazariyasi.
Nazariy tekshirish metodi – biror hodisaning metodik asosini, unga bog'liq boshqa fanlarni o'rganish metodidir.
Empirik metod – tajribaga asoslangan metod.
Tamoyil – lotincha so`z bo`lib asos, qoida, talab singari ma'nolarni anglatadi.
Usul – asosiy q oidalar, qonunlar; qabul qilingan tartib. Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo’li; harakat tarzi, xili.
Taraqqiy etmoq – (yoki qilmoq, topmoq). O`smoq, rivojlanmoq, yuksalmoq; mukammallashmoq.
Orfografiya so’zlarning to’g’ri yozilishini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limi.
Fonetik yozuv – so’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yozish.
Morfologik yozuv – so’z va qo’shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yozish.
Shakliy yozuv – boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, shunday yozish.
Punktuatsiya – tinish belgilari haqidagi tilshunoslik bo’limi.
Punktuatsiya tamoyillari – tinish belgilari qo’llashda ma’lum ilmiy asoslarga amal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |